15-Мавзу

Tahorat duolari
- Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda qaysi duo o’qiladi? Ushbu duo o’qiladi: «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran». Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin».
Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika». Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib et».
Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari». Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».
Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik». Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil”.
O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron». Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib, hisobimni yengillatgin».
Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan». Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob qilmagil».
Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika”. Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog’dirgin».
Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu». Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».
Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali». Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».
O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu». Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».
Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon». Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».
Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi: Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikassolihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun». Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».

Комментарии

Комментариев нет.