“OMMAVIY MADANIYAT ”– MA’NAVIYAT IMIZ KUSHANDASI...
OXIRGACHA... Bugun “o‘rgimchak to‘ri” bilan bog‘liq ravishda o‘zbek tili lug‘atiga kirib kelgan va tez-tez tilga olinayotgan “ommaviy madaniyat“ yoki “olomon madaniyati” so‘z birikmasining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor bersak, “madaniyat” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “taraqqiyot”, “tsivilizatsiya” degan ma’nolarni anglatadi. Demak, madaniyat – bu taraqqiylashish, yuqorilashish demakdir. Uning muomala,kiyinish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish madaniyati kabi bir qancha turlari mavjud. Madaniyatli kishilar esa chuqur bilim olishga, taraqqiyotga qarab intilishga hamda o‘z milliy madaniyatini hurmat qilishga intiladi. SHuningdek, xalqlarning milliy madaniyati, milliy qadriyatlari boyib borsa, ular taraqqiylashib, yuqorilab borsa, o‘sha xalqning ma’naviyati, ma’naviy hayoti ham boyib va yuksalib boradi. SHu o‘rinda, “ommaviy madaniyat” tushunchasiga nisbatan salbiy qarashlar boisi nimada ekanligini tushunib yetmog‘imiz joizdir.O‘tgan asrda biror yurt, mamlakatni zabt etish uchun qimmatbaho qurol-aslahalar, harbiy texnika, yuksak darajada sarkardalik salohiyati zarur bo‘lgan bo‘lsa, hozirda kishi ongiga axborot yordamida ta’sir etish, uni ma’naviyatidan, o‘zligidan mahrum etishga qaratilgan maqsadlarga yo‘naltirilgan global tarmoq orqali “mafkuraviy urush quroli” vositasida butun bir mamlakatni mahv etish mumkin va undan manfaatdor guruhlar, tashkilotlar ham vujudga keldi. Mutaxassislarning fikricha, hozirda g‘arb davlatlarida kechayotgan iqtisodiy inqiroz tushkunligi tufayli yuzaga kelgan bunday guruhlarning maqsadi kishini o‘z uyi, Vatani, o‘zligidan uzoqlashtirish, iymon-e’tiqodidan ayirish, g‘arb olamiga xos bo‘lgan dunyoqarash, axloqsizlik, zo‘ravonlik, giyoh-vandlik, buzg‘unchilik, o‘z joniga qasd qilish, individualizm g‘oyalarini tarqatish, shuning hiso-bidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari,turmush tarzining ma’naviy negizlariga bolta urish, ularni qo‘porishdir. Bunday xatarli tahdidlar aynan internet tarmoqlari orqali tarqatiladi va uyali aloqa telefonlari ham bu borada ularga qo‘l keladi. Bundan pirovard natijadagi maqsad yoshlar ma’naviy olamini zaharlash, o‘z qarashlarini ularga singdirish va ortlaridan ergashtirishdan iboratdir. Bunday kishilar esa ertaga o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan toymaydigan, millat sha’ni uchun qayg‘urmaydigan, ezgu amallar haqida o‘ylamaydigan shaxsga, aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy manqurtga aylanib boradi. CHunki “ommaviy madaniyat” homiylari uchun yuksak qadriyatlar, muqaddas tushunchalarning o‘zi yo‘q. Ular faqat iste’dodlargina yarata oladigan mo‘’jizaviy san’at asarlariga, ularning hayrat kuchiga ishonmaydilar, tan olmaydilar. Ularning fikricha, bugun ko‘chalarda tashlandiq bo‘lib yotgan har qanday buyum, xoh u konserva bankasi yoxud mato parchasi bo‘lsin, ertaga muzeylarga qo‘yiladigan qadrli ashyoga aylanib qolaveradi.Aslida kishini millat ruhiga, mentalitetiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, g‘arb olamiga xos axloqsizliklar sari undovchi, tubanlashtiruvchi, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi bu atamani “g‘ayrimadaniyat”, ya’ni “madaniyatsizlik” atamasi bilan almashtirilsa to‘g‘riroq bo‘lar. CHunki bugun oliy qadriyatlar yoxud san’at tushunchasini o‘zicha izohlaydigan, uning tub mohiyatini anglab yetmaydigan, “Mono Lizaga o‘t qo‘yamiz!”, yoxud “Bizga Motsart kerak emas!” deya hayqirayotgan o‘sha “ommaviy madaniyat”ning homiylari, to‘g‘rirog‘i, tashkilotchilari, aslida “madaniyat”, “ma’naviyat” tushunchalaridan yiroq kimsalardir. Qarangki, asrlar davomida shakllanib kelgan ezgu va an’anaviy qadriyatlarni badnom qilishga hamda yot g‘oyalarni yoyishga urinayotgan bunday kimsalar uchun bugun hech qanday mablag‘ning keragi yo‘q. Axloqsizlik, pornografiya, kelajakka ishonchsizlik, alkogolizm va giyohvandlik kabi illatlarni targ‘ib etuvchi foto, audio, video va boshqa ko‘rinishdagi materiallar global axborot tarmog‘iga joylashtirilgan millionlab saytlar ular uchun, aksincha, doimiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular kattalarga nisbatan yoshlarni osonroq jalb etadilar. CHunki har qanday daraxtga uning niholligida shakl berish kelajakda to‘g‘ri o‘sishiga olib keladi. Yoshlar axborotlarni oson o‘zlashtiradilar, ularning kiyinish, yurish-turishlariga taqlid qiladilar, muomala-munosabatlarni o‘z hayotlarida ham sinab ko‘rishga intiladilar. Millatning ko‘hna qadriyatlari, milliylik, o‘zlik, madaniyat va ma’naviyatiga putur yetkazish esa inson qalbi va ongini ana shunday egallashdan boshlanadi. SHu bois farzandlarimizda yangilikka nisbatan ongli munosabatni shakllantirishga jiddiyroq yondoshishimiz, qalblarida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.
SENSORIKA "IT" - O'QUV MARKAZI
:F u z a y l