Asalning foydasi .

4-oxirgi qism...
NAFAS YO'LINING YUQORI A'ZOLARIGA TA'SIRI - Asalni nafas a'zolarini yuqorisiga tavsiya etilishi uning bakteriyalarga, zamburug'larga ta'siri, jarohatlangan joylarni tezda tiklanishida ijobiy ta'siri yaxshiligidan tavsiya etiladi. Bu a'zolarning muolajasi 20 kun davom etadi. Bunda:
1. 1 choy qoshiq miqdordagi asalni har 3 soatda ya'ni bir kunda 6 marta yotgan holda asalni darrov yutib yubormay og'izda ko'p vaqt tutib, uni so'rib ichiladi.
2. Tibbiy apparatlar yordamida asalni 20 foizli eritmasi ingalyasiya qilinadi. Bir martaligida 15- 20 ml eritma ishlatiladi. Burun bilan nafas olinib ogizdan chiqariladi. Bir kunda 1-2 marta 10-20 minut davomida bajariladi.
3. Ingalyasiyani uy sharoitida choy qaynatiladigan choynakka 0.5 l. suv quyilib unga 1osh qoshiqda asal solib aralashtiriladi. qaynab chiqqan bug'ni tumshug'iga uzunchoq nay joylashtirib uni hidlanadi. Ingalyasiyani yaxshisi kechasi qilinadi, uni davom etishi 15-20 minut. Bir kursi 10-20 kun
4. Burun katagini ichiga bemor orqasi bilan yotganida ozgina asal qo'yiladi. Asal erib burun ichiga oqadi. Bir kunda 1 marta qilinadi. Bir kursi 20 marta.
5. Tonzilit va laringitda asalning 30 foizli eritma-si bilan og'iz chayiladi, g'arg'ara qilinadi.
6. Nafas yo'llarining yuqori a'zolari yallig'langanda asal mumini 15 daqiqa davomida chaynang.
BRONXITDA - Matoga toza asal surtib bemorni yelkasiga qo'ying. Ustidan yelim plyonka yopib, issiq ro'mol bilan o'rang. Ushbu kompressni kechqurun uyquga yotishdan avval qiling. Yo'tal bir ikki muolajadan keyin to'xtaydi.
O'PKANI MUSTAHKAMLASHDA - 200 gramm sariyoqka 2 ta tuxumning sarig'ini ko'pirtirib soling. Ustidan bir choy qoshiq un va ikki choy qoshiq asal qo'shing. hammasini obdon aralashtiring va undan har kuni 3 mahal 1 choy qoshiqdan choy bilan ichib turing.
SHAMOLLAGANDA
1. Aloy o'simligining pastki qismidagi bargidan shirasini ezib olasiz, 50 ml shiraga 100 g asal qo'shib aralashtirasiz. Bu aralashmadan bir kunda 3 marta 1 choy qoshiqdagisini ovqatdan oldin ichib yurasiz.
2. Dorivor romashka o'simligining quritib maydalanganidan 3 osh qoshiq miqdorda olib ustiga 0.5 l. qaynoq suv quyasiz. Uni 15 minut davomida qaynab turgan suvda tutasiz, keyin sovutasiz, suzib olib, unga 2 osh qoshiq miqdorda asal solib eritasiz. Ushbu aralashmani anginada, surunkali tanzillitda, milk og'riganda foydalanasiz. Yo'g'on ichak yorilishida, kolitda foyda beradi. Kolitda kechqurun uyquga yotishdan avval 50 ml miqdordagisini huqna qilasiz. Aralashmadan yarim piyoladan ozroq miqdorda bir kunda 3 marta ovqatdan keyin qorin dam bo'lishida, ich ketganda og'riq ro'y berganda, shamollashni oldini oluvchi vosita sifatida ichib tursangiz naf olasiz.
3. Asal va yerqalampir bargi shirasini 10:0.5 nisbatda aralashtirasiz. Uni paxtali tamponga shimdirib burun ichiga tiqib qo'yasiz.
4. Yarim kilogramm yong'oq mag'zini maydalab 300 gramm asalga aralashtiriladi. Unga yarim piyola aloy sharbati va 4 dona limon sharbati qo'shiladi. Ushbudan yosh bolalar bir choy qoshiqdan, kattalar osh qoshiqdan bir kunda 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
5. 3 osh qoshiqdagi maydalangan dorivor moychechak gulini 0,5 l qaynab turgan suvga solib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi, uni sovutib, tindirib, 2 osh qoshiqdagi asal bilan aralashtiriladi. Undan tomoq og'rig'ida, surunkali tonzilitni davolashda, tish milklari shamollaganda, shuningdek, yara va shikastlangan jarohatlarda, to'g'ri ichak yorilishi va kolitni davolashda foydalaniladi.
6. Qarag'ay bargini qaynoq suvli bankada 15-20 minug damlab, keyin yarim stakan toza asal qo'shib eritasiz. Ovqatlanishdan so'ng kuniga 3-4 marta ikki-uch osh qoshiqdan ichib olsangiz, darddan forig' bo'lasiz.
TUMOVDA
1. Asalni iliq suvda (45S dan oshmasligi kerak) 1:2 nisbatda aralashtirib, kuniga 3-4 marta burun teshiklariga qattiq surunkali aksirishda tomizib turiladi.
2. 100 g asalni olib (imkon qadar tog' asali), 1 dona siqib olingan limon sharbati bilan 800 ml qaynatilgan suvda eritiladi. Kun davomida ichiladi.
3. 1 osh qoshiq asalni 1 stakan iliq sutga aralashtirib shamollashda, gripp va yo'talda ichib turiladi. 4. Yerqalampirning yangi siqib olingan sharbatiga teng miqdorda asal aralashtirib, uyqu oldidan 1 osh qoshiqdan ichiladi. o'tkirlik qilsa, ortidan iliq suv ichasiz.
TERI KASALLANGANDA
1. 3 osh qoshiq mayda to'g'ralgan yangi bodringga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat tinidiriladi, so'ng dokadan o'tkazilib, osh qoshiqda asal qo'shib erib ketgunga qadar aralashtirib yuboriladi. Keyin paxtali tamponni eritmaga botirib yuz qismi artiladi, 30 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Ko'rsatma: xusnbuzarga qarshi yaxshi vosita.
2. 1 osh qoshiq tuyulgan dorivor mavrak (shalfey) bargiga 1 stakan qaynoq suv quyib, qopqog'ini berkitib 30 daqiqa davomida tindirib, 1 choy qoshiqda asal solib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Tayyor bo'lgan ushbu aralashma kechki vaqtda kasallik kuchaygansa 15 daqiqa davomida kompress qilib turilasi.
3. 1 stakan maydalangan xom kartoshka, 1 osh qoshiq asal bilan bo'tqa holiga kelgunga qasar ezib yuboriladi. So'ng paxtadan tayyorlangan matoga 3-4 qalinlikda bo'lgan qatlamda surtib, og'riyotgan teri qismiga qo'yib, bint bilan bog'lanadi va 2 soat moboynida turadi. Kasallik kuchayishi bilan kuniga 3-4 marotabadan 2-3 soat oralatib kompress qilinadi. Yotishdan oldin yaralangan joyga propolis mag'zini surtib bint bilan ertalabgacha bog'lab qo'yiladi. Ushbu maz allergiya bermayotganligini albatta, nazorat qilib turishi lozim. Yara bitib ketgunga qadar muolaja davom etadi. Ko'rsatma: kuyish, ekzema yarasida, biriktiruvchi to'qimalarning yiringlab yallig'lanishida, tovon qavar-ganda qo'llaniladi.
4. Shisha idishga 1 osh qoshiq asal, 1 dona xom tuxum sarig'i va 0.5 choy qoshiqda gliserin qo'shib, yog'och qoshiq bilan bir massaga kelgunga qadar aralashtiriladi. Ushbu aralashma yuvilgan yuz qismiga yupqa qatlamligida surtib, 15 daqiqa mobaynida turadi. Undan keyin iliq suvda yuzni yuvib, so'ng sovuq suvda chayqaladi. Ko'rsatma: ajinga qarshi qo'llanadi.
5. 100 g asal bilan 1 dona limon sharbati o'zaro aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan ushbu massa toza yuzga, yupqa qatlamda surtiladi. 5-10 daqiqadan so'ng sovuq suvda yuvib tashlanadi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.
6. 1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va 1 dona tuxum oqini xamirga o'xshash holatga kelgunga qadar obdon aralashtiriladi. So'nt yuzga surtib, 15 daqiqa ushlab turiladi, keyin iliq suvda yuviladi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.
7. 2 osh qoshiq spitrga 2 osh qoshiq suv qo'shib, unga 1 choy qoshiq asalni olovda bir oz isitib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Kechki payt 12 daqiqa yuzga surtiladi. Ushbu niqob yuzni tozalaydi, uni turli mikro-blardan dizenfeksiya qiladi va terini yumshatadi.
8. 35 g asal, 90 g arpa uni va 1 dona tuxum oqini ko'piksimon holatga keltirib, yaxshilab aralashtiriladi. So'ng teriga surtib, 15 daqiqa turadi. Ajin tushishning oldini oladi, shunyngdek, quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.
9. 1 choy qoshiq asalni 10 ml yangi uzilgan pomidor sharbatiga aralashtirib yuboriladi. Tayyor bo'lgan ushbu vositani yuzga surtib, 30 daqiqa ushlab turiladi, So'ng suvda yuvib tashlanadi. Ajin tushishini oldini oladi, yuzdagi dog'larni ketkazadi.
10. Bir choy qoshiq miqdordan asal, gliserin va bitta tovuq tuxumini sarig'ini obdon aralashtiring. Teringizni oziqlantirish uchun surkaysiz.
11. 2 osh koshiq iliq suvda bir choy qoshiq miqdorda asalari mumini eritasiz. Bir qoshiq o'simlik moyida qizil qalampirning bir bo'lagini ezib olasiz. Ikkala aralashmani qo'shasiz va quriqshab borayotgan teriga sur-kaysiz, Teri yosharganday bo'lib ketadi.
12. Erkaklar soqollarini olgandan keyin 1 choy qoshiqdagi asalni qaynatib ilitilgan 50 ml suvda aralashtirib yuzga sepsalar teri parvarishi yaxshilanadi.
TERINING YIRINGLI CHAQALARIDA - Asaldan 1 osh qoshiqda olasiz, unga tovuq tuxumining 2 tasini sarig'ini, choy qoshiqni yarmida tuz, unga un qo'shib xamir qiling. Undan kulcha tayyorlab, yiringli, va chipqon chiqqan joylarga bog'lang. Tuzalib ketadi.
ANEMIYADA
1. 1 osh qoshiq miqdordagi asalni bir piyola sutda yaxshilab eritamiz. Undan 50 ml miqdordagisini bir kunda 3 martadan 20-30 kun ichasiz.
2. 3 dona po'sti archilgan o'rtacha kattalikdagi nordon bo'lmagan olmani o'rtacha kattaliqda to'g'rab ustidan 1 litr qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynating, uni yarim soag tindiring, bir osh qoshiq asal solib ichib yuring.
3. 1 ta limon, yarim stakan asal, yarim kilogramm mayiz, yarim kilogramm yong'oqni go'shtqiymalagichdan chiqarib uni har kuni ertalab nahorga bir osh qoshiqdan iste'mol qilib turing.
ATEROSKLEROZDA - AterOsklerozni davolash uchun bir stakan tomat shar-bati va 1 osh qoshiq asalni obdon aralashtirib iste'mol qilib turish kerak. Tomat sharbati xolesterin almashuvini normallashtiradi. Shuningdek, anemiya (kamqonlik) da ham foydalidir.
BUYRAK KASALLANGANDA - Yaxshi pishgan na'matak mevasining quritilganidan 15-17 donasini urug'ini olingandan keyin 0,5 l suvda past olovda 10-12 minut qaynatasiz, uni 1-2 soatga damlab qo'yasiz. Uni mazasini yaxshilash uchun ma'lum miqdorda asal qo'shasiz. Tayyorlangan aralashmadan bir kunda 3 martadan yarim piyoladan ichib yurasiz.
YOSH BOLALAR YO'TALGANDA - Asal va ilitilgan zaytun yog'i bir xil miqdorda ob-don aralashtiriladi. Kichik yoshdagi bolalarga 1 choy qoshiqdan, kuniga 3-4 marotabadan ichkizib turiladi. Ushbu aralashma ko'k yo'talda ham qo'l keladi.
SIYDIK TUTMASLIKDA - Bolalar kechasi yotgan joylariga siyib qo'ysalar, ularga yotishlari oldidan asal ichiring. Asal tinchlantiruvchi va quvvat bag'ishlovchi ta'sir qiladi. Bundan tashqari, asal tanada suyuqlikni tutib turadi. BRONXIAL ASTMADA
1. Qo'yidagilardan aralashma tayyorlang. Asal, sarimoy, qo'y yog'idan 500 grammdan, 10 dona tovuq tuxumi, 10 g kakaoni eritib aralashtiring. Sovuganidan keyin bir kunda 3 martadan bir osh qoshiqdan issiq sut bilan bir oy muddatda iching. 2 haftalik tanaffusdan keyin yana takrorlang.
2. Bronxial astmada yoxud astmoid bronxitida 20-30 mg dan ona ari suti ("Apilak" preparati 2-3 tabletkadan tilni tagiga qo'yib. (erib ketgunga qadar tutib turiladi) qabul qilinadi. Shu bilan birga ona ari suti va asal aralashmasidan 2:100 tenglikda foydalanish mumkin. Dozasi: kuniga 200mgdan ona ari suti (ya'ni kuniga 10 g aralashma, erib ketgunga qadar og'izda tutib turiladi).
ALKAGOL KO'P ISTE'MOL QILINGANDA - Mabodo alkagolni ko'p iste'mol qilgan bo'lsangiz 100-120 gramm miqdordagi asalni ikki marta ichasiz. Asaldagi fruktoza alkagol ta'sirini yo'qotadi.
TOMOQ OG'RISA - Angina, surunkali tonzillit, laringit (kekirtak shdmollashi), farangit (tomoq shamollashi), milk og'riqlari va hokazolarda tabiiy asal saqichi g'oyat shifobaxshdir. Bunday hollarda xalq tabobati asal saqichini chaynashni tavsiya qiladi. Asal saqichi bo'lmagan taqsirda toza tabiiy asalni uncha qaynoq bo'lmagan issiq suvda 1:2 miqdorida eritib, og'iz chayqaysiz.
ATEROSKLEROZ - Piyoz suvini siqib chiqarib, unga yarim miqdorda asal qo'shasizda kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichib borsangiz, darddan xalos bo'lasiz.
STENOKARDIYA CHOG'IDA - Bir litr asal, 10 dona limon va 5 bosh sarimsoq piyoz olasiz. Limonlarni yaxshilab yuvib, archib, undan so'ng sharbatini siqib chiqarasiz. Sarimsoq piyozni qiymalab, keyin suvini siqib olasiz. Sharbatlarni asal bilan obdon aralashtirib, bir hafta sovutgich (xolodilnik)da asraysiz. Undan so'ng kuniga bir marta 4 choy qoshiqdan shoshilmasdan simirib ichasiz, 1.5-2 haftadayoq o'zingizni sog'lom va bardam his etasiz.QON TOMIRNING KENGAYISHIDA - Doka tamponi ustiga qalinroq holda asal surtib, qon tomirining varikoz kengaygan joyiga bosiladida, ustidan bint bilan bog'lab qo'yiladi. Dastlabki kun kompressni 2 soatdan so'ng, ikkinchi va uchinichi kunlari 4 soatdan so'ng olasiz. Keyinroq esa butun tun davomida asraysiz. Asal mikrobga va gazaklashga qarshi ta'sir o'tkazib varikoz jarohatlarini tez yengadi.
ASABIYLASHGANDA
1. Faqat toza, tabiiy asaldan foydalanish lozim. Kundalik miqdor 60-100 g (vazningizga qarab). Bunday hollarda boshqa shirinliklarni iste'mol qilishdan tiyilasiz. Yarim kilogrammcha asalni 1-1,5 l qaynoq suvda obdon eritib, kuniga 3-4 marta 100-150 g dan uyquga ketish oldidan qabul qilib boring. Bir-ikki haftalik uzluksiz davolov kursidan so'ng kayfiyatlar a'lo bo'ladi!
2. Asabiylashish, asablarning charchash holatida, gul-changini ovqat iste'mol qilishdan yarim soat oldin, kuniga 3 mahaldan 0.5-1 choy qoshiqda (mizojning vazniga qarab) qabul qilib turiladi.
3. 2 choy qoshiksagi asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqa yotib tursangiz asabiylikdan charchashdan xalos bo'lasiz, teridagi mayda ajinlar tekislanadi.
UYQUSIZLIKDA - Bir stakan iliq suvda bir osh qoshiq asalni eriting, yotish oldidan ichib oling uyqungiz chuqur bo'ladi.
BOSH MIYA QON TOMIRLARI SKLEROZIDA - 200 ml piyoz sharbatiga shuncha miqdordagi asalni obdon aralashtiring. Unga 50 gramm limon po'stlog'ini qo'shing. Aralashmani ma'lum muddat tindirib salqin joyda saqlang. Bu aralashmadan 3 mahal bir osh qoshiq miqdordagisini 2 oy mobaynida ichib yuring.
SIYDIK TUTOLMASLIKDA - Farzandlaringiz uyquga yotishdan oldin 1 choy qoshiqdan toza asal bering. Asalda tinchlantiruvchi va mustahkamlantiruvchi xususiyat bor. Bundan tashqari, inson organizmidagi suyuqlikni saklab turadi.
YO'TALGA - 100 ml turp suviga 1 osh qoshiq asal qo'shib, asal erib ketgunga qadar aralashtirilasi. Aralashmani har soatda qabul qilib turish lozim.
TISH OG'RIGANDA - No'xatdek keladigan asalari mumining (propolis)ni og'riq tish ustiga bossangiz, og'riq o'sha zahotiyoq sizdan daf bo'ladi. ARTRIT KASALIDA
1. 1 choy qoshiq ona ari suti va asal 1:100 tenglikda tayyorlangan aralashmasini kuniga 2 mahaldan tilning tagida erib ketgunga qadar ushlab turiladi. Shu bilan birga, bemorlar og'rib turgan joyini 20 ta asalari nishiga chaqtiradi. Revmatizm va artrit kasalida, davolov kursi 1 oyni tashkil etadi. So'ng 2 oyga davolov kursini to'xtatib, yana 10 kun davomida 1 kurs muolaja qabul qilinadi.
2. Xantal (gorchisa) kukuni, kungaboqar moyi va asalni teng miqdorda aralashtiring. Ushbu aralashma bilan og'riq bo'lgan joylarga surkab, ishqalang.
BOSH MIYA QON TOMIRLARI SKLEROZIDA - Bir stakan piyoz sharbatini bahorgi toza asal bilan aralashtirib unga qirg'ichdan o'tkazilgan limon po'stlog'ini qo'shing. Idish qopqog'ini mahkam berkitib salqin joyda saqlang. Ovqatdan 2-3 soat keyin kuniga uch mahal 2 oy davomida ichib turing.
YAXSHI UXLAMASANGIZ
1. Bir osh qoshiq asalni qaynatib iliq holga kelgan suvga yaxshisi sutga solib aralashtirib uyquga yotishingizdan oldin 100 ml miqdorda iching.
2. Kechasi yaxshi uxlayolmayotgan, ko'z ilinishi bilan uyg'onib ketsangiz kechki ovqatdan yarim soat o'tgach bir osh qoshiq asalni choy bilan iching. Surunkali amal qilsangiz naf bo'ladi.
QO'LLAR VA OYOQLAR BO'G'IMLARI SHAMOLLAGANDA - Bir osh qoshiqdan asal, qalampir, kungaboqar moyining hammasini aralashtiring. Uni og'riqli joylarga surtiladi.
BOSH QAZG'OG'IDA - Asalga teng miqdorda no'xat talqonidan teng miqdorda solib aralashtiring. Ushbu aralashmani sochingizni oldirgandan keyin boshingizga yupqa qilib surtib oftobda bir soat chamasida yuring keyin yuvib tashlang. Bu muolajani 3 marta takrorlasangiz yaxshi naf beradi.
KO'ZNING QUVVATINI OSHIRISH
1. Qaynatib sovutilgan suvni 300 mlga bir choy qoshiq asal solib aralashtiring u bilan dokani namlab kechqurun ko'zga bog'lab yoting.
2. Shakarlanib qolgan asalning no'xatdayini quruq choyda obdon aralashtirilgach, ikkala ko'zga 5 tomchidan tomizib 10 daqiqa yotilsa, ko'z quvvati oshishdan tashqari yallig'lanishdan ham xoli bo'ladi. KO'ZINGIZ OG'RIGANDA
1. Propolisning 1 foiz li eritmasini kunda 6-10 martadan ko'zga tomizib turasiz. qisqa vaqt ichida ko'z og'rishi qoladi, yorug'dan qochmaysiz, ko'zingiz yoshlanmay qoladi. Shu holatlarda propolisning 10-15 foiz li surtmasidan foydalansa bo'ladi.
2. Kataraktaning boshlanishida asalni 20-30 foizli eritmasini dokaga shimdirib ko'zga qo'ying.
INTOKSIKASIYADA - Erman o'simligini quritib Maydalanganidan 1 choy qoshiq miqdorda olib, unga qaynatib iliq holga keltirilgan 0,5 suv quyasiz. Uni 10 minut davomida past olovda qaynatasiz va 2-3 soatga tindirib qo'yasiz. Undan yarim piyola olib bir choy qoshiq asal solib aralashtirib bir kunda 3 marta ovqatdan yarim soat oldin 15-20 tomchidan ichasiz.
QON TOMIR VARIKOZIDA
1. qulmoq g'uddalarini maydalanganidan 2 osh koshiq miqdorda olib unga 0.5 litr suv quyib 15 minut davomida qaynab turgan suvda qaynatasiz, so'ngra sovuting 30-40 minut tindiring, suzib oling, undan ovqatdan yarim soat oldin bir kunda 3 martadan bir piyoladan iching. Shu eritmani dokaga shimdirib qon tomir shishgan joyga bog'lang.
2. Bir bo'lak bo'z yoki boshqa ipli matoga asal surtib asalli tomonini bo'rtgan tomirlar ustiga qo'yib, ustidan polietlin plyonka o'rab doka bilan bog'lang. Birinchi kuni bunday kompress 2 soat tursin, ikkinchi va uchinchi kunlari 4 soat ushlab turing. Keyingi kun esa kompressni kechasi bilan qoldiring. 45-50 kompressdan keyin shifo topasiz.
3. 2 osh qoshiq quritib maydalangan qulmoq (xmel) o'simligi bo'g'irsoqlarini 0.5 litr qaynoq suvga solib 15 daqiqa suv bilan bug'ida ushlab turiladi. 30-40 daqiqa damlangandan so'ng dokadan o'tkazib, 3 mahal 1 stakandan ovqatdan yarim soat oldin ichib turiladi. Undan tashqari, qulmoq damlamasiga dokani botirib shishgan qon tomirlariga ko'yiladi, bir vaqtning o'zida yarim choy qoshiq asalari gul changidan 2-3 mahal iste'mol qilinadi.
QULOQ BITGANDA
1. Propolisning 10 foiz li spirtdagi eritmasini 1:2 nisbatda o'simlik moyi bilan aralashtirasiz. Dokani quloqni ichiga kiradigan qilib unga shu aralashmani shimdirib 24 soatga quloq ichiga tiqib qo'ying. Davolanish muddati 6-7 kun.
2. 200 gramm sarimsoqni go'shtqiymalagichdan o'tkazib, unga 200 gramm 96 gradusli tibbiy spirt quyib qora mato bilan o'ralgan idishda og'zini mahkam berkitib 10 kun davomida aralashtirib turib, tindiring. Keyin unga 50 gramm asal, 30 gramm propolisni 20 darajali tindirilmasini (dorixonada sotiladi) qo'shing. Aralashmani bir kunda 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichib turing.
BRONXITGA - Bir osh qoshiq aloy sharbati, 100 g tuzsiz sariyog', 100 g cho'chqa yoki g'oz yog'i 110 g tabiiy asal va 50 g kakao olib aralashtiring. Bir stakan qaynoq sutga bir osh qoshiqdan aralashtirib kuniga ikki martadan ichib borilsa, bronxit va o'pka-sil kasalliklari shifo topadi.
SIL KASALLIGI - Bir stakan asal, bir stakan echki yog'i, 1 osh qoshiq oq qayin suvi aralashtiriladi. Past olovda qizdiriladi va so'ngra olib qo'yilib, ikki soatga tindiriladi. Aralashmani kuniga 3 marta bir osh qoshiqdan ichib boriladi. Ayiq yog'iga barobar miqdorda asal aralashtirib kuniga uch marta ichib borilsa, o'pka sil kasalligi daf bo'ladi.
JIGAR KASALLANGANDA - Bir stakan turp sharbati teng miqdordagi asal bilan obdon aralashtiriladi. Jigar, o't va oshqozon kasalliklarida kuniga uch marta bir osh qoshiqdan ichib boriladi.
HUSNBUZARNI DAVOLASH - Yangi siqilgan 1 stakan bodring suviga 1 choy qoshiq asal yaxshilab aralashtiriladi va yuzga surtiladi. 30-40 minutdan so'ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
ERKAKLARGA MASLAHAT - 50 ml qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq asal solib aralashtiriladi va bu aralashma soqol olingandan so'ng yuzga surtiladi. Asalli suv yuz terisini turli mikroblardan tozalaydi va yuzning tiniq bo'lishini ta'minlaydi.
TUZ YIG'ILGANDA - 250 gramm petrushka o'simligining ildizi, shu o'simlikning barglaridan 150 gramm, 250 gramm limon po'stlog'ini go'shtqiymalagichdan o'tkazing. Bularning hammasiga 300 gramm asal qo'shib aralashtiring. Aralashmani 1 kun tindiring va bir kunda 3 mahal ovqatdan bir soat oldin 1 osh qoshiqdan iste'mol qiling. Davolanish muddati 3 oy so'ngra 1 oy tanaffusdan so'ng yana takrorlang. Jami muolajalar sonini 3-4 taga yetkazing.
BEL OG'RIGANDA - Er qalampir (xren) ildizini qirg'ichdan chiqarib, yana shuncha xom kartoshkani ham qirg'ichdan o'tkazib unga 1osh qoshiq asal qo'shib aralashtiring. Belga istalgan moydan yaxshilab surtgandan keyin aralashmani qo'yib, yelim parda bilan yopib jun ro'mol bilan bog'lab oling. Birinchi martada nafini sezmaysiz. 5 kun davomidagi muolajadan keyin bel og'rig'i qoladi.
SEMIZLIKDA
1. Asalni bir osh qoshiqdagisini qaynatib iliq holga kelgan 100 ml suvda eritib ertalab nahorga iching. Keyin 2 soat davomida hech narsa yemang. Kechqurun uyquga yotishdan 2 soat oldin och qoringa yana 100 ml iching. Shu muolajani 1 oy davomida takrorlang. 1-2 xaftalik tanaffusdan so'ng yana davom ettirshingiz mumkin.
2. 100 ml qaynatib iliq holga kelgan suvga 1 osh qoshiq asal solib aralashtirib ertalab nahorga ichib turing. Shundan keyin 2 soat ovqat yemang. Kechqurun ovqatdan 2 soat oldin takrorlang. Muolaja muddati 1 oy, lozim bo'lsa 1-2 haftadan keyin takrorlang.
SOCH TO'KILGANDA
1. Boshingizni yaxshilab yuvib arting, qurisin. Unga 15-20 famm miqdordagi asalni bir tekis qilib surting. Bir soat atrofida shunday tursin. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Agarda bir osh qoshi q dagi asalni qaynatib iliq holga kelgan suvda eritib shu vaqgda ichib tursangiz muolajaning nafi ortadi.
2. Propolisni spirtdagi 10 foiz li eritmasini boshingizga surkang. Shu eritma bilan sochingizni chayqang. Bu muolaja sochingizni tez o'stiradi.
3. Bir bosh sarimsoqpiyoz, bir osh qoshiq qatiq, bir choy qoshiq asalni aralashtirib 20 daqiqa muddatga soch ildiziga surtib qo'ying. Bu muolajani har 2 kunda bir, 10 marta taqqoslang.
O'PKA SILI, OSHQOZON YARASIDA - Aloy o'simligining 5-1 yoshli barglaridan 1kg miqdorda olasiz, bargni yon qismidagi tikanlarini kesib tashlang. hammasini go'sht qiymalagichdan o'tkazing. Unga 0.5 kg toza asal va 1.2 litr miqdorda qizil vino qo'shib aralashtirib qorong'uda 5 kun saklang. Dastlabki besh kunda, bir kunda ovqatdan oldin bir choy qoshiqda, keyin bir osh qoshiqda 2 martadan iste'mol qiling. Bu tayyorlangan narsa o'pka sili, oshqozon yarasida, gripp, nafas yo'li kasalliklarida yaxshi naf beradi.
SARIQ KASALLIGIDA - Asal va olma sharbatini teng mikdorda aralashtirib ertalab nahorga va kechqurun uyquga yotish oldidan 50 mldan ichib turing.
SOVUQLIK OSHGANDA - Asal, dolchin va anor sharbatidan teng miqdorda olib 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Undan 10 kun davomida bir kunda 3 mahal 2 osh qoshiq miqdordagisini ichib yuriladi.
KO'KRAK MASTITIDA - Asal va kungaboqar moyini teng miqdorda aralashtirib biroz muddat qaynating. Undan kasal ko'krakka kompress kabi qo'yib bog'lab ustidan ro'mol bilan bog'lab oling. Shifo topasiz.
QULOQ OG'RIGANDA - Bir bo'lak bintni yangi asalga botirib quloqqa tiqib ko'ying. Bintni tortib chiqarish uchun uning bir uchini chiqaring. Ustidan paxta tiqib ko'ying. Shunday holda 3 kun tursin.
KINDIK CHIQQANDA - Kindik chiqsa kiyik o'ti talqoniga pishirilgan oshqozoq qo'shib unga teng miqdorda asal qo'shiladi va uni aralashtiriladi. Shundan keyin bir kunda 2 mahal 3 kun moboynida kindik chiqqan joyga bog'lanadi.
KUP TERLASHDA - Yarim kilo asalga yarim kilo pishirilgan oshqovoq qo'shib aralashtiring, 2 soat tindirib, bir kunda 3 mahaldan 5 kun davomida bir piyolasini 5 kun mobaynida nahorga ichasiz.
IMMUNITETNI OSHIRISHDA - Asal, asalari mumi, asalli mahsulotlar biologik faol quvvatga ega bo'lib immunitetni kuchaytiradi.TANA VAZNINI MUVOFIQLASHTIRISH - 1 osh qoshiq asalni sovutilgan 100 g qaynoq suvga obdon aralashtirib, nahorda ichiladi. 2 soat mobaynida hech narsa yeyilmaydi. Kechqurun yotishdan 2 soat oldin xuddi shu muolajani takrorlash kerak. Muolaja 1 oy davom etadi. Boshni yuvib bo'lgandan so'ng 15 g asalni yaxshilab ildiziga surtib 30-60 daqiqadan so'ng iliq suvda asal yuvib tashlanadi. Bu muolajani soch to'kilishida ishlatish lozim. Natijasi yanada yaxshiroq bo'lishi uchun, 4 osh qoshiqda asal ham ichib turiladi.
OQ DOG'LAR - 2 osh qoshiq quritib tuyulgan sariq choy (zveroboy) ni 1 stakan qaynatilgan suvga solib, bug'langunga qadar qaynatiladi. Tayyor bo'lgan qaynatmani kasallangan joyga yaxshilab surtiladi. Bir vaqtda 1 osh qoshiq asalni qaynatilgan suvga aralashtirib 2-3 mahal iste'mol qilib turiladi.
BALG'AMNI KETKAZISHDA - 300 gramm asalga 20 gramm murch talqonini obdon aralashtirib, bir kunda 3 mahaldan 7 kun davomida bir choy qoshiq miqdordagisini ertalab nahorga ichasiz.
BITISHI QIYIN YARALARDA
1. 80 gramm asal, 20 gramm baliq moyi, Zgramm kseroform kukuni (aptekada bo'ladi) olib aralashtirasiz va yuvib tozalangan yaraga bog'laysiz.
2. 50 gramm evkalipt bargiga 0.5 litr suv quyib, 5 daqiqa davomida dimlanadi va suzib olinadi. Unga 2 osh qoshiq asal qo'shib obdon aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan damlama bilan yara va jaroxatlar yuviladi.
MADORSIZLIQDA - O'rik bargini maydalaysiz, unga yong'oq bargi va mayizdan 400 grammdan olib ularni 200 gramm asal bilan aralashtirasiz. Bir kun tindirganingizdan keyin ovqat oldidan bir kunda 3 marta 1 osh qoshiq miqdordagisini iste'mol qiling.O'T PUFAKDA TOSH BO'LSA - Bir choy qoshiqdagi asalga bir choy qoshiq miqdorida kungaboqar moyini ohista soat mili yo'nalishida aralashtiring. Undan bir qoshiqni og'izga solib sekin so'rasiz. Ushbu muolajani 10 kun bajaring.
STOMATIT, ANGINADA - 1 osh qoshiqdagi moychechak gulini bir piyola qaynoq suvda 10 daqiqa muddatga damlab qo'ying. Uni sovutib suzib olganingizdan keyin 1 choy koshiq asal qo'shib aralashtiring. Ushbu aralashma bilan og'izni chayqab, g'arg'ara qiling.
BOLALARDA ICH YURISHMASA - 5-8 yoshli bolalarda ich yurishmay qolganda 10-20 gramm asalni qaynatib sovutilgan suvga aralashtirgandan keyin huqna qiling. 30 gramm asalni bir piyola sutga qo'shib aralashtirib kechqurun yotish oldidan ichiring.
ASALLI ZIYNAT (Kosmetika)
- Asalning shifobaxsh moddalarga boyligi tufayli uni pardoz andoz (kosmetika) ishlarida, teriga jilo-ko'rkamlik baxsh etish, yuzning go'zalligini saqlash maqsadida undan turli malham - surtmalar tayyorlanadi. quyida teri va yuz holatlariga ko'ra muvofiq keluvchi bir qancha asalli malhamlar tayyorlash tartibi va tarkibini e'tiboringizga havola etamiz. Bir choy qoshiq asalni glisirin va tuxum sarig'iga o'z miqdoricha aralashtirib, yuzga surtasiz. Bu terini tiniqlashtiruvchi, silliqlovchi va oziqlantiruvchi niqob bo'ladi.
- 2 osh qoshiq iliq moyini bir osh qoshiq asalari mumiga qo'shib, asta qaynatiladi. Unga yana bir oshqoshiq o'simlik moyini aralashtirasiz. hosil bo'lgan surtma quruq teriga muvofiq keladi.
- 3 osh qoshiq asalga yarim choy qoshiq yanchilgan kofe, aralashtiriladi. Uni yuz va peshonaga, lab atrofiga surtish bilan birga ohista uqalanadi. Niqobni 20 daqiqadan so'ng namlangan latta bilan artib tashlanadi. Bu niqobning yuzni tozalash va tiniqlashtirishdagi samarasi juda yaxshi.
3 qoshiq asalni bir osh qoshiq yanchilgan yalpizga aralashtirib, 20 daqiqa atrofida yuzga niqob qilasiz.
- Quritilgan atirgulning gulbargidan 2 osh qoshiq olib, tuyilgan holda shuncha miqdordagi asalga yaxshilab aralashtirasiz. Yuz va dahan atrofiga nafis holda surtib, 15-20 daqiqadan so'ng iliq suvda chayib olasiz.
- Uch dona bodom mag'zini ezib, uni bir choy qoshiq zaytun moyiga aralashtirasiz. Ustiga bir osh qoshiq asalni qo'shib iylaysiz. Bu aralashmani yuzga surtgach, 20 daqiqadan so'ng namlangan matoda asta artib olasiz. Bir osh qoshiq ko'k choy ustiga teng miqdorda qaynoq sut qo'shib besh daqiqa dam yedirasiz. So'ng ikki osh qoshiq asalni aralashtirib yuzga niqob qilasiz. 15-20 daqiqadan so'ng yuvib tashlash mumkin.
- Iste'moldagi oshqovoqdan bir osh qoshiq miqdorida qirib olib, ikki osh qoshiq asal bilan qorishtirasiz. Yuzni tiniqlashtiruvchi bu niqob ham 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.
- Ikki osh qoshiq asalga bir osh qoshiq suli unini aralashtirib, ustidan bir osh qoshiq qaynatilgan sut quyiladi. hosil bo'lgan surtma terini bejirim saqlash uchun ishlatiladi. Muolaja muddati 15 daqiqa.
- Bir osh qoshiq asal va shuncha miqdordagi qirg'ichdan o'tkazilgan sabzi aralashtiriladi. Ustiga bir choy qoshiq bodom yog'i qo'shiladi. Uni qo'llash yuqoridagi surtmalar kabidir.
- O'rtacha kattalikdagi olma qirg'ichdan o'tkazilib, bir osh qoshiq limon sharbatiga bo'ktiriladi. Ikki osh qoshiq asal va bir osh qoshiq sut aralashtiriladi. hammasi bir biriga qo'shiladi. hosil bo'lgan bo'tqa yuzga niqob qilinadi. 15-20 daqiqadan keyin yuviladi. Yuqoridagi asalli surtmalardan barcha turdagi yuz terilarini tiniqlashtirish, tozalash maqsadida qo'llash mumkin. Yog'li terilar uchun quyidagicha asalli kremlar tayyorlash mumkin.
Shuni alohida eslatib o'tamizki, bu niqob uchun tayyorlanadigan kremlar yuzga surtilgach, albatta 15-20 daqiqadan so'ng iliq suvda asta chayib tashlanadi. Artinmasdan quritiladi. Niqoblarni dam olish kunlarida, yotishdan oldin qo'llash maqsadga muvofiq. Biz tav-siya qilayotgan malhamlar bir martalik bo'lib, uni yangi-yangi tayyorlagan ma'qul.
- Ikki osh qoshiq asal va po'chog'i bilan bir tilim limon birgalikda aralashtiriladi.
- Nordon olmani qirg'ichdan o'tkazib, limon sharbatiga aralashtiriladi. Bir choy qoshiq suli uni va ikki osh qoshiq asal qo'shilib, hammasi aralashtiriladi.
- Yuqoridagi tarzda va miqdorda karam, shaftoli, moy-chechak, suzma, tirnoqgulni alohida holda asalga aralashtirib surtma tayyorlash va qo'llash mumkin.
- Quruq terilar uchun esa alohida alohida har bir asalga qo'shiluvchini olib surtma tayyorlash mumkin. Bir osh qoshiq asalga tengma-teng olxo'rini ezib qo'shiladi. Yarim choyqoshiqlimon sharbati ham aralashtiriladi. Shu tarzda shaftoli moyi, oshqovoq qirmasi, bodom yog'i, maydalangan zig'ir, apelsin po'chog'ini aralashtirib kremlar tayyorlash va foydalanish mumkin. Yosh teri ya'ni sog'lom yuzlar uchun bir osh qoshiq asalni shuncha miqdordagi qirg'ichdan o'gkazilgan bodring, shaftoli, olma, anor sharbatiga qo'shib ishlatish tavsiya qilinadi. Yuzlarida yengil toshma, cho'tirlik yoki notekislik aks etgan ko'rinishlarda asalni olma sirkasi, qatiq, maydalangan qichitqi (krapiva) o't, suzma, yanchilgan gurunch unini aralashtirib surtiladi. Va odatdagidek, 15-20 daqiqadan so'ng yuvib tashlanadi.

Asalning foydasi .4-oxirgi qism... - 836889917203

Comentarii

Nu există comentarii.