Burjingizga qarab yana bir ajoyib test faqat siz uchun.

Eng ehtirosli – Hamal
Mazkur burjda tug`ilganlar faol, yoqimtoy va ehtirosli bo`lishadi. Jozibalari bilan juftlarini maftun etishlari ayni haqiqat. Ular o`zgalar e`tiborini tarovatlari va ichki tuyg`ulari bilan jalb qilishga ustalar.
Eng sahiy – Savr
«Savr»lar ziddiyatlarni yoqtirishmaydi. Suhbatlashganda muloyimlik bilan so`zlashish va uddaburonlik bilan javob berish ular uchun xos sifatdir. Ular beminnat yordam ko`rsatadilar, evaziga hech narsa talab qilishmaydi. Yuraklari juda keng.
Eng omadli – Javzo
Eng omadli burj vakillari aynan «Javzo»lar. Ular boshqa burj vakillariga qaraganda kerak joyda va kerakli vaqtda paydo bo`lishni biladilar. Tabiatdan juda optimist bo`lganliklari esa omad kalitidir. Qanday ishga qo`l urishmasin hamisha ko`tarinki kayfiyat va omadga erishish payida bo`lishadi.
Eng oilaparvar –Saraton
Ushbu burj vakillari uchun oila birinchi o`rinda turadi. Ular o`zlariga mos umr yo`ldosh topishga oshiqadilar. Qo`rg`onlarini hamisha himoya qilishadi. Farzandlari uchun g`amxo`rliklarini aytmaysizmi. Bu burj vakillari uchun jiddiy aloqalar va nikoh eng maqbul variant.
Faqat «Men» deguvchi – Arslon
Bag`irikenglik va do`stlariga yordam qo`lini cho`zishlari bekorga emas. Har bir boshlagan ishida o`z foydasini ok.ru/psixologiyavainson ko`rmasa, engini shimarmaydi. Ular hammaning diqqat markazida bo`lishni sevadilar va bundan kuchga to`ladilar. Bundan tashqari, ular maqtov-mulozamat gadosidirlar, bunday paytda o`zlarini yuksaklarda his qilishadi.
Eng sodiq — Sunbula
Bu burj vakillari bo`lajak yorlarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlashadi. Ularga butun mehr-muhabbatini ulashib, turmushlarini farovon qilishga harakat qilishadi. «Sunbula» burjidagilar nafaqat juftlari, balki yaqin do`st va dugonalariga ham sira xiyonat qilishmaydi.
Eng dilkash – Mezon
«Mezon»larning og`zini yopsangiz ham gapdan to`xtata olmaysiz, soatlab suhbatlashish jonu dillari. Ular yangi tanishuvlardan xursand bo`lishadi. Katta davralarda o`zlarini qulay his etishlari va ishonch bilan so`zlashlari diqqatdan chetda qolmaydi. Zaif tomonlari esa bir kun ham yolg`izlikni ko`tara olishmaydi.
Eng makkor – Aqrab
Agar bu burj vakillari o`ch olishni boshlasalar, ularni to`xtatib qolish qiyin. Ular siz gumon qila olmaydigan darajada eng murakkab usullardan foydalanib qasdlashishadi. Hech mubolag`asiz aytish mumkinki, «Aqrab» lar xavfli raqibdirlar.
Eng chiroyli – Qavs
«Qavs» ayollarining tashqi ko`rinishi tabiatan nafis va jozibador. Tabassumlari bilan atrofdagi insonlarni maftun qila olishadi. Tashqi ko`rinishlari e`tiborli bo`lishni ham o`rniga qo`yishadi. «Qavs»larni patalak sochu shishgan qovoqlar bilan uchratishingiz amrimahol.
Eng yopiq – Jadiy
Ularning xayolida nimalar borligini topish juda qiyin. Kamdan-kam hollarda o`z kechinma va sirlarini o`zgalarga ishonadilar. Ko`pincha insonlar orasida o`zlarini sovuqqon va beparvo tutishadi. ok.ru/psixologiyavainson Eng ajoyib – Dalv
Yangi g`oyalar ishlab chiqarishda «Dalv»ga teng keladigani yo`q. Ularda tasavvur va ijodkorlik xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Ammo ba`zan o`ylagan narsalarini amalga oshirish uchun ikkilanishadi. Natijada esa ajoyib kashfiyotlar tan olinmaganicha qolib ketadi.
Eng kuchli — Hut
Astrologlarning fikricha eng kuchli burj vakillari aynan «Hut» ekan. Bu juda ajablanarli axir bu burj vakillari hissiyotga beriluvchan va ta`sirchan bo`lishadiku. Ularda kuch qayerdan bo`lsin? «Hut» larda boshqa burjlarda yo`q qobilyat bor. Masalan qaysar «hamal» va «jadiy» mag`lubiyatga uchraganida «hut» yuksaklarda turgan bo`ladi. «Hut»lar egiladi, ammo sinmaydi.
Agar qaysi burjdaligizni bilmasangiz bu siz uchun...
⤵ ⤵ ⤵ ✔✔✔
Hamal 21.03-20.04
Savr 21.04-21.05
Javzo 22.05-21.06
Asad 23.07-23.08
Saraton 22.06-22.07
Sunbula 24.08-23.09
Mezon 24.09-23.10
Aqrab 24.10-22.11
Qavs 23.11-21.12
Jadiy 22.12-20.01
Dalv 21.01-18.02
Hut 19.02-20.03 ok.ru/bestmaster.mirzayev

Комментарии