Husnbuzardan keyin qoladigan dog‘lardan xalos bo‘lamiz Ko‘p hollarda akne (husnbuzar) noto‘g‘ri davolanganida yuzda yoqimsiz izlar va mayda tirtiqlar qoladi.

Bu kishining kayfiyatiga va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, muammoning oldini olgan ma’qul. Bunda tajribali va malakali kosmetolog-mutaxassislar yordam berib, husnbuzarlarni to‘g‘ri davolashda va uning oqibatlaridan himoya qilishda ko‘maklashishadi. Xususan, qizil dog‘larni yo‘q qilishning iloji bor, buning uchun biroz sa’y-harakat va sabr-toqat kerak, xolos. Bu muammoni asrlar davomida muvaffaqiyatli hal etib kelgan bir qator xalq tabobati usullari mavjud. Masalan, loyning shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardan buyon qizlarga chiroyli teri uchun kurashda yordam berib kelmoqda. Demak, maxsus yashil va oq loydan tayyorlangan niqoblar dog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Niqoblar Rozmarin yog‘i qo‘shilgan yashil loyli niqob: uni tayyorlash uchun sizga yarim osh qoshiq yashil loy, bir necha tomchi rozmarin yog‘i va xona haroratidagi ozgina toza suv kerak bo‘ladi. Ularni aralashtirasiz, natijada qaymoqsimon massa hosil bo‘ladi. Niqobdan har kuni foydalanish mumkin. Qo‘llanish usuli: teridagi muammoli zonalarga yupqa qilib surtiladi va 15 daqiqa ushlab turiladi. Yana bir variant: oq loydan tayyorlangan niqob. U ham ushbu muammoni unutishga yordam beradi. TayyorlanishNiqob uchun yashil loy usuli yuqoridagi niqobnikiday bo‘lib, faqat moyning o‘rniga bir necha tomchi limon suvi qo‘shiladi. Bu niqob allergiyasi borlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, husnbuzarlardan keyin qoladigan yoqimsiz dog‘larni davolashning "shirin” usullari ham mavjud. Buning uchun bir choy qoshiq asalni bir choy qoshiq dolchin (koritsa) bilan aralashtirasiz. Hosil bo‘lgan aralashmani muammoli zonalarga surtasiz va 20-30 daqiqaga qo‘yasiz. Ammo bu niqob qo‘llanilmaydigan holatlar bor. Asal allergiyani qo‘zg‘atadigan mahsulot hisoblanadi. To‘q dog‘lar odatda teridagi pigmentatsiya buzilishlari natijasida kelib chiqadi. Ammo bu oqartiruvchi krem sotib olish uchun darrov do‘konga yugurish kerakligini bildirmaydi. Teriga ta’sir qilishning ayovchi usullaridan ham foydalanish mumkin. pomidorli niqobTuxum oqi va limon suvi aralashmasidan tayyorlangan niqob nafaqat dog‘lardan xalos bo‘lishga, balki yuzdagi kengaygan teri teshiklarini toraytirishga ham yordam beradi. Buning uchun bitta tuxum oqini ikki choy qoshiq limon suvi bilan birga ko‘pirtiring. Hosil bo‘lgan massani tozalangan teriga surting va ko‘pi bilan 15 daqiqa ushlab turing. Dog‘ni oqartirishning yana bir usuli – pomidorning eti. Ushbu usul yoz pallasida juda samarali. Pomidorning qirg‘ichdan o‘tkazilgan etini bir choy qoshiq kraxmal bilan aralashtiramiz va hosil bo‘lgan niqobni yuzdagi qizil dog‘larga surtib chiqamiz. 15-20 daqiqadan keyin yuz yuvib tashlanadi. Ushbu niqob aknega qarshi kurashda ham samarali. Shuningdek, bu muammoga qarshi kurashda efir yog‘lari ham juda yaxshi natijani beradi. Xususan, rozmarin va choy daraxtining yog‘lari. Ular bilan muammoli joylarga ishlov berishning o‘zi yetarli, natijani bir haftadan keyin ko‘rasiz. Mutaxassislar uy parvarishini professional parvarish bilan birgalikda olib borishni tavsiya etishadi. Yaxshi kosmetolog tomonidan amalga oshirilgan oddiy tozalash yoki piling sizni bir nechta seans davomida yuqoridagi muammodan xalos etishi mumkin. Ushbu protseduralarni kuz faslida qilgan ma’qul.

Комментарии

  • 8 мая 2014 16:06
    Husunbuzarlarga qarshi jang qilamiz!!! Husunbuzarlar kimga ham yoqardi? Ular hech kutilmgan vaqtda paydo bo'lishadi, va ular orqali kayfiyat tushish o'ziga ishonmaslik kabi muomolar ham paydo bo'ladi. Husunbuzarlarni yo'qotish to'g'risida qanchadan qancha kremlar, va har xil yo'l bilan yo'qotish kerakligini eshitamiz. Lekin ular qanday paydo bo'ladi?? Va nima qilsak ularni paydo bo'lmasdan yo'qotish mumkin? Shu xaqida hech o'ylab ko'rganmisiz?....Manabu yerda beriladigan foydali maslahatlardan foydalansangiz husunbuzarlarga qarshi urish ochgan bo'lib yutib chiqishingizga shubha ham qolmaydi 1. Yuzingizni har doim toza, va ozoda tuting, agarda bunday qilmagan va husunbuzarlar toshib bo'lgan bo'lsa, unda ham kech emas hechdan ko'ra kech yaxshi. Tozalavering. Tozalang deganda har kuni sovin bilan 3 mahalab yuvish degani emas, chunki bunday ahvolda yuzingiz qurishib husunbuzarlarga yo'l ochib berasiz. Kremlardan foydalanishingiz mumkin. Shunday kremlar borki ular yuzni tozalshda ishlatilinadi, va samarasi ham bor. 2. Hugienaga roia qiling, krem surayotganingizda yoki yuzga sabzovot yoki mevadan qilingan niqoblarni qo'yishdan oldin qo'llaringizni, va yuzingizni yaxshilab yuving. 3. (Pardoz qilladigan qizlarga) Har doim yotishdan oldin pardozingizni yuzizdan tozalab keyin uxlash kerak. 4.Quyoshda ehtiyot bo'ling quyoshni UV va UVB nurlari nafaqat yuzga balki butun tanaga hafli shunday ekan har doim quyoshdan saqlovchi krem suring. (Sun krem) Ayniqsa Sentral Osio davlatlarida yozgi issiq jazirali kunlarda krem surtish shart! 5. I Phone ham husunbuzarlarni kelib chiqishiga sabab bo'la oladi. Uni yuzizga qo'yib gaplashganda qanchadan qancha bakterallarga yo'l ochib berasiz. Lekin bu muamoni yechishni bir yo'qli bor, mobilni gaplashishdan oldin tozalash yani bakteralarni artish, yoki quloq telefoni yordamida gaplashish. 6. Asabiylashmang, ha deb asabiylashishdan ham foyda yo'q ayniqsa zarar ko'p asabiylashish oqibati yuzingizga ham tasir qilib ugriklarni kelib chiqishiga bir sabab bo'ldi. 7. Husunbuzarlarni hech ham siqa ko'rmang, aks holda husunbuzarlar yo'qolgandan kegin ham o'zlaridan iz qoldirib ketadi.... Mulumot qisqa bo'ganligi uchun uzr so'riman (Imlo xattolari uchun ham)
  • 9 мая 2014 19:02
    Ҳуснбузар (угри)га қарши чоралар 1. Кўпинча балоғат ёшгача (ўғил- қизларда) угри гормонлар таъсирида пайдо бўлади. 2. Баъзида угри киши организмида бошқа касалликлар, чунончи, меъда- ичак, жигар, асаб касалликлари борлигидан далолат беради. Сабабини шифокор аниқлайди. Агар юқоридаги касалликлардан биронтаси бор бўлса, зудлик билан ўша касалликни даволаш зарур. 3. Угри тошганда сут ва сут маҳсулотлари, мева, сабзавот, ошкўкларни ва уларнинг шарбатларини истеъмол қилиш лозим. 4. Угрини асло ситмаслик, игна билан йирингини чиқармаслик, совуқ, ифлос сув, ифлос қўл теккизмаслик керак. Акс ҳолда мияга таъсир қилиши мумкин ва ўрни доғ бўлиб қолади. 5.. Аччиқ, шўр, ўткир, ёғли, ширин таомлар, спиртли ичимликлар, тамаки, нос чекиш мумкин эмас. 6. Ҳадеб ойнага қараб асабийлашмаслик, сиқилмаслик керак. Қанчалик кайфият яхши бўлса, шунчалик иммунитет кучаяди. 7. Ёғли гўшт, сут маҳсулотлари, балиқ, дудланган масаллиқлар емаслик, қанд, асал, мураббо ва бошқаларни эса камроқ истеъмол қилиш зарур. 8. Ҳар қандай ёшда угри тошган одамларнинг юз те-риси ёғли бўлади, зеро бунда тери кўплаб ёғ ажратади. Шунинг учун бундай одамлар кунига 2 маҳал (эрталаб, кеч) ёки бир марта юзини атир совун (айниқеа, "Лесное", "Борно-тимоловое" ва бошқа совунлар) билан қайнаган сув (илиқ ҳолда) ёхуд доривор ўтлар қайнатмаси (дамламаси) билан ювиш лозим. 9. Юзни ювиш учун ромашка ёки беда барглари қайнатмасини ишлатиш фойдали. 10. Угри тошганда крем ва пардоз учун ишлатиладиган ҳар хил моддалардан (кимёвий) фойдаланиш зарарлидир. 11. Икки ош қошиқ қичитқи ўтига (крапива) 400 мл қайноқ сув қуйинг ва 2 соат тиндириб, докадан сузиб олинг. Бу суюқликни кунига 3-4 марта овқатдан 20 дақиқа олдин бир пиёладан ичинг (100-200 гр), илиқ ҳолда бўлсин. 12. Бир неча кундан кейин бу муолажангизга чака-муғни (лопух) қўшинг: бир ош қошиқ лопух илдизининг талқонини 0,5 литр сувда 10 дақиқа қайнатинг, паст оловда. У ни ҳам худди крапива қайнатмасидек ичинг. 13. Агар сизнинг юз терингизда тешикчалар кенгайган бўлса, пудра ва ёғли кремларни ишлатманг. Бунда терини лимон шарбати билан артиш тавсия этилади. 14. Тўғри ва соғлом ҳаёт кечириш тарзига амал қилиш лозим (овқат, иш, дам олиш, уйқу, бадантарбия).
  • 25 апр 2019 04:22
  • 2 апр 2020 02:30
    Husunbuzardan qolgan doglarni qanday yoqotsa boladi
  • 8 июн 2020 12:25
    Ugrini o'zini ham, dog'larini ham ketkazish haqida
    med360 .uz/salomatlik/husnbuzarlar/
  • 25 окт 2020 20:23
    Boriw kk
  • 19 апр 2021 09:09
    Yuzdaki xushikalarni qanday yoqotsa boladi