YALPIZ HAQIDA

Diyorimizda yalpizning ko'pgina
turlari uchraydi: "qora yalpiz",
"Osiyo yalpizi", "qalampir
yalpiz", "suv yalpizi"… Yalpiz
tabiiy holda sernam joylarda,
o'tloq, ariq, chashma, jilg'a, zovur
yoqalarida o'sadi. U xosiyatli
giyoh sifatida oshko'k, ziravor,
bahoriy taomlar masallig'igina
bo'lib qolmay, qadim-qadimdan
dorivor malham ham
hisoblanadi…
O'z davrida Katta Pliniy
shogirdlariga boshiga yalpizli
chambar kiyib yurishni maslahat
bergani bejiz emas. U mo'tabar
va aziz mehmonlarni qabul
qilishda kursilar ustini yalpiz
bilan artishni ham buyurgan.
Bunday amal kayfiyatni ko'tarib,
miyani peshlashiga yordam
berarkan.
Yalpizdan xalq tabobati
amaliyotida keng ko'lamda
foydalanib kelingan. Xalq
tabobati amaliyotida yalpizning
yer ustki kismidan tayyorlangan
qaynatmasidan tish og'rig'i,
og'iz karashi, milk yallig'lanishini
davolashda foydalanilgan. Yalpiz
qaynatmasiga qand qo'shib
tayyorlangan qiyom kuyonchiq
va tutqanoqda, shirasi esa
migren va sariq kasalligida
foydali. Undan olingan sharbat
qo'tirni davolashda xam ijobiy
natija beradi.
Abu Ali ibn Sino yalpiz bilan
ichak og'riklarini davolagan. Uni
ovqatni yaxshi hazm kildiruvchi
vosita sifatida tavsiya etgan.
Yalpizdan ko'krakni yumshatib,
balg'am ko'chiruvchi xamda
nafas yo'llari kasalliklarini
bartaraf etuvchivosita sifatida
xam foydalaniladi. Xalq tabobati
bilimdoni A.Popov
ma'lumotlariga qaraganda,
qalampir yalpizning asab
kasalliklarida (ipoxondriya, vas-
vas, asab tug'yoni) oshqozon-
ichak yo'li faoliyatini
yaxshilovchi, tinka qurishi,
holsizlanishda, vabo va bod
kasalligida organizmni
mustahkamlovchi ta'siri bor.
Safro haydash xususiyatiga xam
ega. Yalpiz bavosil, shirincha,
raxit kasalliklarida foyda
beruvchi tabiiy beozor vositadir.
Yalpiz
Xalk tabobatida me'da-ichak yo'li
tirishishida (spazma), bemavrid
ich ketishida, qabziyatda, me'da
nordonligi oshganida, sariq
kasalligida, o't pufagida tosh
bo'lganida, bavosilda, ayollarda
hayz maromining buzilishida,
o'pkadan ko'plab qon ketishida
yalpizli damlamalar tavsiya
etiladi. Damlamasi bilan ogiz
bo'shlig'i, milklar yallig'langanida
g'arg'ara qilinadi, teri chidab
bo'lmas qichiganida yuviladi.
Asabiylashganda, 1 litr suvda 50
gr. miqdorida yalpiz qaynatilib,
vanna suviga qo'shib
foydalanish ham naf beradi.
Bosh og'risa yoxud
zararkunanda hasharotlar
chiqqan bo'lsa, aziyatlangan
joylarga yalpiz bosiladi.
Zamonaviy tibbiyot amaliyotida
yalpizli dori-darmonlar salmoqli
ulushga ega. Chunonchi,
yalpizdan olinadigan efir moylari
sanoat miqyosida validol,
karvalol, olemetin, enatin,
anestezol, bormentol, pektussin,
mentolli qalam, Zelenin
tomchilari, Traskovning
antiastmatik eritmasi kabi
dorilar tarkibiga kiritilgan.
Yalpiz tarkibida efir moylari
(sentol, menton, pinen,
flanderon, tseniol, jasmin),
organik achillar, flavonoidlar,
ramnoza, glyukoza, rutin,
karotin, C vitamini, mineral tuzlar
va yana bir qator moddalar
mavjud. Yalpiz moyi yuqori
darajali antibakterial faoliyati
(mikroblarga qiron keltirishi)
bilan ham ajralib turadi.
Ayni bahor pallasida yalpiz
ko'katlari boshqa bahoriy
shifobaxsh giyohlar bo'lmish
jag'-jag', momaqaymoq
(oduvanchik), semizo't, ismaloq,
kar'afs, machin, qo'zikuloq,
krafsh, qushqaroq (yo'ng'ichka),
barra piyoz kabilar bilan turfa
ko'rinishdagi lazzatli taomlar
tayyorlab, iste'mol kilinishi
salomatlikni saqlashda katta
ahamiyat kasb etadi. Bu borada
ko'katli chuchvara, somsa,
bichak, qaylaning xosiyatlarini
sanab adog'iga yetish kiyin. Ular
nafakat xushxo'rligi bilan, balki
tana a'zolariga quvvat
bag'ishlashi, xastalikdan bosh
ko'targan kishilarga
darmonbaxsh ta'sir ko'rsatishi,
organizmni yig'ilib qolgan
daxmaza (bollast) moddalardan
tozalashi, ichak yo'lining ravon
bo'lishini ta'minlashi bilan o'ziga
xos ahamiyatga ega.
Shuningdek, yuqumli
xastaliklarga nisbatan qarshilik
ko'rsatadigan immun tizimini
mustaqkamlanishiga ham
yordam beradi.

Комментарии

  • 26 мар 2017 09:34
    Yalpiz suvida  jinsi azolarni yuvsa boladimi