Homiladorlik har bir ayolning hayotida eng hayajonli va yoqimli voqea hisoblanadi, shubhasiz. Ajoyib yangilikdan xabar topgach, har bir bo‘lg‘usi ona uning kichkintoyi qanday rivojlanayotgani, his-tuyg’u borasida va har bir bosqichda ayolning organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani haqida ko‘proq bilishni istaydi. Tabiiyki, bo‘lg‘usi onalar 4-haftada homiladorlikni qadnay qilib aniqlash mumkinligini va kichkintoylari qachon tug‘ilishini hisoblab chiqishni xohlaydilar. 4-akusherlik haftasida nimalar sodir bo‘ladi? Akusherlik hisob-kitobi bo‘yicha homiladorlikning 4-haftasida embrion endi-endi “o‘z uychasi” tomon yo‘l olayotgan bo‘ladi. Uning o‘z manziliga yetib olmagunicha va sakkiz yarim oy davomida u istiqomat qiladigan pufakcha hosil bo‘lmaguncha juda ko‘p og‘ir yo‘llarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu davrning xavfliligi – bachadondan tashqari homiladorlik bo‘lib qolishi xavfining mavjudligi. Agar embrion final nuqtasiga yetishga ulgurmasa va tug‘ruq yo‘llarida ulg‘ayadigan bo‘lsa, shifokorlar bachadondan tashqari homilani qayd etadilar. Ko‘p hollarda buning muayyan sabablari bor. Shukrki, bunday holat ancha kam uchraydi. Shuning uchun ortiqcha xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Iloji boricha og‘ir-bosiq bo‘lish va agar homiladorlik qayd etilgan bo‘lsa, uning har bir lahzasini xursandchilik bilan qabul qilish kerak. Homiladorlikning 4-haftasidagi belgilar Homiladorlikning 4-haftasidagi belgilarni bir qancha usullar bilan aniqlasa bo‘ladi. Birinchisi – hayz kechikishi. Ayol siklidan kelib chiqib, agar kechikish hech bo‘lmasa bir kunni tashkil etadigan bo‘lsa, qo‘rqmasdan homiladorlik testini o‘tkazish mumkin: bunda natija 98 foizgacha aniqlik bilan chiqadi. Homiladorlikning 4-haftasida ginekolog bachadon bo‘ynida rangga va tuzilishga doir o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin. Shunga qaramay, qat’iy bir xulosani berib bo‘lmaydi. Bu muddatda UZI qilishga hali vaqt erta, sababi homila hali o‘z manziliga yetib borgani yo‘q. UZI natijani 8-haftaga yaqin qolganda ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlikning 4-haftasida homilaning rivojlanishi Homiladorlikning 4-haftasiga qadar homila xuddi ko‘p qatlamli yalpoq diskka o‘xshash bo‘ladi. Ayni shu paytdan boshlab u muayyan o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi va borgan sayin embrionga “aylanadi”. Homiladorlikning 4-haftasida homilaning hajmi eniga – 1 mm dan oshmaydi, uzunasiga – 0.36 mm atrofida bo‘ladi. Mana shu bosqichda yo‘ldosh va amniotik suyuqlik paydo bo‘ladi. Taajjublanarli jihati shundaki, homiladorlikning 4-haftasida bo‘lg‘usi kichkintoyning boshi shakllana boshlaydi. Shu vaqtning o‘zida uchta asosiy qatlam – ektoderma, endoderma va mezodermani ajratib ko‘rsatishadi. Aynan shular miya, qalqonsimon va oshqozonosti bezlari, qon, muskul va skeletning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlikning 4-haftasidagi sezgilar Odatda, ayol kishi o‘z organizmida keskin o‘zgarishlarni his qilishi uchun bu juda qisqa muddat hisoblanadi. Faqatgina o‘ta yuqori sezuvchanlikdagina biror narsani his etish mumkin. Ko‘pincha ayol homiladorlik hissiyoti bilan hayz oldi sindromini chalkashtirib yuborishi mumkin. Homiladorlikning 4-haftasida qorin pastida zirqiragan og‘riq, ko‘krakda sezgirlik, kayfiyatning tushib ketishi kuzatilishi mumkin – bularning hammasi shuningdek homiladorlik belgilaridir, ayrim hollarda bu muddatda toksikoz yuzaga kelishi mumkin. Lekin, odatda, onalar hatto hech qanday o‘zgarishlarni sezmaydilar. Homiladorlikning bunday qisqa muddati ayol organizmida kamdan-kam hollarda yaqqol o‘zgarishlar bilan kechadi. Ayrim hollarda hayz boshlanishini bir oz eslatadigan jigarrang ajralmalar chiqishi kuzatilishi mumkin. Vitaminli komplekslar Homiladorlikning dastlabki haftalaridagi eng mashhur dori-darmon foliy kislotasi hisoblanadi. Uni hatto homiladorlikni rejalashtirayotgan va unga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytdan boshlab, to homiladorlikning o‘n ikkinchi haftasigacha qabul qilishni to‘xtatmaslikni qat’iy tavsiya etishadi. Foliy kislotasi bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, xususan nerv tizimi hamda ko‘pgina a’zo va to‘qimalarning rivojlanishiga yordam beradi. Homiladorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan vitaminlar kompleksini qabul qilsa ham bo‘ladi. Ular bola uchun foydali bo‘lgani kabi ona uchun ham foydalidir, uning suyak tizimini mustahkamlaydi va gemoglobinni bir maromda ushlab turadi. Anesteziyaning har qanday turidan o‘zini saqlash lozim. Hatto tishlarni davolashni ham iloji boricha homiladorlikning ikkinchi trimestriga qoldirgan ma’qul. Boshqa dorilarni faqat shifokor yozib bersagina qabul qilish mumkin. O‘zboshimchalik bilan davolanish aslo mumkin emas! Tug‘ishga qancha qoldi? Shifokorlar tug‘ruqning dastlabki sanasini aynan akusherlik muddat bo‘yicha hisoblaydilar. Umuman olganda, u 40 haftani tashkil etadi. Aynan shularni sanab chiqib, ular tug‘ruq sanasini belgilaydilar. Lekin, umuman olganda, bola 38-haftadan boshlaboq yetilgan hisoblanadi va ayolning ixtiyorisiz mustaqil rivojlanishi mumkin bo‘ladi. Odatda bolalar 38-haftadan boshlab 42-haftagacha oraliqda tug‘iladilar. Bularning hammasi ayol organizmining xususiyatlari, uning ruhiy va jismoniy omillariga bog‘liq bo‘ladi. 🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴 Homiladorlik taqvimi: 5-hafta Homiladorlik – o‘ta nozik va noyob jarayon hisoblanadi. Shuning uchun uning qanday kechishi juda muhim ahamiyatga ega. Homiladorlikning 5-haftasi akusherlik hisob-kitoblariga muvofiq bo‘yida bo‘lgan paytdan boshlab uchinchi hafta hisoblanadi. Bo‘lg‘usi ona homiladorlikning 5-haftasida uni nimalar kutayotgani, ayol kishi qanday belgi-alomatlarni his etishi mumkinligi, bu muddatda bola qanday rivojlanayotgani haqida boshqalardan ko‘ra ko‘proq bilgisi keladi. Umuman olganda, bu g‘oyatda qulay vaqt hisoblanadi. Ayolning organizmi sekin-asta moslashmoqda, homila o‘sib-ulg‘ayishda davom etmoqda. Shuning uchun agar homiladorlik rejalashtirilgan va uzoq kutilgan bo‘lsa, qolaversa, siz uning mavjudligini taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, unda nihoyatda ehtiyotkor bo‘ling va o‘z salomatligingiz borasida qayg‘urishni boshlang. Chunki aynan shu davrda bolaning barcha ichki organlari va tizimlari tarkib topa boshlaydi. Homiladorlikning 5-haftasidagi sezgilar Agar bo‘lg‘usi ona o‘z holatidagi o‘zgarishlarni hali sezmagan bo‘lsa, homiladorlikning dastlabki belgilari uni tez orada xabardor qiladi. Ayollarning aksar qismi o‘zlarining o‘zgargan maqomlari haqida aynan homiladorlikning 5-haftasida bilib qoladilar. Mazkur davr simptomlarning namoyon bo‘lishi boshlanishi bilan kechadi va ular bo‘yicha homiladorlik ro‘y berganini tahmin qilsa bo‘ladi. Albatta, bunda eng birinchi va muhim belgi-alomat hayz ko‘rishning kechikishi hisoblanadi. Oy ko‘rishning to‘xtashidan tashqari, ayolni lohaslik va o‘zini noxush his etish bezovta qilishi mumkin, bular ayol organizmida ro‘y berayotgan gormonal qayta qurilish boshlanishi bilan bog‘liqdir. Sirtdan qaraganda hali hech qanday o‘zgarishlar sezilmaydi. Ammo o‘z tanasiga sinchiklab nazar tashlasa, bo‘lg‘usi ona emchaklarining gardishi qoraya boshlayotganini, shuningdek, avvallari o‘ziga mos tushib turgan byustgalteri birdan tor kelib qolganini sezishi mumkin. Kamdan-kam hollarda kindikdan pastga qarab qoraygan chiziqcha paydo bo‘ladi. Mazkur belgilar homiladorlikning kechki muddatlarida aniq ko‘rinsa-da, lekin ular hozir ham o‘z nishonalarini ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas. Homiladorlikning 5-haftasidagi alomatlar: Homilaning besh haftalik muddatida test doim ham orziqib kutilgan ikkita chiziqchani ko‘rsatavermaydi. Sababi qonda homiladorlik gormonining darajasi hali juda kam bo‘ladi. Lekin bo‘lg‘usi ona o‘zida qayd etishi mumkin bo‘lgan quyidagi bir qator belgilar yuzaga chiqa boshlaydi: ko‘ngil aynishi, ayniqsa ertalabki vaqtlarda; sut bezlarining kattalashuvi va sezuvchanligining oshishi; ba‘zilarda qorin tortqilab og‘riydi; shuningdek turli hidlarga nisbatan ta’sirchanlik oshganligi qayd etiladi; uyquchanlik, lanjlik, tez toliqish va h.k. Zero, alohida har bir kishining organizmi o‘ziga xos bo‘lgani kabi, har bir homiladorlik ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Siz umuman hech qanday noxushliklarni sezmasligingiz va tanangizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni his qilmasligingiz mumkin. Bu ham tabiiy hol, chunonchi mazkur muddatning o‘zi hali katta muddat emas-da. Homiladorlikning 5-haftasida biror-bir alomatlarning yuzaga chiqmasligidan esa qo‘rqmaslik kerak, bu ham tabiiy holatdir. Ayol homiladorlikning 5-haftasida bir qator yangi o‘zgarishlarni o‘zida his etishi mumkin. Bunda jizzakilik, ta’sirchanlik va nozik ko’ngillik holatlari kuzatilishi, yoki aksincha, xushchaqchaqlik va allaqanday ruhiy shijoat paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatlar tez-tez almashib turishi ehtimoldan xoli emas. Ba’zan siz kuch va quvvatga to‘lib-toshasiz, ba’zan yosh boladek yig‘loqi va ojiz bo‘lib qolasiz. Keskin harakatlar yoxud tana holatining o‘zgarishi oqibatida bosh aylanishi mumkin, ba’zida qorin og‘riydi. Homiladorlikning 5-haftasida hatto ajralmalar chiqishi ham mumkin, agar ular ko‘p miqdorda bo‘lmasa va kuchli og‘riqlar bilan kelmasa, ularni tabiiy hol va me’yorda desa bo‘ladi. Homiladorlikning 5-haftasida nimalar sodir bo‘ladi Homiladorlikning 5-haftasida homila hali juda kichik bo‘ladi. Lekin UZIdan o‘tayotganda uning mavjudligini sizga aniq aytishadi. Aksariyat hollarda shifokor bachadon bo‘shlig‘ida otalangan tuxum borligini aniqlay oladi xolos. Bo‘lg‘usi kichkintoyda ichki organlar murtaklarining shakllanishi davom etmoqda. Shu davrda jajji bolakayning nafas yo‘l va asab tizimlari shakllanishni boshlaydi. Ayni paytda u bosh miya murtagi bilan tugaydigan bor-yo‘g‘i birgina asab trubkasi sifatida namoyon bo‘ladi. Homila organizmining hujayralari faol tarzda bo‘linishni davom ettirmoqda. Aynan shu muddatda qon tomirlari va yurak tizimi shakllana boshlaydi. Tez vaqt oralig‘ida u o‘z faoliyatini boshlab yuboradi. Garchi tasavvur qilish qiyin bo‘lsa-da, lekin jimitning yuraklari ura boshlaydi. Homiladorlikning 5-haftasida homilaning hajmi uzunasiga bor-yo‘g‘i 2 mm ni tashkil etadi. Ushbu muddatda bolaning tushib qolish xavfi hali ham yuqoriligicha qoladi. Shuning uchun o‘ta faol harakatlar qilish, sport bilan shug‘ullanish va jismoniy zo‘riqishlardan yaqin to‘qqiz oyga o‘zni cheklab turish kerak. 🔵🔵🔵🔵🔵🔵🔵🔵 Homiladorlik taqvimi: 6-hafta Har bir yangi kun homilador ayol uchun o‘ta muhim va o‘ziga xos bo‘ladi, homiladorlikning 6 haftasi ham, albatta, bundan mustasno emas. Bu davrda ayol kishining organizmida qiziqarli va ajoyib o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shifokorlar homiladorlikni haftalarda hisoblashadi – ular uchun bu 42 akusherlik haftasini tashkil etadi. Onajonlar esa intizorlik bilan har bir kunni hisoblashadi – tanish-bilishlar homiladorlik 9 oyligining hozir aynan qaysi pallasida turganingizni qiziqib so‘rashadi. O‘zining homilador ekanligini bilgan ayol benihoya xursand bo‘ladi. Uning qornida joylashgan mo‘’jiza hafta sayin rivojlanib boradi, onasining tanasini o‘zgartiradi. Yangidan-yangi, ilgari kuzatilmagan sezgilar paydo bo‘la boshlaydi. Ajrab chiqayotgan gormonlar ba’zida xush kayfiyat yoki tushkunlikni olib keladi. Bolakay soat sayin o‘sib boradi. Homiladorlikning 6 akusherlik haftasi yoki bo‘yida bo‘lgandan boshlab to‘rtinchi hafta Ko‘pgina yosh onalar hali ham akusherlik homiladorligini murtaklik homiladorligi bilan chalkashtirib yuboradilar. Aslida akusherlik taqvimi oxirgi hayz ko‘rishning birinchi kunidan boshlab hisoblanishi bilan ajralib turadi. Hammasi muvaffaqiyatli kechsa, homiladorlik aynan mazkur hayz siklida boshlanadi. Homiladorlikning 6 akusherlik haftasi – ayol bo‘yida bo‘lgan kundan hisoblaganda 4 haftadir va u murg‘ak yurakcha urishi bilan boshlanadi, ammo uning urishi hali stetoskopda eshitilmaydi, lekin murtakdagi zarb urayotgan nuqtani ultratovush apparatida ko‘rish mumkin. U bir daqiqada 150 marta – katta kishi yuragidan ikki baravar tezroq uradi. Ayolning organizmida gormonlar yuzaga keltiradigan jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Onaning organizmidagi gormonal o‘zgarishlar Bunday o‘zgarishlar har kuni sodir bo‘ladi. Organizmni turli xil infeksiyalardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan progesteron gormoni kuchli tarzda hosil bo‘la boshlaydi. U homilani qon bilan muttasil ta’minlagan holda bachadonning shilliq devorlarini mustahkamlaydi. Lekin ayni paytda uning ko‘payib ketishi hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda ozuqaning hazm bo‘lishini sekinlashtiradi hamda ko‘ngil aynash yoki qusuqni keltirib chiqaradi, ya’ni bir so‘z bilan aytganda bu toksikoz deb ataladi. Homiladorlikning 6 haftasidagi belgilar Homiladorlikning ushbu haftasi ko‘pincha bir qator yoqimsiz belgi-alomatlar bilan o‘tadi. Ularning ba’zilari bezovtalikni keltirib chiqarishi mumkin, masalan, oz miqdorda jigar rang ajralmalarning chiqishi ehtimoldan holi emas. Ammo ular kam miqdorda bo‘lsa va qorinning pastki qismida tez-tez og‘riq turmasa, unda xavotirlanishga hojat yo‘q, bu o‘zgarayotgan gormonal fonga nisbatan tabiiy reaksiyadir. Shunday qilib, homiladorlikning 6 haftasida quyidagi belgi-alomatlarni ajratib ko‘rsatishadi: kuchli so‘lak ajralishi; toliqish; tez-tez siyish; kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi; ertalabki soatlarda qusish; ayrim hollarda qorin og‘rishi; mushaklardagi bo‘shashish; sut bezlarining og‘irlashuvi. Farzand kutayotgan ayollarning hammasi ham homiladorlikning 6 haftasida u yoki bu belgi-alomatlarni o‘zida kuzatavermaydi. Bo‘lg‘usi onalarning amalda uchdan bir qismi mazkur muddatda o‘z organizmidagi o‘zgarishlarni umuman sezmaydi. Homiladorlikning 6 haftasidagi sezgilar Hayz ko‘rishning to‘xtashi hamda yaqqol belgi-alomatlarning sezilmasligidan tashqari, homiladorlikning 6 haftasida ko‘krakning kattalashuvi va emchaklarning qorayishi kuzatiladi, shu munosabat bilan ko‘krakda sezilar-sezilmas og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bachadonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sababli ayrim vaqtlarda qorinning pastki qismida yoqimsiz sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. Gormonlar yangi sezgilarni keltirib chiqaradi. Ayol hidlarga o‘ta ta’sirchan bo‘lib qoladi, ayrim hidlar unda toksikoz yoki hatto jizzakilikni qo‘zg‘atishi mumkin. Homiladorlikning oltinchi haftasida yegulikka nisbatan kutilmagan xohish-istaklar paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim paytlarda holsizlik va bosh aylanishi vujudga keladi, tana harorati oshadi. Gormonal fondagi bunday sezgilar ko‘pincha o‘z-o‘zidan 10–14 haftalarga kelib o‘tib ketadi. Homiladorlikning 6 haftasida embrionning holati Homiladorlikning oltinchi haftasida embrion no‘xat donasidek bo‘ladi, lekin shunga qaramay bolaning asab tizimi — nerv bog‘lanmalari va tugallanmalari tarkib topadi, bosh miya shakllana boshlaydi. Qo‘l va oyoqchalarning kurtaklari paydo bo‘ladi. Haftaning oxiriga borib barmoqlarning kurtaklari tarkib topadi. Yuz shakl topishni boshlaydi, ko‘zlar o‘rnida chuqurchalar paydo bo‘ladi, burun va quloqchalar qismida burmalar seziladi. Asab tizimi bilan bir vaqtda mushak to‘qimalari ham rivojlanadi, shuning uchun embrionda sezish qobiliyati vujudga keladi – u tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sezuvchan bo‘la boshlaydi. Tanada qon aylanishni boshlaydi. To‘qima murtaklaridan bo‘lg‘usi organlar – o‘pka, taloq (qorajigar) shakllanishni boshlaydi, ilik va tog‘ay murtaklari ko‘rinadi. Ichak tarkib topayotgani ko‘zga tashlanadi, u uchta halqaga ega. Qizilo‘ngach murtagi va oshqozon uchun kenglik vujudga keladi. UZIdan o‘tish Homiladorlikning 6 haftasida UZI barcha ayollardagi homiladorlikni tasdiqlaydi, bachadon kattalashgan bo‘ladi, yurak urishi yaxshigina eshitiladi va ko‘rinadi, homiladorlikning 6 haftasida homila hajmi taxminan 4 mm va otalangan tuxum 25 mm gacha bo‘ladi. Nimadan ehtiyot bo‘lish kerak? Homiladorlikning 6 haftasida noodatiy ajralmalar ayolni sergak torttirishi kerak, ularni sezgach, darhol o‘zining ginekologiga murojaat qilishi lozim. Shamollashga oid kasalliklar, yuqori harorat, tasodifiy yiqilishlar, issiq vannalar homiladorlik uchun tahlikali bo‘lishi mumkin. Bu davrda ovqatni kam-kam miqdorda yegan ma’qul. Taomnoma oqsil va vitaminlar, dengiz va sut mahsulotlaridan tarkib topgani maqsadga muvofiq. Ba’zan g‘ayrioddiy tuyuladigan istak-mayllaringizni cheklamang, ular sizning organizmingizda biror-bir komponentning yetishmasligidan yuzaga kelishi mumkin. Agar bola tushib qolishi xavfi bo‘lmasa, mazkur haftada jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish mumkin. Ginekologning muntazam ko‘riklaridan o‘tib turing, bu yuzaga keladigan muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi.
👪"Oila Psixologiya,Salomatligi Ensiklopediyasi"👪
Homiladorlik taqvimi: 4-hafta
Homiladorlik har bir ayolning hayotida eng hayajonli va yoqimli voqea hisoblanadi, shubhasiz. Ajoyib yangilikdan xabar topgach, har bir bo‘lg‘usi ona uning kichkintoyi qanday rivojlanayotgani, his-tuyg’u borasida va har bir bosqichda ayolning organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani haqida ko‘proq bilishni istaydi. Tabiiyki, bo‘lg‘usi onalar 4-haftada homiladorlikni qadnay qilib aniqlash mumkinligini va kichkintoylari qachon tug‘ilishini hisoblab chiqishni xohlaydilar.
4-akusherlik haftasida nimalar sodir bo‘ladi?
Akusherlik hisob-kitobi bo‘yicha homiladorlikning 4-haftasida embrion endi-endi “o‘z uychasi” tomon yo‘l olayotgan bo‘ladi. Uning o‘z manziliga yetib olmagunicha va sakkiz yarim oy davomida u istiqomat qiladigan pufakcha hosil bo‘lmaguncha juda ko‘p og‘ir yo‘llarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Bu davrning xavfliligi – bachadondan tashqari homiladorlik bo‘lib qolishi xavfining mavjudligi. Agar embrion final nuqtasiga yetishga ulgurmasa va tug‘ruq yo‘llarida ulg‘ayadigan bo‘lsa, shifokorlar bachadondan tashqari homilani qayd etadilar. Ko‘p hollarda buning muayyan sabablari bor. Shukrki, bunday holat ancha kam uchraydi. Shuning uchun ortiqcha xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Iloji boricha og‘ir-bosiq bo‘lish va agar homiladorlik qayd etilgan bo‘lsa, uning har bir lahzasini xursandchilik bilan qabul qilish kerak.
Homiladorlikning 4-haftasidagi belgilar
Homiladorlikning 4-haftasidagi belgilarni bir qancha usullar bilan aniqlasa bo‘ladi. Birinchisi – hayz kechikishi. Ayol siklidan kelib chiqib, agar kechikish hech bo‘lmasa bir kunni tashkil etadigan bo‘lsa, qo‘rqmasdan homiladorlik testini o‘tkazish mumkin: bunda natija 98 foizgacha aniqlik bilan chiqadi.
Homiladorlikning 4-haftasida ginekolog bachadon bo‘ynida rangga va tuzilishga doir o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin. Shunga qaramay, qat’iy bir xulosani berib bo‘lmaydi.
Bu muddatda UZI qilishga hali vaqt erta, sababi homila hali o‘z manziliga yetib borgani yo‘q. UZI natijani 8-haftaga yaqin qolganda ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlikning 4-haftasida homilaning rivojlanishi
Homiladorlikning 4-haftasiga qadar homila xuddi ko‘p qatlamli yalpoq diskka o‘xshash bo‘ladi. Ayni shu paytdan boshlab u muayyan o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi va borgan sayin embrionga “aylanadi”. Homiladorlikning 4-haftasida homilaning hajmi eniga – 1 mm dan oshmaydi, uzunasiga – 0.36 mm atrofida bo‘ladi. Mana shu bosqichda yo‘ldosh va amniotik suyuqlik paydo bo‘ladi.
Taajjublanarli jihati shundaki, homiladorlikning 4-haftasida bo‘lg‘usi kichkintoyning boshi shakllana boshlaydi. Shu vaqtning o‘zida uchta asosiy qatlam – ektoderma, endoderma va mezodermani ajratib ko‘rsatishadi. Aynan shular miya, qalqonsimon va oshqozonosti bezlari, qon, muskul va skeletning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Homiladorlikning 4-haftasidagi sezgilar
Odatda, ayol kishi o‘z organizmida keskin o‘zgarishlarni his qilishi uchun bu juda qisqa muddat hisoblanadi. Faqatgina o‘ta yuqori sezuvchanlikdagina biror narsani his etish mumkin. Ko‘pincha ayol homiladorlik hissiyoti bilan hayz oldi sindromini chalkashtirib yuborishi mumkin.
Homiladorlikning 4-haftasida qorin pastida zirqiragan og‘riq, ko‘krakda sezgirlik, kayfiyatning tushib ketishi kuzatilishi mumkin – bularning hammasi shuningdek homiladorlik belgilaridir, ayrim hollarda bu muddatda toksikoz yuzaga kelishi mumkin. Lekin, odatda, onalar hatto hech qanday o‘zgarishlarni sezmaydilar. Homiladorlikning bunday qisqa muddati ayol organizmida kamdan-kam hollarda yaqqol o‘zgarishlar bilan kechadi. Ayrim hollarda hayz boshlanishini bir oz eslatadigan jigarrang ajralmalar chiqishi kuzatilishi mumkin.
Vitaminli komplekslar
Homiladorlikning dastlabki haftalaridagi eng mashhur dori-darmon foliy kislotasi hisoblanadi. Uni hatto homiladorlikni rejalashtirayotgan va unga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytdan boshlab, to homiladorlikning o‘n ikkinchi haftasigacha qabul qilishni to‘xtatmaslikni qat’iy tavsiya etishadi. Foliy kislotasi bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, xususan nerv tizimi hamda ko‘pgina a’zo va to‘qimalarning rivojlanishiga yordam beradi.
Homiladorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan vitaminlar kompleksini qabul qilsa ham bo‘ladi. Ular bola uchun foydali bo‘lgani kabi ona uchun ham foydalidir, uning suyak tizimini mustahkamlaydi va gemoglobinni bir maromda ushlab turadi.
Anesteziyaning har qanday turidan o‘zini saqlash lozim. Hatto tishlarni davolashni ham iloji boricha homiladorlikning ikkinchi trimestriga qoldirgan ma’qul. Boshqa dorilarni faqat shifokor yozib bersagina qabul qilish mumkin. O‘zboshimchalik bilan davolanish aslo mumkin emas!
Tug‘ishga qancha qoldi?
Shifokorlar tug‘ruqning dastlabki sanasini aynan akusherlik muddat bo‘yicha hisoblaydilar. Umuman olganda, u 40 haftani tashkil etadi. Aynan shularni sanab chiqib, ular tug‘ruq sanasini belgilaydilar. Lekin, umuman olganda, bola 38-haftadan boshlaboq yetilgan hisoblanadi va ayolning ixtiyorisiz mustaqil rivojlanishi mumkin bo‘ladi. Odatda bolalar 38-haftadan boshlab 42-haftagacha oraliqda tug‘iladilar. Bularning hammasi ayol organizmining xususiyatlari, uning ruhiy va jismoniy omillariga bog‘liq bo‘ladi.
🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴
Homiladorlik taqvimi: 5-hafta
Homiladorlik – o‘ta nozik va noyob jarayon hisoblanadi. Shuning uchun uning qanday kechishi juda muhim ahamiyatga ega. Homiladorlikning 5-haftasi akusherlik hisob-kitoblariga muvofiq bo‘yida bo‘lgan paytdan boshlab uchinchi hafta hisoblanadi. Bo‘lg‘usi ona homiladorlikning 5-haftasida uni nimalar kutayotgani, ayol kishi qanday belgi-alomatlarni his etishi mumkinligi, bu muddatda bola qanday rivojlanayotgani haqida boshqalardan ko‘ra ko‘proq bilgisi keladi.
Umuman olganda, bu g‘oyatda qulay vaqt hisoblanadi. Ayolning organizmi sekin-asta moslashmoqda, homila o‘sib-ulg‘ayishda davom etmoqda. Shuning uchun agar homiladorlik rejalashtirilgan va uzoq kutilgan bo‘lsa, qolaversa, siz uning mavjudligini taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, unda nihoyatda ehtiyotkor bo‘ling va o‘z salomatligingiz borasida qayg‘urishni boshlang. Chunki aynan shu davrda bolaning barcha ichki organlari va tizimlari tarkib topa boshlaydi.
Homiladorlikning 5-haftasidagi sezgilar
Agar bo‘lg‘usi ona o‘z holatidagi o‘zgarishlarni hali sezmagan bo‘lsa, homiladorlikning dastlabki belgilari uni tez orada xabardor qiladi. Ayollarning aksar qismi o‘zlarining o‘zgargan maqomlari haqida aynan homiladorlikning 5-haftasida bilib qoladilar. Mazkur davr simptomlarning namoyon bo‘lishi boshlanishi bilan kechadi va ular bo‘yicha homiladorlik ro‘y berganini tahmin qilsa bo‘ladi.
Albatta, bunda eng birinchi va muhim belgi-alomat hayz ko‘rishning kechikishi hisoblanadi. Oy ko‘rishning to‘xtashidan tashqari, ayolni lohaslik va o‘zini noxush his etish bezovta qilishi mumkin, bular ayol organizmida ro‘y berayotgan gormonal qayta qurilish boshlanishi bilan bog‘liqdir.
Sirtdan qaraganda hali hech qanday o‘zgarishlar sezilmaydi. Ammo o‘z tanasiga sinchiklab nazar tashlasa, bo‘lg‘usi ona emchaklarining gardishi qoraya boshlayotganini, shuningdek, avvallari o‘ziga mos tushib turgan byustgalteri birdan tor kelib qolganini sezishi mumkin. Kamdan-kam hollarda kindikdan pastga qarab qoraygan chiziqcha paydo bo‘ladi. Mazkur belgilar homiladorlikning kechki muddatlarida aniq ko‘rinsa-da, lekin ular hozir ham o‘z nishonalarini ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas.
Homiladorlikning 5-haftasidagi alomatlar:
Homilaning besh haftalik muddatida test doim ham orziqib kutilgan ikkita chiziqchani ko‘rsatavermaydi. Sababi qonda homiladorlik gormonining darajasi hali juda kam bo‘ladi. Lekin bo‘lg‘usi ona o‘zida qayd etishi mumkin bo‘lgan quyidagi bir qator belgilar yuzaga chiqa boshlaydi:
ko‘ngil aynishi, ayniqsa ertalabki vaqtlarda;
sut bezlarining kattalashuvi va sezuvchanligining oshishi;
ba‘zilarda qorin tortqilab og‘riydi;
shuningdek turli hidlarga nisbatan ta’sirchanlik oshganligi qayd etiladi;
uyquchanlik, lanjlik, tez toliqish va h.k.
Zero, alohida har bir kishining organizmi o‘ziga xos bo‘lgani kabi, har bir homiladorlik ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Siz umuman hech qanday noxushliklarni sezmasligingiz va tanangizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni his qilmasligingiz mumkin. Bu ham tabiiy hol, chunonchi mazkur muddatning o‘zi hali katta muddat emas-da. Homiladorlikning 5-haftasida biror-bir alomatlarning yuzaga chiqmasligidan esa qo‘rqmaslik kerak, bu ham tabiiy holatdir.
Ayol homiladorlikning 5-haftasida bir qator yangi o‘zgarishlarni o‘zida his etishi mumkin. Bunda jizzakilik, ta’sirchanlik va nozik ko’ngillik holatlari kuzatilishi, yoki aksincha, xushchaqchaqlik va allaqanday ruhiy shijoat paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatlar tez-tez almashib turishi ehtimoldan xoli emas. Ba’zan siz kuch va quvvatga to‘lib-toshasiz, ba’zan yosh boladek yig‘loqi va ojiz bo‘lib qolasiz. Keskin harakatlar yoxud tana holatining o‘zgarishi oqibatida bosh aylanishi mumkin, ba’zida qorin og‘riydi. Homiladorlikning 5-haftasida hatto ajralmalar chiqishi ham mumkin, agar ular ko‘p miqdorda bo‘lmasa va kuchli og‘riqlar bilan kelmasa, ularni tabiiy hol va me’yorda desa bo‘ladi.
Homiladorlikning 5-haftasida nimalar sodir bo‘ladi
Homiladorlikning 5-haftasida homila hali juda kichik bo‘ladi. Lekin UZIdan o‘tayotganda uning mavjudligini sizga aniq aytishadi. Aksariyat hollarda shifokor bachadon bo‘shlig‘ida otalangan tuxum borligini aniqlay oladi xolos.
Bo‘lg‘usi kichkintoyda ichki organlar murtaklarining shakllanishi davom etmoqda. Shu davrda jajji bolakayning nafas yo‘l va asab tizimlari shakllanishni boshlaydi. Ayni paytda u bosh miya murtagi bilan tugaydigan bor-yo‘g‘i birgina asab trubkasi sifatida namoyon bo‘ladi. Homila organizmining hujayralari faol tarzda bo‘linishni davom ettirmoqda. Aynan shu muddatda qon tomirlari va yurak tizimi shakllana boshlaydi. Tez vaqt oralig‘ida u o‘z faoliyatini boshlab yuboradi. Garchi tasavvur qilish qiyin bo‘lsa-da, lekin jimitning yuraklari ura boshlaydi. Homiladorlikning 5-haftasida homilaning hajmi uzunasiga bor-yo‘g‘i 2 mm ni tashkil etadi.
Ushbu muddatda bolaning tushib qolish xavfi hali ham yuqoriligicha qoladi. Shuning uchun o‘ta faol harakatlar qilish, sport bilan shug‘ullanish va jismoniy zo‘riqishlardan yaqin to‘qqiz oyga o‘zni cheklab turish kerak.
🔵🔵🔵🔵🔵🔵🔵🔵
Homiladorlik taqvimi: 6-hafta
Har bir yangi kun homilador ayol uchun o‘ta muhim va o‘ziga xos bo‘ladi, homiladorlikning 6 haftasi ham, albatta, bundan mustasno emas. Bu davrda ayol kishining organizmida qiziqarli va ajoyib o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shifokorlar homiladorlikni haftalarda hisoblashadi – ular uchun bu 42 akusherlik haftasini tashkil etadi. Onajonlar esa intizorlik bilan har bir kunni hisoblashadi – tanish-bilishlar homiladorlik 9 oyligining hozir aynan qaysi pallasida turganingizni qiziqib so‘rashadi.
O‘zining homilador ekanligini bilgan ayol benihoya xursand bo‘ladi. Uning qornida joylashgan mo‘’jiza hafta sayin rivojlanib boradi, onasining tanasini o‘zgartiradi. Yangidan-yangi, ilgari kuzatilmagan sezgilar paydo bo‘la boshlaydi. Ajrab chiqayotgan gormonlar ba’zida xush kayfiyat yoki tushkunlikni olib keladi. Bolakay soat sayin o‘sib boradi.
Homiladorlikning 6 akusherlik haftasi yoki bo‘yida bo‘lgandan boshlab to‘rtinchi hafta
Ko‘pgina yosh onalar hali ham akusherlik homiladorligini murtaklik homiladorligi bilan chalkashtirib yuboradilar. Aslida akusherlik taqvimi oxirgi hayz ko‘rishning birinchi kunidan boshlab hisoblanishi bilan ajralib turadi. Hammasi muvaffaqiyatli kechsa, homiladorlik aynan mazkur hayz siklida boshlanadi.
Homiladorlikning 6 akusherlik haftasi – ayol bo‘yida bo‘lgan kundan hisoblaganda 4 haftadir va u murg‘ak yurakcha urishi bilan boshlanadi, ammo uning urishi hali stetoskopda eshitilmaydi, lekin murtakdagi zarb urayotgan nuqtani ultratovush apparatida ko‘rish mumkin. U bir daqiqada 150 marta – katta kishi yuragidan ikki baravar tezroq uradi. Ayolning organizmida gormonlar yuzaga keltiradigan jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Onaning organizmidagi gormonal o‘zgarishlar
Bunday o‘zgarishlar har kuni sodir bo‘ladi. Organizmni turli xil infeksiyalardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan progesteron gormoni kuchli tarzda hosil bo‘la boshlaydi. U homilani qon bilan muttasil ta’minlagan holda bachadonning shilliq devorlarini mustahkamlaydi. Lekin ayni paytda uning ko‘payib ketishi hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda ozuqaning hazm bo‘lishini sekinlashtiradi hamda ko‘ngil aynash yoki qusuqni keltirib chiqaradi, ya’ni bir so‘z bilan aytganda bu toksikoz deb ataladi.
Homiladorlikning 6 haftasidagi belgilar
Homiladorlikning ushbu haftasi ko‘pincha bir qator yoqimsiz belgi-alomatlar bilan o‘tadi. Ularning ba’zilari bezovtalikni keltirib chiqarishi mumkin, masalan, oz miqdorda jigar rang ajralmalarning chiqishi ehtimoldan holi emas. Ammo ular kam miqdorda bo‘lsa va qorinning pastki qismida tez-tez og‘riq turmasa, unda xavotirlanishga hojat yo‘q, bu o‘zgarayotgan gormonal fonga nisbatan tabiiy reaksiyadir.
Shunday qilib, homiladorlikning 6 haftasida quyidagi belgi-alomatlarni ajratib ko‘rsatishadi:
kuchli so‘lak ajralishi;
toliqish;
tez-tez siyish;
kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi;
ertalabki soatlarda qusish;
ayrim hollarda qorin og‘rishi;
mushaklardagi bo‘shashish;
sut bezlarining og‘irlashuvi.
Farzand kutayotgan ayollarning hammasi ham homiladorlikning 6 haftasida u yoki bu belgi-alomatlarni o‘zida kuzatavermaydi. Bo‘lg‘usi onalarning amalda uchdan bir qismi mazkur muddatda o‘z organizmidagi o‘zgarishlarni umuman sezmaydi.
Homiladorlikning 6 haftasidagi sezgilar
Hayz ko‘rishning to‘xtashi hamda yaqqol belgi-alomatlarning sezilmasligidan tashqari, homiladorlikning 6 haftasida ko‘krakning kattalashuvi va emchaklarning qorayishi kuzatiladi, shu munosabat bilan ko‘krakda sezilar-sezilmas og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bachadonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sababli ayrim vaqtlarda qorinning pastki qismida yoqimsiz sezgilar paydo bo‘lishi mumkin.
Gormonlar yangi sezgilarni keltirib chiqaradi. Ayol hidlarga o‘ta ta’sirchan bo‘lib qoladi, ayrim hidlar unda toksikoz yoki hatto jizzakilikni qo‘zg‘atishi mumkin. Homiladorlikning oltinchi haftasida yegulikka nisbatan kutilmagan xohish-istaklar paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim paytlarda holsizlik va bosh aylanishi vujudga keladi, tana harorati oshadi. Gormonal fondagi bunday sezgilar ko‘pincha o‘z-o‘zidan 10–14 haftalarga kelib o‘tib ketadi.
Homiladorlikning 6 haftasida embrionning holati
Homiladorlikning oltinchi haftasida embrion no‘xat donasidek bo‘ladi, lekin shunga qaramay bolaning asab tizimi — nerv bog‘lanmalari va tugallanmalari tarkib topadi, bosh miya shakllana boshlaydi. Qo‘l va oyoqchalarning kurtaklari paydo bo‘ladi. Haftaning oxiriga borib barmoqlarning kurtaklari tarkib topadi.
Yuz shakl topishni boshlaydi, ko‘zlar o‘rnida chuqurchalar paydo bo‘ladi, burun va quloqchalar qismida burmalar seziladi. Asab tizimi bilan bir vaqtda mushak to‘qimalari ham rivojlanadi, shuning uchun embrionda sezish qobiliyati vujudga keladi – u tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sezuvchan bo‘la boshlaydi.
Tanada qon aylanishni boshlaydi. To‘qima murtaklaridan bo‘lg‘usi organlar – o‘pka, taloq (qorajigar) shakllanishni boshlaydi, ilik va tog‘ay murtaklari ko‘rinadi. Ichak tarkib topayotgani ko‘zga tashlanadi, u uchta halqaga ega. Qizilo‘ngach murtagi va oshqozon uchun kenglik vujudga keladi.
UZIdan o‘tish
Homiladorlikning 6 haftasida UZI barcha ayollardagi homiladorlikni tasdiqlaydi, bachadon kattalashgan bo‘ladi, yurak urishi yaxshigina eshitiladi va ko‘rinadi, homiladorlikning 6 haftasida homila hajmi taxminan 4 mm va otalangan tuxum 25 mm gacha bo‘ladi.
Nimadan ehtiyot bo‘lish kerak?
Homiladorlikning 6 haftasida noodatiy ajralmalar ayolni sergak torttirishi kerak, ularni sezgach, darhol o‘zining ginekologiga murojaat qilishi lozim. Shamollashga oid kasalliklar, yuqori harorat, tasodifiy yiqilishlar, issiq vannalar homiladorlik uchun tahlikali bo‘lishi mumkin.
Bu davrda ovqatni kam-kam miqdorda yegan ma’qul. Taomnoma oqsil va vitaminlar, dengiz va sut mahsulotlaridan tarkib topgani maqsadga muvofiq. Ba’zan g‘ayrioddiy tuyuladigan istak-mayllaringizni cheklamang, ular sizning organizmingizda biror-bir komponentning yetishmasligidan yuzaga kelishi mumkin.
Agar bola tushib qolishi xavfi bo‘lmasa, mazkur haftada jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish mumkin.
Ginekologning muntazam ko‘riklaridan o‘tib turing, bu yuzaga keladigan muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi.