Shaxmatning oddiy haqiqatlari: 1) erkak shaxmatchilar asosan bor qonun qoidalar, allaqachon ishlab chiqilgan uslublar bo'yicha o'ynashni yoqtiradi, ayol shaxmatchilar esa, xar bir vaziyatdan yangilik izlashga xarakat qilishadi.

2) shaxmat omadga bog'liq bo'lishi mumkin 100 dan 1% gina halos, bu haqqoniy o'yin, yuksak aql soxibi hamisha g'olib. 3) shaxmatda xato qilmaydigan odamzot hali bo'lmagan. 4) shaxmat bilan shug'ullanish odamni tabiatan ozgina ayyor va o'ylab ish qiladigan qilib tarbiyalashi rost gap. 5) shaxmatni ko'pchilik mensimay, bepisantlik bilan qarashi bor gap, chunki futbolga etibor kuchliroq, futbol yaqin o'tmishda o'ylab topilgan, va tez rivojlandi, lekin sport tarixiga etibor bering, ko'pgina taniqsiz muxlislari sanoqli sport turlari bor, bularning oldida shaxmatday yoshi asrlar bilan tutashib ketgan o'yin ulug' emasmi? Shaxmatga salbiy fikrdagilar aslida aql farosatlari bu sehrli o'yinga yetmagani uchun shunday munosabatda bo'lishadimi? 6) Xozirgi zamon shaxmatchilarining partiyalari ichidan, eski zamon shaxmatchilarining odatiy bo'lib turadigan chiroyli partiyalarini topish qiyin. BULAR MENING SHAXSIY FIKRLARIM, ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Комментарии