O'qing Qizlar haqida sherlar.

Qiz bola kimdinir yoqtirsa.
Ko'zlari ochig'u, ko'r bo'lar,
Ovozi kuylarga jo'r bo'lar,
Pishirgan ovqati sho'r bo'lar,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Ko'zguga qoshini qoqadi,
Husniga jilmayib boqadi,
Tunlari gapirib chiqadi,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa...
Hayolan bir umr qarimas,
Yuzidan hayajon arimas,
Har qanday yumushdan horimas,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa...
Sevgidan romanlar o'qiydi,
Ovqatni yolg'ondan cho'qiydi,
Tushida ro'molcha to'qiydi,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
SINFDOSH QIZ SEVGISI
Go’zal bir qiz sevar edi
sinfdoshini. Lekin qanday
aytsin
ko’ngil nidosini? Qiz bola-da,
o’zbek qizi, nima qilsin?
Qurbon
qila olmas axir ibosini! Yigit
uchun edi u qiz eng yaqin
do’st
Sir tutmasdi yigit undan biror
bir
so’z. Qiz bola-chi nima qilsin,
ul
ohu ko’z? Qurbon qila olmas
axir
ibosini! Yillar o’tdi, Maktab
endi
bitti, tamom! Tarqalishdi
sinfdoshlar har yon tomon.
Izhori
dil qilolmagan u qiz hamon,
Yo’qdir hech dard bundan
og’ir,
bundan yomon. Vaqt - davo
deyishrdi har bir darga, Lekin
davo bo’lolmadi bu safarga.
Borgan sari oshib borar
qizning
ishqi, Rad javobin berdi
kelgan
sovchilarga. Lekin bir so’z
aytolmaydi suyganiga.
Qandoq
chetga surar ayting, hayosini?
Qurbon qila olmas axir
ibosini! …
Yig’ilmoqchi bo’lishibdi
sinfdoshlar Qiz yuragi endi
tez-
tez ura boshlar. Bugun endi
haqiqatni aniq aytar, Cheksiz
muhabbatin endi izhor
aylar. ...
Sog’inishgan sinfdoshlar bir-
birlarin, Suhbat qurib, shodon
o’ynab kulishadi, Lek, biz
bilgan
qiz ko’rinardi biroz ga’magin
Fursat topsa aytmoqchi u
o’sha
sirin. Shu on qizning suyuklisi
kulib turib, Taklifnoma berib
chiqdi har-biriga Taklif qilgan
edi
yigit hammalarin, Shu
yaqinda
bo’ladigan o’z to’yiga! Ko’rsa
maymun yig’lar qizning
ko’yiga…!
Ichga yutti, go’zal, sevgi
sadosini
Topmagandi shu ongacha
aytish
ilojini Bilasizku… O’zbek qizi
сhetga surmas hayosini,
Qurbon
qila olmas axir ibosini.
Guruhimizni kuzatib boring.

O'qing Qizlar haqida sherlar. - 573085598202

Комментарии