NTT oilaviy telekanali “Sevimli”

nomi bilan qaytishi haqida xabar
berildi
2013-yil oktabrida “texnik
sabablar”ga ko‘ra efirga chiqmay
qo‘ygan NTT oilaviy telekanali
“Sevimli” nomi bilan qaytadigan bo‘ldi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar
foydalanuvchilari bergan ma’lumotga tayanib, Kun xabar bermoqda.
Telekanal qachondan efirga chiqishi
ma’lum qilinmagan. Avvalroq, 2014-
yilning mart oyida telekanalning
boshqa nom bilan qaytishi aytilgan,
biroq yangi nom e’lon qilinmagan edi.
Keyinroq, may oyida “ancha
murakkab kechgan ruxsat olish
jarayonidan” so‘ng, “mashhurlar bilan
reklama roliklari suratga olish ishlari
ketayotgani” haqida xabar berildi. Qayd etish joiz, 2014-yil aprelida NTT
telekanalining “Hudud” informatsion
dasturi viloyatlarning xususiy
telekanallarida efirga chiqishni
boshlagani ma’lum qilingan.

Комментарии