Ong moddiylikning miyada inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talqin qilinadi. Bunday qarashlar ham qadimiiy ildizlarga ega. XVIII-asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog’laщga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo’nalish nomini olgan bunday yendashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo’lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim namoyendalarining qarashlari bunga misol bo’la oladi. Ularning fikricha, xudi jigar safro ishlab chiqarganidek, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yendashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko’rish mumkin, ammo ongni ko’rib ham, ushlab ham bo’lmaydi, o’lchab ham bo’lmaydi. Ong tirixi insonning inson bo’lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog’liq. Uzoq vaqt davomida inson ongi planetar, ya’ni yer shari darajasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. Hozirgi zamon Fani masalasiga kengroq doirada yendashish zarurligi ko’rsatmoqda. Chunki, fan dalillari inson paydo bo’lishini faqat yerda kechgan jarayenlar bilan cheklab qo’yish to’g’ri emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy hosilasi ekanligini tobora chuqurroq isbotlamoqda. Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat shakllari o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari quyi shakllariga bog’liqligini, tayanishini, ulardan o’sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Ong tarixi quyesh tizimi va unda millionlab yillar davomida sodir bo’lgan o’zgarishlardan ham ayricha olib 249 qaralishi mumkin emas. Ayni manna shu jihatdan olib qaralganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa deb, qarash ham mumkin. Ong in’ikosning oliy shaklidir. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo bo’ladi. Buning uchun esa, hyech bo’lmasa, ikkita obyekt va ular o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lishi lozim. Bunda funksional faoliyat ko’rsatuvchi miya sohibi ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo’lishi shart. Ong psixika in’ikosining o’ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalariniaynanlashtirish uchu nasos bo’la olmaydi. Negaki, psixika hayvonlarga ham xosdir. Inson psixikasi haqida gap ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlik, kast etishini unutmaslik lozim. Z. Freyd fikricha, psixika ongsiz, ong osti hodisalarini va ongning o’zidan iborat uch atlamdan tashkil topgan. Inson hayeti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega. Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko’plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avtomatik xarakter kasb etishi ham xarakterlidir. Aytaylik, birinchi marta mashinaga o’utirganimizda, birinchi marta so’rat olayetganimizda deyarli barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan esa ko’pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma xil sohalariga, yo’nalishlariga ongning faol tarzda aralashishini, ya’ni qayta holatni o’z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Xatti-xarakatlarning ongsizlik sohasiga ko’chishi bir tomondan ong «yukining» yengillashiga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning asosiy kuch-quvvatini, «diqqati»ni, inson hayeti uchun muhim bo’lgan harakat, jarayenlarga qaratilishiga imkoniyat yaratadi. Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuisiya kabi hodisalar ham kiradi. Anna shu xususiyatlarni inobatga oladigan bo’lsak, ongsizlik ong mavjudligi va rivojlanishinig tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari ham psixik jarayenlarning muhim bo’g’inidir. Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik bilan ong o’rtasidagi chegaraviy sohadir. «Gap tagida gap bor, kosa tagida – nim kosa» naqlida ong ostiga xos bo’ulgan xususiyatlar ifodalangan, deyish mumkin. Negaki, har qanday faoliyatimizda ayni vaqtda biz uchun ahamiyati bo’lmagan holatlar bo’ladi. Ammo, bu ular kuzatishdan, nazoratdan chetda qoladi, degani emas. Biz uchun ahamiyatli xarakter kasb etganda, ular ong ostidan ong sferasiga ko’chish mumkin. Masalan, biror joyga borayetganda, asosan, maqsadga tomon harakat qilinadi, ammo yo’lda uchraganboshqa narsa va hodisalar ham kuzatiladi, esda qoladi. Anna shulardan kelib chiqqan holda, ong osti inson ongli faoliyatining o’ziga xos kuzatuvchisi, zarur bo’lgan hollarda senzori sifatida chiqishdek sifatlarga ega, deyish mumkin. Davomi bor...
Fikrlash Zavqi
Ong — nima o'zi?
Ong moddiylikning miyada inson
tanasi faoliyati bilan bog’lab talqin qilinadi. Bunday qarashlar ham qadimiiy
ildizlarga ega. XVIII-asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan
bog’laщga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik
yo’nalish nomini olgan bunday yendashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib
talqin qilish hollari ham paydo bo’lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb
nom olgan oqim namoyendalarining qarashlari bunga misol bo’la oladi. Ularning
fikricha, xudi jigar safro ishlab chiqarganidek, miya ham ongni ishlab chiqaradi.
Bunday yendashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa
chiqadi. Vaholanki, safroni ko’rish mumkin, ammo ongni ko’rib ham, ushlab ham
bo’lmaydi, o’lchab ham bo’lmaydi. Ong tirixi insonning inson bo’lib shakllana
boshlashi tarixi bilan bog’liq. Uzoq vaqt davomida inson ongi planetar, ya’ni yer
shari darajasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. Hozirgi zamon Fani masalasiga
kengroq doirada yendashish zarurligi ko’rsatmoqda. Chunki, fan dalillari inson
paydo bo’lishini faqat yerda kechgan jarayenlar bilan cheklab qo’yish to’g’ri
emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy hosilasi ekanligini tobora chuqurroq
isbotlamoqda. Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat
shakllari o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari quyi shakllariga
bog’liqligini, tayanishini, ulardan o’sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha
aytganda, ular o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Ong tarixi quyesh tizimi va
unda millionlab yillar davomida sodir bo’lgan o’zgarishlardan ham ayricha olib
249
qaralishi mumkin emas. Ayni manna shu jihatdan olib qaralganda, ongning
shakllanishini kosmik hodisa deb, qarash ham mumkin.
Ong in’ikosning oliy shaklidir. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo
bo’ladi. Buning uchun esa, hyech bo’lmasa, ikkita obyekt va ular o’rtasida o’zaro
ta’sir bo’lishi lozim. Bunda funksional faoliyat ko’rsatuvchi miya sohibi ijtimoiy
munosabatlarga tortilgan bo’lishi shart. Ong psixika in’ikosining o’ziga xos,
yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalariniaynanlashtirish uchu
nasos bo’la olmaydi. Negaki, psixika hayvonlarga ham xosdir. Inson psixikasi
haqida gap ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlik, kast
etishini unutmaslik lozim. Z. Freyd fikricha, psixika ongsiz, ong osti hodisalarini
va ongning o’zidan iborat uch atlamdan tashkil topgan. Inson hayeti va faoliyatida
ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega.
Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda
ko’plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avtomatik xarakter kasb etishi ham
xarakterlidir. Aytaylik, birinchi marta mashinaga o’utirganimizda, birinchi marta
so’rat olayetganimizda deyarli barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida
bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan esa ko’pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan
holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma xil sohalariga,
yo’nalishlariga ongning faol tarzda aralashishini, ya’ni qayta holatni o’z nazoratiga
olishi mumkinligini inkor etmaydi. Xatti-xarakatlarning ongsizlik sohasiga
ko’chishi bir tomondan ong «yukining» yengillashiga xizmat qilsa, boshqa
tomondan, ongning asosiy kuch-quvvatini, «diqqati»ni, inson hayeti uchun muhim
bo’lgan harakat, jarayenlarga qaratilishiga imkoniyat yaratadi. Ongsizlik doirasiga
ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuisiya kabi
hodisalar ham kiradi. Anna shu xususiyatlarni inobatga oladigan bo’lsak, ongsizlik
ong mavjudligi va rivojlanishinig tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari
ham psixik jarayenlarning muhim bo’g’inidir. Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik
bilan ong o’rtasidagi chegaraviy sohadir. «Gap tagida gap bor, kosa tagida – nim
kosa» naqlida ong ostiga xos bo’ulgan xususiyatlar ifodalangan, deyish mumkin.
Negaki, har qanday faoliyatimizda ayni vaqtda biz uchun ahamiyati bo’lmagan
holatlar bo’ladi. Ammo, bu ular kuzatishdan, nazoratdan chetda qoladi, degani
emas. Biz uchun ahamiyatli xarakter kasb etganda, ular ong ostidan ong sferasiga
ko’chish mumkin. Masalan, biror joyga borayetganda, asosan, maqsadga tomon
harakat qilinadi, ammo yo’lda uchraganboshqa narsa va hodisalar ham kuzatiladi,
esda qoladi. Anna shulardan kelib chiqqan holda, ong osti inson ongli faoliyatining
o’ziga xos kuzatuvchisi, zarur bo’lgan hollarda senzori sifatida chiqishdek
sifatlarga ega, deyish mumkin.
Davomi bor...