-Robbing kim?

-Robbim ALLOH -Dining nima? -Dinim ISLOM. -Kimning millatidansan? -Ibroxim Halilulloh. -Qiblang qayer? -Qiblam Ka'ba. -Tilaging nima? -Tilagim IYMON. -Kimning ummatidansan? -Janobi Muxummad S A V. -Musilmonmisan? -Alhamdulillah Musilmonman. -Musulmonliginga shoxid nima? -La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh. -Kitobing nima? -Kitobim Qur'on Karim. -Birinchi payg'ambaring kim? -Xazrati Odam Ato. -oxirgi payg'ambaring kim? -Janobi Muhammad S A V. -Qaysi mazxabdansan? -Imomi A'zam mazxabidanman. -Kimni do'st tutgansan? -Chaxor yorlar: Abu Bakir Siddiq, Umar Usmon Ali xazratlari. -Birinchi otang kim? -Xazrati Odam Ato. -Birinchi onang kim? -Xazrati Momo Havo. -Boshinda nima bor? -Toji davlat bor. -Peshonangda nima bor? -Taqdiru qismat bor. -Qoshingda nima bor? -Qalamu qudrat bor. -Ko'zingda nima bor? -Nuri Muhammad bor. -Burningda nima bor? -Buyi Muhammad bor. -Og'zingda nima bor? -Kalimai Shahodat bor. -Qulog'inda nima bor? -Azonu qomat bor. -Yelkangda nima bor? -Farishtayu malohat bor. -Qo'lingda nima bor? -Xayri exson bor. -Belingda nima bor? -Kamaru xizmat bor. -Tizzangda nima bor? -Izzatu xurmat bor. -Oyog'ingda nima bor? -Poyi taxorat bor. -Qalbingda nima bor? -Allohga mexru muhabbat bor.

Комментарии