11 ноя 2021

• Rayhon gullari va sedana donalaridan tayyorlangan damlamani tana harorati ko`tarilganida iste`mol qiling.

Bunday damlamadan shamollashning oldini oluvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin.
• Sutga maydalab solingan rayhon barglari tug`ruqdan keyingi holsizlikni engishga ko`maklashadi.
• So`gal chiqqan joyga maydalangan rayhon barglarini qo`ysangiz, tezda shifo topasiz.
• Bosh og`rig`ini qoldirish uchun rayhondan tayyorlangan bo`tqani chakka va ensa sohasiga qo`yish tavsiya etiladi.
• Angina xastaligida 4 choy qoshiq maydalangan rayhonni 250 ml. suvda qaynatib, sovigach kuniga 2-3 mahal tomoqni chayish tavsiya etiladi.
• Tarkibidagi evginol moddasi tufayli bu ko`kat yallig`lanishga qarshi vosita sifatida mashhur.
Ehtiyot yuzasidan
• Yurak hastaligidan aziyat chekuvchilar, homiladorlar, qandli diabet va qon aylanish tizimida muammosi bor bemorlar rayhon iste`mol qilmaganlari ma`qul.

Комментарии

Комментариев нет.