Muhim va unutilmas sanalar taqvimi .

1-Yanvar
- "Yangi yil" bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.
2-Yanvar
- O'zbekiston Respublikasi jahon metrologoiya tashkilotiga (JMT) (1993) a'zo bo'lgan kun.
3-Yanvar
- O'zbekiston Respublikasi Milliy Davlat kitob palatasi tashkil topgan kun (1926).
10-Yanvar
- Ichki qo'shinlar tashkil topgan kun. (1992 y.)
14-Yanvar
- Vatan himoyachilari kuni
23- Yanvar
- Milliy gvardiya tashkil etilgan kun. (1992 y.)
24-Yanvar
- O'zbekiston-Evrosiyo iqtisodiy jamjamiyati (2000 yil 10 oktyabrda Ostona shahrida tashkil topgan)ga a'zo bo'lgan kun (2006 y).
24-Yanvar
- Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil topgan kun. (1992 y.)
26-Yanvar
- Butunjahon Bojxonachilar kuni. (1983 y.)
28-Yanvar
- O'zbekiston havo yo'llari kuni (1992 y.)
30-Yanvar
- Evropa xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga qabul qilingan kun. (1992 y.)
9-Fevral
- Buyuk o'zbek shoiri, mutaffakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. (1441-1501)
14-Fevral
- O'zbek adabiyotining yiril vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Mirzo Bobur tavallud topgan kun. (1483-1530)
15-Fevral
- Afg'onchilar kuni.
16- Fevral
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'lgan kun. (1992 y.)
17-Fevral
- Xalqaro Qizil xoch qo'mitasi tashkil topgan kun. (1863 y, Jeneva.)
21-Fevral
- Xalqaro Ona tili kuni (Yunesko).
23-Fevral
- "O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi" tuzilgan kun. (1991 y.)
24-Fevral
- O'zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a'zo bo'lgan kun. (1994 y.)
25-Fevral
- Tashqi ishlar Vazirligi xuzuridagi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi "Jahon axborot agentligi" tashkil etilgan kun. (1994 y.)
1-Mart
- Butun Jahon mudofaasi kuni.
1-Mart
- Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.
1-Mart
- O'zbekiston Respublikasida BMT ning bolalar jamg'armasi-YUNISEF vakolatxonasi ochildi.
2-Mart
- O'zbekiston Respublikasi BMT a'zoligiga qabul qilingan kun. (1992 y.)
4-Mart
- O'zbekiston ichki ishlar vazirligi qorovul qo'shinlari kuni (1999 y.)
4-Mart
- O'zbekiston favqulotda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996 y.)
6-Mart
- Hamza Hakimzoda Niyoziy ning tavallud topgan kuni. (1889-1929 y.)
8-Mart
- "Xalqaro Xotin qizlar" bayrami.
14-Mart
- "O'zbekiston Respublikasi Xalq baxshisi" faxriy unvoni ta'sis etilgan kun (2000).
14-Mart
- O'zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan kun (1987).
15-Mart
- "Xalqaro iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish" kuni.
17-Mart
- Butunjahon dengiz kuni.
17-Mart
- O'zbekiston futbol kuni
21-Mart
- Navro'z umumxalq bayrami. (1992 y.)
22-Mart
- Buyuk o'zbek astronomi va metematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavallud topgan kun. (1394-1449 y.)
23-Mart
- Butunjahon metrologiya kuni. (1950 y.)
24-Mart
- Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurashish kuni
24-Mart
- O'zbekiston Respublikasining chegara qo'shinlari tashkil etilgan kun. (1992 y.)
25-Mart
- O'zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniyat-ma'rifat aloqalar milliy uyushmasi tashkil etilgan kun. (1992 y.)
27-Mart
- Xalqaro teatr kuni.
1-Aprel
- Kulgu va hazil, mutoiba kuni.
1-Aprel
- Butunjahon qushlar kuni.
2-Aprel
- Xalqaro bolalar va o'smirlar kitobi kuni.
5-Aprel
- Geologlar kuni.
5-Aprel
- O'zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).
7-Aprel
- Butunjahon salomatlik kuni.
9-Aprel
- Buyuk sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun (1336-1405 y.)
9-Aprel
- Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitusyasi va Dalvat Gerbi tasdiqlangan kun (1993 y).
10-Aprel
- O'zbek adabiyotining yirik nomoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun (1894-1938 y.)
12-Aprel
- Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuni (1962 y).
15-Aprel
- Ilm-fan kuni.
17-Aprel
- Yong'in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.
18-Aprel
- Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.
19-Aprel
- Xalqaro olamni asrash kuni (1990 y.) (Har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
22-Aprel
- Yoshlar kuni.
23-Aprel
- Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tashkil etilgan kun.
23-Aprel
- Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni. (Yuneskoning 28-konferensiyasida 1995 yilda e'lon qilingan).
24-Aprel
- Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957 y.)
25-Aprel
- O'zbekiston yoshlarining "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati" tashkil etilgan kun.
25-Aprel
- O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, xalq yozuvchisi, mohir dramaturg Hamid G'ulom tavallud topgan kun (1919-2005 y.)
26-Aprel
- Amir Temur ordeni ta'sis etilgan kun.
26-Aprel
- Betakror va iste'dodli shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun (1954-2001 y.)
26-Aprel
- Xalqaro intellektual mulk kuni.
26-Aprel
- Birodarlashgan shaharlar kuni (1963 y.) (Har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
28-Aprel
- Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003 y.).
29-Aprel
- Xalqaro raqs kuni.
30-Aprel
- O'zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a'zo bo'lgan kun (1992 y).
3-May
- Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934 y).
7-May
- Radio kuni.
8-May
- Butunjahon qizil Xoch tashkiloti kuni.
9-May
- Xotira va qadrlash kuni. (1999 y.) - Umumxalq bayrami.
12-May
- Xalqaro hamshiralar kuni.
14-May
- Xalqaro oila kuni.
15-May
- Butunjahon oila kuni.
17-May
- Xalqaro elektraloqa kuni (1969 y.)
17-May
- O'zbekiston Respublikasi tog'-metallurgiya sanoati xodimlari kuni (2001 y.). (Har yili may oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
18-May
- Xalqaro muzeylar kuni. (1977 y.)
19-May
- Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi (1995 y.) ochilgan kun.
21-May
- Xalqaro metrologiya kuni. (Yunesko qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).
22-May
- Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.
24-May
- O'zbekiston Vatan taraqqiyoti partiyasi (VTP) (1992 y.) tuzilgan kun.
26-May
- Xalqaro "Navro'z" xayriya jamg'armasi tashkil etilgan kun (1994 y).
31-May
- Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.
31-May
- Kimyogarlar kuni (1956 y). (Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
1-Iyun
- Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.
5-Iyun
- Butun Jahon atrof- muhitni muhofaza, himoya qilish kuni.
7-Iyun
- Melioratorlar kuni. (Har yili iyun oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
14-Iyun
- Engil sanoat xodimlari kuni. (Har yili iyun oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
14-Iyun
- Butunjahon Donorlar kuni.
17-Iyun
- Sahrolanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni.
21-Iyun
- Tibbiyot xodimlari kuni. (Har yili iyun oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
21-Iyun
- Butun o'zbek olimpik yugurish kuni. (Har yili iyun oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
23-Iyun
- Xalqaro Olimpiada kuni.
26-Iyun
- Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni.
27-Iyun
- O'zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. (1993 y. 24 iyun O'zR Prezidenti farmoni).
28-Iyun
- Savdo, matubot kooperasisi va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish xodimlari kuni.
1-Iyul
- Butunjahon me'morlar kuni (1985 y).
1-Iyul
- O'zbekiston Respublikasi konstiitusiyasi milliy valyutasi - so'm muomalaga kiritilgan kun (1994 y.)
1-Iyul
- Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).
2-Iyul
- Davlat gerbi tasdiqlangan kun. (1992 y).
4-Iyul
- Xalqaro kooperasiyasi kuni (1994 y) (Har yili iyul oyining birinchi shanbasida nishonlanadi).
7-Iyul
- Butunjahon dunyo aholisi kuni.
7-Iyul
- Taniqli o'zbek yozuvchisi Normurod Narzullaev tavallud topgan kun (1934 y).
10-Iyul
- O'zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifo?i (XEI) ga to'la?onli a'zo bo'lgan kun (1992 y).
11-Iyul
- Butunjahon xalqlari kuni (1989 y).
13-Iyul
- O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a'zo bo'lgan kun. (1992 y.)
20-Iyul
- Butunjahon shaxmat kuni
20-21 Iyul
- Imom al-Buxoriy kuni
1-Avgust
- Mahallalar kuni. (Har yili avgust oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi).
2-Avgust
- Temir yo'lchilar kuni (1936 y.). (Har yili avgust oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
6-Avgust
- Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish (1945 y) kuni. Xirosima fojeasi kuni.
9-Avgust
- Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.
9-Avgust
- Fizkulturachilar kuni. (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
10-Avgust
- Quruvchilar kuni. (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
12-Avgust
- O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.
15-Avgust
- O'zbek ma'rifatparvar shoiri Avaz O'tar tavallud topgan kun. (1884-1919 y.)
16-Avgust
- O'zbekiston Respublikasining havo floti kuni (1995 y). (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
16-Avgust
- "O'zbekiston - Vatanim manim" qo'shiq bayrami kuni (1996 y.) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
22-Avgust
- Buxoro neftini qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997 y).
27-Avgust
- Xalqaro Talabalar Ittifoqi tashkil topgan kun.
27-Avgust
- Kino kuni. (1979 y.)
30-Avgust
- Shaxtyorlar kuni. (Har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
31-Avgust
- Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni.
1-Sentyabr
- O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni.
1-Sentyabr
- O'zbekiston xalqaro bloklarga qo'shmaslik harakatiga a'zo bo'lgan kun. (1992 y).
2-Sentyabr
- Bilimlar kuni.
4-Sentyabr
- Abu Rayxon Muhammad al Beruniy tavallud topgan kun.
6-Sentyabr
- Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (Har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi)
8-Sentyabr
- Xalqaro savodxonlik kuni.
8-Sentyabr
- Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.
9-Sentyabr
- Butunjahon husn-latofat va go'zallik kuni.
13-Sentyabr
- Xalqaro fashizm qurbonlarini xotirlash kuni. (Har yili sentyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
15-Sentyabr
- Xalqaro tinchlik kuni.
16-Sentyabr
- Bahouddin Naqshband kuni (1993 y).
18-Sentyabr
- O'zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqi (XGI) (1993) a'zo bo'lgan kun.
22-23 Sentyabr
- Kuzgi teng-kunlik - "Mehrjon" bayrami kuni (Mehrgoh).
25-Sentyabr
- O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991 y).
27-Sentyabr
- Butunjahon Turizm kuni.
30-Sentyabr
- Mashinasozlar kuni.
1-Oktyabr
- "Ustoz va murabbiylar" kuni
1-Oktyabr
- Xalqaro musiqa kuni (1980 y).
1-Oktyabr
- Qariyalar kuni.
4-Oktyabr
- Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.
4-Oktyabr
- Xalqaro shifokorlar kuni. (1984 y). (Har yili oktyabr oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
9-Oktyabr
- Butunjahon pochta kuni.
11-Oktyabr
- Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
13-Oktyabr
- Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.
14-Oktyabr
- Xalqaro standartlashtirish kuni.
15-Oktyabr
- O'zbekiston Xalqaro moliya korporasiyasiga a'zo bo'lgan kun.
16-Oktyabr
- Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.
17-Oktyabr
- Xalqaro kambag'alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni (1995 y).
18-Oktyabr
- Samarqand kuni (1996 y).
18-Oktyabr
- Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni. (Har yili oktyabr oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
19-Oktyabr
- Avtomobil transporti xodimlari kuni. (Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
20-Oktyabr
- Xiva kuni
21-Oktyabr
- "Davlat tili to'g'risidagi qonun" qabul qilingan kun. (1989 y.)
23-Oktyabr
- O'zbekiston Respublikasi (1993 y) Yuneskoga a'zo bo'lgan kun.
24-Oktyabr
- Xalqaro BMT kuni. (1947 y.)
25-Oktyabr
- O'zbekiston Respublikasi Bojxona xodimlari kuni.
25-Oktyabr
- Xalqaro tinchlik uchun xotin qizlar kurashish kuni
25-Oktyabr
- O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni.
25-Oktyabr
- Xalqaro maktab kutubxonalari kuni. (Har yili oktyabr oyining 4-chi yakshanbasida nishonlanadi).
29-Oktyabr
- O'zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejisyor, O'zbkistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Nabi G'anievning tavallud topgan kuni. (1904-1953 y.)
31-Oktyabr
- Toshkentda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy Markazi tuzilgan kun. (1996 y.)
1-Noyabr
- O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topgan kun (XDP - 1991 y).
5-Noyabr
- Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko'rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956 y.)
7-Noyabr
- Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy tavallud topgan kun (1414-1492 y).
8-Noyabr
- Tibbiyot xodimlari kuni (Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
10-Noyabr
- Butunjahon Yoshlar kuni (1945 y).
10-17-Noyabr
- Talabalarning tinchlik va do'stlik uchun kurashining xalqaro haftaligi.
12-Noyabr
- Butunjahon sifat kuni (1989 y).
16-Noyabr
- Xalqaro bag'rikenglik kuni.
16-Noyabr
- Yuneskoning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.).
18-Noyabr
- O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i tasdiqlangan kun (1991 y.).
19-Noyabr
- O'zbekiston qurolli kuchlari artilleriyasi kuni.
20-Noyabr
- Bola huquqlari Deklarasiyasi qabul qilingan kun. (1953 y.)
21-Noyabr
- Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni. (1913 y.)
21-Noyabr
- Butunjahon televidenie kuni (1996 y).
21-Noyabr
- Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun. (1995 y.)
27-Noyabr
- Paxta bayrami.
28-Noyabr
- O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik Tashkilotiga (IQT) a'zo bo'lgan kun (1992 y).
1-Dekabr
- Butunjahon orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurashish kuni.
1-Dekabr
- Ayollar Xalqaro demakratik federasiyasi tashkil topgan kun (1945 y).
3-Dekabr
- Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1993 y).
4-Dekabr
- O'zbekiston faxriylari ijtimoiy qo'llab-quvvatlab himoyalash "Nuroniy" jamg'armasi tashkil topgan kun. (1996 y.)
4-Dekabr
- Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat Madhiyasi tasdiqlangan kun. (1993 y.)
5-dekabr
- Xalqaro ko'ngillilar kuni.
8-Dekabr
- O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun. (1992 y.)
10-Dekabr
- Inson haq-huquqlari kuni (1948 y).
10-Dekabr
- Vatanimizning Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun. (1992 y.)
11-Dekabr
- Yunisef-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun. (1946 y.)
12-Dekabr
- Iste'dodli shoir, shodlik va baxt kuychisi, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavallud topgan kun. (1909-1944 y.)
14-Dekabr
- Qoraqalpog'iston Respublikasining suverenligi e'lon qilingan kun. (1990 y.)
14-Dekabr
- Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat Bayrog'i tasdiqlangan kun. (1992 y.)
16-Dekabr
- O'zbekiston Respublikasi FIFAga a'zo bo'lgan kun. (1992 y.)
17-Dekabr
- Muhammad Rizo Ogahiy tavallud topgan kun. (1809-1874 y.)
18-Dekabr
- Xalqaro migrantlar kuni (1990 y).
21-Dekabr
- O'zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH 1991 y. 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a'zo bo'lgan kun (1991 y.).
22-Dekabr
- Energetik xodimlar kuni.
25-Dekabr
- O'zbekiston xalq yozuvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Komil Yashin tavallud topgan kun (1909-1997 y.)
29-Dekabr
- Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo'yicha umumxalq Referendumi hamda O'zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti saylovi bo'lib o'tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun. 1991 y.

Muhim va unutilmas sanalar taqvimi . - 771243081491

Комментарии