Tortishish qonuni: Orzularingizni jalb qilishning 12 usuli

26/08/2016
ok.ru/psixologiyavainson Tortishish qonuni — hayot barpo etiladigan juda dono qonundir. Shu sababli sezish qobiliyatini rivojlantirish va istagan narsani hayotingizga jalb qilishni o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Ehtimol, siz dunyo bo‘yicha sayohat qilishni orzu qilarsiz? Anchadan beri kitob yozishni istaysizmi? Yoki o‘z qahvaxonangizni ochishni o‘ylayapsizmi? Har bir insonning betakror orzulari bor, lekin ayrimlargina ularning amalga oshishiga ishonishadi. Hech qachon hech kimga nimadirni bajara olmasligingizni aytishiga yo‘l qo‘ymang. O‘zingizga ishoning.
Barcha kuch va qobiliyatni ishga soling! Bu hayotdagi o‘z ma’no va maqsadingizni izlang. Eng muhimi, ularni haqiqatan mavjud deb hisoblab, ularni qanday amalga oshayotganini kuzatish kerak. Shundan so‘ng boshqalarga hayot biz doim o‘ylagandek shafqatsiz emasligini, bu ajoyib dunyoda yashashdek omadimiz kelganini va qayerda mo‘’jizalar har kuni sodir bo‘lishini ko‘rsata olishingiz mumkin.
1.Ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ling
Hayotda ijobiy munosabatlarni yo‘lga qo‘ying. Gaplaringizni ezgu niyatda so‘zlang. Nima bilan shug‘ullanishingizdan qat’iy nazar ijobiy fikrlarni jalb qiling. Fikrlaringizda qancha ko‘p ijobiy quvvat bo‘lsa, hayotingizda salbiy holatlar shuncha kam bo‘ladi.
2.Shukrli bo‘ling
Bu dunyoda biz shukr qilishimiz mumkin bo‘lgan narsalar anchagina uchraydi. Oilangiz, do‘stlaringiz, xonadoningiz, taomlar, sarguzasht uchun minnatdor bo‘lib, shukr qiling. Bu sayyorada siz erishgan baxtni faqatgina orzu qilishi mumkin bo‘lgan insonlar ko‘p.
3.O‘z orzularingizga ishoning
O‘zingiz orzu qilganlarni jalb qiling. Axir, aynan sizning orzularingiz hayotni cheksiz mo‘’jizaga aylantira oladi.
Sizga kerak yoki istagan narsangizga shubha qilmagan holda ishonish kerak.
4.Ichki sezgingizga ergashing ok.ru/psixologiyavainson Ongingizda sodir bo‘layotgan narsani ustidan nazorat qila oladigan yagona insonsiz. Agar sizda nimadir yaxshi hissiyot uyg‘otsa, buni albatta qilish kerak. Ichki ovozni diqqat bilan tinglash uchun muhim ahamiyatga ega. Sezgingiz yordam beradigan narsalarni bilishingiz va ularga tayyor bo‘lishingiz kerak.
5.Yuragingiz izmidan yurish uchun jasoratli bo‘ling
Tortishish qonuni yuragingizda harakatga keladi. Agar yuragingizning intilishi yurak og‘rig‘iga olib kelsa, unda dard bilan jasoratli tarzda uchrashish kerak. Dadillik kuch beradi.
Boshqalar sizni pastga tortishlariga izn bermang. Atrofingizni muvaffaqiyatga erishishingizni istaydigan odamlar bilan ko‘paytiring, ularni qo‘llab-quvvatlashni unutmang.
6. Sezgirlikka quloq tuting
Biz har doim ichki sezgi to‘g‘ri maslahatlarni beradi deb aytamiz. Lekin bizning his-tuyg‘ularimiz aksincha bizni kuchsiz qiladi. “Kuchsiz xalqa”ga e’tibor qarating va uni yodda tuting. Hayotiy faol bo‘ling!
7. Sayohat ilhom bag‘ishlaydi va yangi bosqichga ko‘taradi
Sayohat – hayotni o‘zgartirishning kuchli omillaridan biridir. Har safar sayohat qilganingizda yangi joylar va boshqa odamlarni ko‘rasiz, yangi istiqbollarni his etasiz. Bularning barchasi hayotni o‘zgartiruvchi “mexanizmimiz” uchun ajoyib «yoqilg‘i»dir.
8. Istagan ishingizni bajarishga vaqt toping
Tortishish qonuni o‘zimiz istagan narsaga odatlanishimizni taqozo etadi. Barchasidan ko‘ra ko‘proq yoqadigan narsani bajarish uchun ko‘p vaqtga ega bo‘lishni istaysizmi? Agar shunday bo‘lsa, «bu mumkin emas» deb aytmang va boshlash uchun hech bo‘lmaganda boshlash uchun 10 daqiqa toping. O‘z intilishingizni ko‘rsating.
9. Barcha bilan samimiy bo‘ling
O‘zingiz bilan bo‘ling. Hech kim soxta shaxsiyatni yoqtirmaydi. Chinakam, halol va mehribon inson bo‘ling, xatolarni tan olishni o‘rganing.
10. Ikkiyuzlamachilik qilmang
Atrofingizdagi odamlar qilishi mumkin bo‘lgan ishlarni bajarishingizni boshqalarga ko‘rsating. Agar hamma yaxshi narsalarni jalb qilishni istasangiz, o‘zingiz ham yaxshiliklar manbai bo‘lishingiz kerak.
11. Sizning tasavvuringiz juda kuchli hisoblanadi
Orzularingiz ushalishini tasavvur qiling. Tortishish qonuni siz istagan barcha narsangizni haqiqatga aylantirishda ishga tushadi. Agar siz doim orzuingiz haqida o‘ylasangiz va tasavvur qilsangiz, uning ushalishiga imkon tug‘dirasiz.
12. Sizni qiziqtirgan narsaga ko‘ngil qo‘ying
Qiziqish uyg‘otgan narsangizni bilish uchun ishtiyoq ko‘rsating. Agar siz haqiqatan ham nimagadir ishtiyoqingiz bo‘lsa, bu haqida iloji boricha ko‘proq bilishingiz kerak.... ok.ru/bestmaster.mirzayev Salom bu temani o'zim yozmaganman lekin bu temani yozgan muallif ham ,,The Secret"
Shu kitobdan foydalanib bu mavzuni yaratgan agar hayotizni tubdan o'zgartmoqchi bo'lsangiz kitobni o'qib chiqishizni taklif qilaman...
Birinchi kamentda kitobdan parchalar yozaman...

Комментарии