9 - Sinf.

Hozir
darsdamiz…
Yonimda dunyodagi eng chiroyli qiz
o’tiribdi… Uning yuziga qaragandan
uyalib turibman… Mening qanchalik
sevishimni u bilmaydi… U mening eng yaqin insonim… Lekin, u meni oddiygina
do’st deb biladi… Sababini bilmayman,
lekin, o’zimdan uyalib turibman… 10 -
Sinf. Uyda edim… Menga qo’ng’iroq qilib
yigiti bilan urushib qolganini aytib, men
yonida bo’lishimni iltimos qildi… Keyin yonimga keldi… Meni quchoqlab rosa
yig’ladi… Hozir u yonimda… Tizzamga
boshini qo’yib uxlab qoldi… Sochlaridan
silab, go’zal yuzlariga to’yib-to’yib
boqmoqdaman… Men uni sevaman…
Lekin, u meni oddiygina do’st deb biladi… Sababini bilmayman, lekin,
o’zimdan uyalib turibman… 11 - Sinf.
Bitiruv kechasi… Ikkimiz bolalikdan beri
birga ulg’aydik… Bitiruv kechasiga
sherigimiz bo’lmasa birga boramiz deb
8- sinfda bir-birimizga so’z bergan edik… Menga qo’ng’iroq qildi va yigiti
kasal bo’lib qolganligini aytdi… Keyin,
birga boramizmi, deb so’radi… Rozi
bo’ldim… Uyiga borib bitiruv kechasiga
birga jo’nadik… Bitiruv kechasidagi eng
chiroyli malika edi… Oppoq ko’ylagi o’ziga shunday yarashgan ediki,
farishtaning o’zi bo’lib qolgandi… Tun
bo’yi raqsga tushdik… Qo’llaridan ohista
ushlab, uni qattiq sevarimni aytsammi,
deb o’ylab qo’yardim… Tongga yaqin
uyiga kuzatib qo’ydim… Hayrlashayotib yuzimdan o’pib, eng yaxshi do’st
bo’lganimni bildirdi… Uni chin dildan
sevaman… Lekin, u meni oddiygina
do’st deb bilsa, unga sevishimni qanday
aytaman… Sababini bilmayman, lekin,
o’zimdan uyalib turibman… Oradan yillar o’tdi… Hozir men eng yaqin
ko’rgan insonimni qora tuproqqa
uzatyapman… Uning buyumlari orasidan
yon daftarcha chiqibdi, menga
berishdi… Qo’llarim qaltirab yon
daftarchani sekin varaqlay boshladim… Sahifalarning birida shunday satrlar bor
edi… “…Hozir darsdamiz… Yonimda
bo’lsa dunyodagi eng kelishgan yigit
o’tiribdi… Yuziga hech to’ymayman…
Uni qanchalik sevarimni u bilmaydi… U
meni oddiygina do’st deb biladi… Yigitim bor deb doimo u haqida yolg’on
bahonalarni aytib, yonida bo’lishga
harakat qilyapman… Men uni jonimdan
ortiq ko’raman… Menga bir marotaba,
faqat bir marotaba “SEVAMAN” deb
aytganda… Bu dunyoda mendan baxtli inson yo’q edi…” Men bu satrlarni
o’qiyotganimda sevganimni tuproqqa
ko’mishdi… Chiday olmay butun
vujudim bilan hayqirib yubordim… Ko’z
yoshimni hech to’xtata olmasdim…
Ko’zlarimni uning yangi qo’yilgan qabridan uza olmasdim…

Комментарии