Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar

Behunarning hunari – yalqovlik.
***
Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r – mingni.
***
Bilgan o‘zar,
Bilmagan to‘zar.
***
Bilim – aql chirog‘i.
***
Bilim baxt keltirar.
***
Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.
***
Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.
***
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
***
Bir yigitga qirq hunar oz.
***
Davlat tugar, bilim tugamas.
***
Didli yigit – ilmli yigit.
***
Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda.
***
Har hunarning o‘z siri bor,
Har ishning o‘z yeri bor.
***
Hunar bo‘lsa qo‘lingda,
Non topilar yo‘lingda.
***
Hunari yo‘q kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
***
Hunarli kishi och qolmas.
***
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
***
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining – bichimi.
***
Ilm – aql bulog‘i,
Aql – yashash chirog‘i.
***
Ilm istasang, takror qil.
***
Ilm ko‘p, umr oz,
Keragini o‘qi.
***
Ilm olishning erta-kechi yo‘q.
***
Ilm – tubsiz quduq.
***
Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo‘qni bosh dema.
***
Ilmning avvali achchiq,
So‘ngi – totli.
***
Ozdan yig‘ilib daryo bo‘lar,
So‘rab-so‘rab dono bo‘lar.
***
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
***
Ota hunari – bolaga meros.
***
Piring kuchli bo‘lguncha,
Biliming kuchli bo‘lsin.
***
Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi – sinovda.
***
Til bilgan yo‘lda qolmas.
***
Usta ko‘rmagan shogird
Har maqomga yo‘rg‘alar.
***
Ustadan shogird o‘zar.
***
Ustoz ko‘rgan xat tanir.
***
Uchishga qanot kerak,
O‘qishga – toqat.
***
Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin.
***
Yuzga kirsang, yuz yil o‘qi.
***
O‘rganish – bir hunar,
O‘rgatish – ikki hunar.
***
O‘qigan o‘qigan emas,
Uqqan – o‘qigan.
***
O‘qiganing o‘zingga.
***
O‘qish boshqa, uqish boshqa.
***
O‘qish – jafoli, keti – vafoli.
***
Qattiq baqirgan bilan qo‘shiqchi bo‘lmas.
***
Qizning ko‘rki – noz,
Yigitning ko‘rki – hunar.
***
Qo‘yni qassob so‘ysin,
Oshni oshpaz pishirsin.