KRISHTIANU RONALDU

HAQIDA...
To’liq ismi: Krishtianu Ronaldu
dush Santush Aveyru
Laqabi: Ronni, KriRo, CR, CR7,
Mashina, Kris.
Tavalludi: 1985 – yil 5 – fevral
Funshal, Madeyra, Portugaliya.
Fuqaroligi: Portugaliya
Bo’yi: 186.5 sm
Og’irligi: 84.5 kg
Pozitsiyasi: qanot
yarimximoyachisi, xujumchi.
Klubi: Real Madrid – 7 raqam.
Krishtianu dush Santush Aveyru
1985 – yil 5 – fevralda Funshial
shahridagi Madeyra nomli kichik
orolchada dunyoga keldi. U
Mariya Doloresh dush Santush va
Joze Dinisha Aveyrularni
oilasidagi to’rtinchi farzand edi.
Rojdestvo bayramida
Krishtianuga otasi futbol to’pini
sovg’a qilgan edi. O’shanda г kun
bo’yi ko’chada birinchi marotaba
darvoza tomon zarba berishni
mashq qilardi. Ronalduning o’zi
bu borada shunday deydi:
"Bolaligimda men asosan baland
bo’yli va kuchliroq bo’lgan
o’zimdan katta bolalar bilan
o’ynardim. Men biroz yoqimsiz
holatlarga ham duch jelganman.
Ko’pincha men ularni aldab
o’tayotganimda juda ham qo’pol
podkat bilan meni to’xtatib
qolishardi. VA men o’yindan
chiqardim. Kichik bo’lib ularni
aldab o’tib ketishim tabiiyki,
ularga yoqmasdi. Lekin bu
futbolga bo’lgan qiziqishimga
to’sqinlik qilgani yo’q. Menda
doim irodali bo’lishga harakat
qilaman. Himoyachilar senga
qarshi qo’pol o’ynaganlarida, har
qanday holatda ham hech
qachon o’zingni kuchsiz
tomoningni ko’rsatishing kerak
emas.
KARERA BOSHLANISHI
Futboldagi karerasini Ronaldu
"Andorinye” klubida boshlagan.
Uning otasi ushbu klubda kichik
administratorlik lavozimida
ishlagan. Tez orada orolning
mashxur klublaridan biri
"Maritimu” Ron uchun 270 dollar
taklif qilgan. Lekin yosh yigitcha
Madeyrani kuchli klublaridan biri
Nasonalda o’ynashni xihlagan.
12 yoshida o’zidan katta yoshli
himoyachilarni aldab o’tishi,
yaxshigina tezligi bilan orolni
yaxshi o’yinchisiga aylandi.
Portugaliyaning yirik klublari
e’tiborini o’ziga torta boshladi.
Ronga barcha tomondan
takliflar oqib kela boshladi, lekin
г Lissabonning "Sporting” klubini
tanladi. 17 yoshida "Moreyrens”
jamoasiga qarshi asosiy tarkibda
maydonga tushdi. Maydonga
tushishi bilanoq ikkita gol
muallifiga aylandi. Yevropa
yoshlar chempionatida omadli
ishtirok etgan Krishtianuga
Yuventus, Barselona, Real, Chelsi,
Liverpul, Milan kabi jahonning
mashxur klublari qiziqa
boshladilar. 2003 – yilda
Manchester United – Sporting
o’yinida Ronaldu Ser Aleks
nazariga ham tushadi. O’shanda
Sporting Yunaytedni 3:1
hisobida mag’lubiyatga
uchratgandi. Bundan tashqari
Ronaldu o’z o’yini bilan
Yunayted o’yinchilarini ham lol
qoldirdi.
MURABBIY
Krishtianu Ser Aleksni o’z
hayotidagi eng asosiy
insonlardan biri deb biladi.
"Murabbiy men uchun doim
ikkinchi otam dbo’lib kelgan. Men
klubga kelganimdan so’ng, г
mendan qaysi raqam ostida to’p
surishni xohlayotganimni
so’radi. Men 28 raqamini
tanladim. Fergyuson esa: "Yo’q,
sen 7 raqamini olishing kerak.
Aynan shu raqamda Jorj Best,
Brayan Robson, Erik Kantona va
Devid Bekxem kabi afsonaviy
o’yinchilar to’p surishgan” deb
aytgandi. Shundan so’ng men
klub ishonchini oqlashim kerak
edi. Balki ana shu raqam meni
ishinch bilan o’ynashimga
yordam bergandir”. Ser Aleks
ham o’z shogirdi haqida: "Unda
zo’r futbolchi bo’lish uchun
barcha hislatlar mujassam. U har
xil o’ynash uslubiga ega. Unga
tezlikda ham, xujumda ham,
himoyada ham teng keladigani
yo’q.
XARAKTER
Ko’pchilik Krishtianuni oson,
"silliq”qina yo’l bilan
mashxurlikka erishgan deb
o’ylashi mukin. Lekin bu mutlaqo
noto’g’ri. Krishtianu hayotda
emotsiyaga boy inson. U
xursandchilikdan ham,
jamoasining mag’lubiyatidan
ham yig’lashi mumkin. U bundan
tashqari "portlovchi xarakter”ga
ham ega. Masalan, Portsmut bilan
o’yinda Mark Xyuzga boshi bilan
zarba bergan. O’shanda qizil
kartochka bilan "siylangan” va
uch o’yinga diskvalifikatsiya
qilingandi. Shundan so’ng, ko’p
narsalarni o’rganganini, endi
hech qachon raqiblariga uning
ustidan "boshqarish”lariga yo’l
qo’ymasligini ta’kidlab o’tgandi.
"Men maydon ichkarisida va
tashqarisida o’zimni yaxshi
tutib, asosan bolalar xotirasida
iliq taassurotlar qoldirishga
harakat qilaman. Zero ular uchun
oldilarida yaxshi namunani
ko’rib voyaga yetishlari juda
muhim”.
G’ALABA SAN’ATI
Krishtianu sport formasi
borasida ko’p ishlaydi. U trenajer
zaliga kirib mashg’ulotlar olib
boorish uchun hech qanday
imkoniyatni qo’ldan boy
bermaydi. "Men dam olish
havaskori emasman. Yosh
bo’lganimdan foydalanib, barcha
narsani yutish uchun kurashdan
to’xtamayman. Men katta yo’lni
bosib o’tdim, va baland
cho’qqida qolishni xohlayman.
Oxirgi paytlarda ko’rsatayotgan
o’yinimga monand o’ynashni
davom ettiraman. Hayot men
uchun katta chaqiruv. Biz
o’yinchilarmiz, va bu kasb bizga
ko’pgina yaxshi narsalarni
beradi va ayni paytda
mas’uliyatli hamdir. Men g’alaba
xarakteridagi odamman va
shunday bo’lib qolaman.
Qayerda o’ynashimdan qat’iy
nazar men faqat YUTISHNI
xohlayman.
YANGI CHAQIRUV
Ronaldu o’z hayotida tub
burilish yasagan transferni
amalga oshirdi. 2009 – yilda
record summa – 93.4 mln yevro
evaziga sayyoraning top
klublaridan biri Real Madrid
libosini kiydi. U Yuventusdan
Realga 76 mln yevroga o’tgan
Zidanni rekordini yangiladi. "Men
pul evaziga kelganim yo’q.
Manchesterda barcha narsaga
erishdim. Zklubni 2 marta
Angliya chempioni bo’lishiga,
Chempionlar Ligasi sovrinini
qo’lga kritishiga, boshqa
ko’pgina kuboklarga sazovor
bo’lishiga qo’limdan kelgancha
yordam berdim. Bundan tashqari
Angliya to’purari, Chempionlar
Ligasi "snayper”I, "Oltin butsa”
kabi individual sovrinlarni ham
qo’lga kiritdim. Endi bu men
uchun hayotimdagi yangi
chaqiruv” deb aytgandu
Krishtianuning o’zi.
OILASI HAQIDA
U hayotida onasi Mariya, opalari
Elma va Katya, akasi Ugulardan
iborat oilasiga katta e’tibor bilan
qaraydi. Oilasidagi yaqinlari bilan
bo’lish uchun har doim vaqt
topa oladi. U Portugaliyadan
Manchesterga yo’ l olganida
oson bo’lmagan. "Bu paytlar
kareramdagi eng og’ir damlar
edi. O’shanda meni doim qo’llab –
quvvatlab turgan oilamni,
do’stlarimni tashlab ketish
judayam qiyin kechgandi. Biz bir
– birimizga har hafta telefon
qilardik”. Г o’zining ilk yirik
gonorarini olgandan so’ng oilasi
uchun uchun uy sotib olgandi.
Opasi Katya – qo’shiqchi.
Portugaliyada Ronalda nomi
bilan ijod qiladi. Elma esa kiyimlar
dizayneri. Uni shaxsiy butiki
bo’lib, u yerda CR7 deb
nomlanuvchi ukasiga tegishli
barcha narsalar va Manchester
Yunaytedni baxtli 7 raqami
tushirilgan futbolkalari mavjud.
KELAJAK…
Xatto eng omadli futbolchi ham
ertami kechmi o’z karerasini
tugatishiga to’g’ri keladi. Xo’sh,
Ronaldu nima bilan
shug’ullanadi? Ota – onasi uni
amerika prezidenti Ronald
Reygen sharafiga Ronaldu deb
atashgan. Bundan tshqari ular
o’g’illarini futbolchi emas, balki
siyosatchi qilib yetishtirmoqchi
bo’lganlar. Ronald Reygen esa
siyosatchi bo’lishidan oldin
gollivud kinolarida suratga
tushgan ekan. Krishtianu ham
aktyorlik karerasi haqida
o’ylayapti. "Men barcha rollarni
шокщ уеф olaman deb
o’ylayman. Albatta, komik roller
melodrama rollariga qaraganda
qiyinroq bo’ladi. Lkin men
o’zimni aktyorlik mahoratimga
120% ishonaman”.

Комментарии

Комментариев нет.