Xorijda olingan haydovchilik guvohnomasi O’zbekistonda o’tadimi?

02 Aprel, 2013
Muallif: Saibankan
BO`LIM: JINOYAT VA MA'MURIY HUQUQ
25773
Поделиться…
Savol: O’zbekistonda haydovchilik guvohnomasi olish uchun Qozo’giston yoki Rossiya davlatlaridagi avto maktablarda olingan guvohnoma asosida imtihon topshirsa bo’ladimi? Yoki O’zbekistonda ro’yxatdan o’tgan hududda o’qishi shartmi? O’zbekistonga atigi bir oyga boradiganlar qanday qilib haydovchilik guvohnomasi olishi mumkin? Chet elda yoki MDH davlatlarida olingan haydovchilik guvohnomasi O’zbekistonda ham o’tadimi?
Javob: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug`ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o`tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 77, 78, 79-bandlarida xalqaro haydovchilik guvohnomalari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalari va ularni almashtirish tartibi to`g`risidagi qoidalar ko`rsatib o`tilgan.
Xalqaro haydovchilik guvohnomalari O`zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo`l harakati to`g`risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O`zbekiston Respublikasi hududida ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi mavjud bo`lganda haqiqiy hisoblanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning hamda O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari, ular tibbiy ko`rikdan o`tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so`ng, O`zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilsak, xalqaro haydovchilik guvohnomasi O`zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Faqat ular tegishli tartibda notarial idoralarida tarjima qilinishi kerak.
SAVOLIM BU QANCHALIK HAQIQAT URTOQLAR? RAXMAT ETIBORLARINGIZGA!

Комментарии

  • 11 фев 2015 19:23
    Сиз Узбекистон фукароси б/б узга юртдан гувохнома олган булсангиз,Узбекистонда кайта имтихон топшириб гувохномангизни алмаштирасиз,чунки сиз Узбекистон фукаросиз.Айтганингиздек Козогистон ёки Россия фукароси булганингизда факат таржима килсангиз хам булар эди.
  • 11 фев 2015 19:25
    Uyga moshin haydab borsam bular keyin bir gap bular
  • 11 фев 2015 19:28
    Ха.Бемалол.Сиз хам конун коидани биласизку.
  • 11 фев 2015 19:29
    Raxmat katta yordam berdiz
  • 11 фев 2015 19:33
    Арзимайди.Россияда Узбекистонни гувохномаси бн таржима килинмай 1 йил юк машина хайдадим.Хаммаси узингизга боглик.
  • 11 фев 2015 19:34
    Ok
  • 11 фев 2015 19:36
    ОК!
  • 11 фев 2015 19:55
    Qayta nazariy imtihondan utarkan buladi
  • 11 фев 2015 20:01
    Aka menam ikki oydan buyon shu masalada qiziqib har joydan malumot tupladim. Bu yerdan prava olib uyga borganda nazariy imtihon topshirarkansiz keyin uzimizni halqaro pravaga alishtirarkanlar buldi
  • 11 фев 2015 20:04
    Ok
  • 11 фев 2015 20:15
    Prava butun jahon buyicha utadi.Faqat Özbekistonda qayta imtihondan utasiz va Özbekiston pravasini olasiz.Bu yerda sizni uqiganingiz uchun pul tulamaysiz,qolgani uzingizga havola.
  • 11 фев 2015 20:22
    Ok !
  • 14 фев 2015 14:38
    Имтихон топширасизда.Б,С правангизни Россияга топшириб юборманг.Узбекистонда Д категорияга укиш ун 2200000 тулови бор.
  • 7 фев 2016 18:43
    Ман узбекман рассияда укиб права осам узбекистонда утади шунайми
  • 7 фев 2016 19:10
    Мани рассияга укишга олармикин регистрассия бн билганла айтворингла
  • 1 ноя 2016 16:08
    Карочи акала авора болманг узбдан олиб койаверин
  • 19 мар 2017 14:31
    Хозяйки кунга узбекистон праваси россияга утадими хозир 2017 йил
  • Комментарий удалён.