Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi...

Yigit.. Salom yaxshimisiz (taqdir bizni yana uchrashtirdi)
Qiz.. Assalomu alaykum (buncha g'amgin körinadi baxtli emasmikan)...
Yigit.. Meni kechring hayotizni barbot qildim. (meni kechrib böladimi hudbin insonman)..
Qiz.. Kechrim söramang hammasi joyida. (sizni alla qachon kechirganman)...
Yigit.. Sizsiz baxtli böla olmadim (meni sevarmikan yana ishonarmikan menga).
Qiz.. Unaqa demang endi uni baxtli qiling. (endi örtamizda yana bir inson borku).
Yigit.. Nima gaplar (boshqasini uchratmadimikan).
Qiz.. Yaqinda töyim bölyapti. (yolg'on gapirishga majburman)..
Yigit.. Baxtli böling bu hayotda birga bölolmadik kiyingi hayotimizda birga bölamiz (insholloh).
Qiz.. Kechirasiz kiyingi hayotimni boshqa insonga atab qöyganman. (bu dunyoga necha bor kelsam faqat sizni sevaman).
Yigit. Qizning közlariga qarolmay jim...
Qiz.. Mayli omon böling xayr....
Qizning yuragidan (Ey Ollohim men uni bir umr sevarman balki lekin unga qayta olmayman. Örtamizda yana bir inson bor, uni baxtsiz qilib men bilan baxtli böla olarmidi.) degan sözlar kechardi...
Bir kun malikaga öxshab qolaman.
Gul qadalgan oppoq libos olaman.
Muzdek yuraklarga ötlar solaman.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun köz öngimda gullaydi bahor.
Oyqizlar tegramda aytishar yor-yor.
Menga gullar tutar meni suygan yor.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun mahkam quchib dadam böyini.
Singlimga tutqazib erka kuyimni.
Yig'lab tark etsamda ota uyimni.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kuni yor-yorga tölar samolar.
Yölimda tutashar kökka olovlar.
Bobom va buvimdan olib duolar.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kuni yuzimga upolar surib.
Boshimga popukli römollar örab.
Qizchalar chiqishar römolcha sörab.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kuni charog'on böladi kunlar.
Guldonda ochilar oq atirgullar.
Hovli köchalarga sepkanda suvlar.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun ULAR uchun sarpo teraman.
Közlariga ötdek yonib turaman.
Borsangiz, Sizga ham salom beraman.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun fayzli bir joy tuzataman.
Dadajon, Ayajonga choy uzataman.
Begimni köchaga shod kuzataman.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun polvonimga aytsam allalar.
Uyimga tölar söng beshik yallalar.
Töy bola Ayasi bölgan pallalar.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun nigohlarim bölar bölakcha.
Orzularim sari baxtdan yölakcha.
Qizchamga kiydirib atlas köylakcha.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kuni boshimga yog'ar yog'dular.
Meni tark etadi g'amlar qayg'ular.
Farzandlarim uchun qilib orzular.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kun termulsalar közimga kulib.
Közlaridan boqiy sevgisin bilib.
Begim bekligini duolar qilib.
Men baxtli bölaman ishonavering...
Bir kuni uzilmas rishta bog'lasa.
Bir kuni ishonchlar özin oqlasa.
Bir kuni... Bir kuni Hudo hohlasa..
MEN BAXTLI BÖLAMAN ISHONAVERING...!!!

Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi... - 836990481525
Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi... - 836990483061
Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi... - 836990484597
Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi... - 836990488437
Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi... - 836990492277
Qiz va Yigit köchada tasodifan uchrashib qoldi... - 836990495349

Комментарии

Комментариев нет.