Kecha qon edi bu xalq

bugun zorga aylandi,
avval qul bo'lsa endi mardikorga aylandi.
Yurt kimga mudom qishdir
kimgadir mudom bahor,
qachongacha bu millat kattalarga mardikor.
Qarovsiz qolganidan hazon bo'ldi g'urur or,
hatto shoirlari xam podsholarga mardikor
yohud xofizlari ham podsholarga mardikor.
Davron dil ozoridir,
davron erk mazoridir,
O'ZBEKISTON degan yurt,
Rassiyaga mardikor bozoridir.

Комментарии

Комментариев нет.