VAXSHIY QOTTILLIK (aziz dostlaar ushbu hikoya kechikkanligi uchun barchangizdan uzur surab qolaman)

21-QISM
Aleksandra yana uning asiriga aylandi...Vujudi butunlay xarakatdan tuxtadi...
Uning kuzlari ayni damda xar doimgidan boshqacha porlardi...Yoq!!! Xech narsa uzgarmagan...faqat nigoxlari uzgargan xolos.
Avalgidek õt xam...extros xam yoq!....faqat zulmat...va qizuquvchanlik bor xolos.
Ovchi uz uljasini kuzdan kechrgandaqa qizuquvchan qarash...
-D..Dev-el!-yana sotqin qurquv...va titroq...
U bu xolatga qachonlardir mana shu xarsangni oldida kurishganda tushgandi...Ôshanda xar xolda xozrgidan kuchli edi.Ammo barbir undagi nimadir uni qurquvga solardi...
Chunki uni yaxshi bilmas...maqsadini tushunmasdi...
Qorong'uda...va kimsasiz joyda maxluq bn yolg'iz qolish, ôzini muqarar ulmga maxkum qilish bn barovar edi...
Xozr xam shu xolat...Faqat avalgidan farqli ôlaroq Aleksandra kuchsiz...Va Develni kimligini xam maqsadini xam biladi...
Yana bir farq xozr Aleksandra avalgidek õlimdan qurqmasdi...Ôlim jazo emas...ôlim bu imkoniyat...
Yangi dunyo va yangi tana...va yangi rejalar imkoni.
Demaki qurqishga xojat yoq!!!
Devel trik ekan, Aleksandra qayta va qayta yangi kurinishda qaytip kelaveradi...Makon va zamonni farqi yoq! Ular albatta qayta va qayta uchrashaveradi...
-Devel!-bu safar ovozi dadilroq chiqdi.
-Nima?-erinmay yuz tuzulishini urganayotgandek qaradi
-Meni quyip yubor!
Devel jilmayip , uni quyip yuborgandek bushatdi.Ammo Aleksandra uzini unglap olmasidan qayta uziga tortdi.Bu safar Aleksandra yuzi uni yuziga tegadigan darajada yaqinroq ekanini kurdi.
-Devel!!!
-Jim-Aleksandrani labini tug'risida shivirladi ...
Aleksandra yuragi qinidan chiqudek bulip urayotganini xis qildi...Eng alam qilarlisi esa Devel xam buni u qatori xis qila olardi...
Xayollari esa butunlay chalkaship ketdi...
Endi qurquvni xayajon tuldrdi...Nafas olishni unutdi...
Kuzlari esa unga judayam yaqin masofada turgan Develni nigoxlariga bardosh bera olmadi...Kuzlarini yumdi...
Õtayotgan soniyalar esa yillar kabi asta uta boshladi...
Aleksandrani qurquvga soladigan, ammo ayni damda bulishi muqarar bulgan voqealar oldida ojiz edi..
Insoniyatning ruxiyatida ba'zan bir tushunarsiz xolat buladi...Bunda butun vujud bulishi kerak bulgan voqealikga qarshilik kurasatadi...Ammo qalb taslim bulishni xoxlaydi...Bu xolatda insoniyat,ongini aldash uchun yolg'ondakam qurquvni va ojizlik tuyg'usini ishga soladi ...Kein taslim bulishdan boshqa chorasi yoqdek tutadi uzini...
Kein atrofdagilar undan "nega bunday buldi" deb suraganda, "ojiz edim"...yoki "qulimdan xech narsa kelmasdi" deb quya qoladi..Bu bn nafaqat atrofdagilarni, balki ôzini xam aldaydi...
Lekin aslida imkonsiz yoki ilojsiz narsani uzi yoq! Insoniyat xar qancha ojiz bulmasin xoxlamagan insonlarga xamisha qarshi kurasha oladi.Kerak bulsa sõngi nafasgacha...Lekin xech qachon xoxlamagan narsalarni bulishiga yul quymadi...
Aleksandra xam ayni damda shu xolatda edi...Qarshi kurashish yoki janjal kutarishni urniga taslim bulishni xoxlardi...
Garchi unda Develni ôldrishga bulgan xoxish sônmagan bulsa xam, òz tuyg'ulariga "qarshi kurashish" tuyg'usi õlgandi...
Balki xayotini saqlap qolgani uchun uyg'ongan qarzdorlik xissi birga utkazgan vaqtlari sababmi...negadir jiddiy qadam tashlashga xadi sig'masdi...
Aleksandraga vaqt kerak edi...Yoki qayta nafrat õtini alanglatadigan sabab ...Shuning uchun xam Develni xato qilishini xoxlar...va bu uchun kerak bulsa taslim bulishga xam tayyor edi.
Aleksandra bir necha soniya Develni xatoga yul quyushini kutdi ...Ammo negadir xech narsa sodir bulmadi...
Kuzlarini ochdi...Xali xam boyagidek tikilip turgan nigoxlarni uchratdi...Faqat bu safar nim tabbasum va yoqimsiz kinoya bn...Guyo " Sen mendan pastsan" yoki "Knyaginya Aleksandra meni oldimda ojiz " degandek...
Aleksandra xato qilganini tushundi...Ammo doimgidek kech...Boyagina miyasida charx urgan axmoqona taslim bulish xaqidagi fikrlar qayergadir yuqoldi...
Taslim bulishga urunip, uzini butunlay Develga topshirip quyganini tushundi...Garchi Aleksandra boshqa maqsadda taslim bulgan bulsa xam, Devel boshqa fikrga borganini uni nigoxlaridan anglash qiyn emasdi.
Tezlik bn Develni kuksidan itarip yubordi...Va tashqariga otildi.
..Xatto ustiga qalinroq kiym olmadi xam....
Faqat yugurdi...Guyo kimdandir qochayotgandek...
Aslini olganda u chindan xam qochayotgandi...Ôzini axmoqona qilig'idan...boyagi axmoqona xolatdan...ôzligidan...Xullas xamma xammasidan...
Ammo odam xar qancha yugurmasin...qochmasin...xech qachun õzligidan qocha olmasdi...Qayga bormasin barbir uni taqip qilaveradi...To umrini oxrigacha...
Aleksandra esa yugura yotganda xam ayni damda xech narsa qulidan kelmasligini ôylap jaxli chiqardi...Uz uzini burdalap tashlagisi...yoki og'roq jazoga xukm qilgisi kelardi..
Ammo xatto qilinip bulingandi...
Axmoqlarcha Devel bn shu yergacha kelgani uzi bir xatto edi...yana unii aytganini qilip shu la'nati libosni kiydi...xoxlagunigacha ustidan kulishiga imkon berdi...ôzini bir zumga bulsa xam Aleksandran ustun ekanini xis qilishga imkon berdi...
Naqadar tuzatip bulmas xato....
Aleksandra bir necha marta nimadirlarga urip yerga yiqildi...Ammo barbir õrnidan turip yugurishda davom etaverdi...
Xatto qayerga ketayotganini bilmasa xam...Zero u yugurayotgan tomon shaxarga eltuvchi yul emas...baxaybat daraxtlar va yovoyi xayvonlardan iborat õrmon edi...
Rux bir necha bor uni ogoxlantrdi...Ortga qaytarishga urundi...Ammo Alleksandra uni eshitadigan xolatda emasdi...
Faqat yugurardi...Xoldan toyguncha...
Xoldan toygach esa õzini notanish ôrmonda kurdi...Nafas rostlap olmoqchi bulip tuxtadi...Xavo sovuq bulishiga qaramay kup yugurdan issiqlikni xis qildi...
Ôzini qorli yerga tashladi...Yerdagi qorni butun vujudida xis qilishni xoxladi...Ammo bunga kuylagi xalaqt berardi...Uzun va noqulay...Aynan shu tushunarsiz libos sabab bir necha bor yoqildi...Shubxasis yaralangan...
Aleksandra noteks nafas olguncha bir necha daqiqa yotdi...
U shu turishda keingi umrini utkazishga xam tayyor edi...Ammo g'alati ovozlar va shitirlashlarni eshitip sergaklandi.
Tezda boshini kutarip utrdi...
Devel uni ortidan kelgan bulishi mumkonligini uylap asabi buzuldi...Xayolan unga aytmoqchi bulgan achiq gaplarni rôyxatini tuzdi...
Ammo fikrini tulaqonli jamlashga ulgurmadi...Qarshisidan bir nechta baxaybat jonzot chiqdi...Qorong'uda ularni sarg'ich yashil bulip porlayotgan kuzlarini kurdi...Ortga tislangandek xarakat qildi...
Ammo urnidan turip yugurishga yoki...boshqa qutqaruv choralarini uylashga ulgurmadi.
Maxluqlardan biri birdan uning ustiga sakradi...Aleksandra boshi bn qorli yerga yiqildi...
Oyning ôrmondagi daraxtalarning shox shabbalari siyrak bulgan tomonidan tushayotgan xira nurlardan, ustidagi maxluq bôri ekanini angladi...
Labini ayanchli tabbasum egalladi...
Maxluqdan qochip...allaqanday yovoyi jonzotni ôljasiga aylanish...Dunyoda bundan ortiq kulguli va ayanchi manzara bulmasa kk...
Kimsan Knyaginya Aleksandra ashaddiy dushmanini emas, balki shunchaki yovoyi xayvonni changalida jon beradi....
Bõri unga guyo oldindan taniydigandek tikildi...sông qurqinchi ovozda nara tortdi tilka pora qilishga shaylandi...
Aleksandra ôlimni kuzlariga tik qaradi...Garchi ajal uning qarshisida turgan bulsa xam, uni mardonavor kutip olishga shaylandi.
Ammo bu safar xam taqdir uni ustidan kulgandek Devel yana uni saqlap qoldi...
Ustida turgan burini bir zarb bn uloqtrip yuborganini va ayanchli naralardan iborat shovqinni eshitdi...
Boshini kutarip atrofga qaradi...
Avval orqamacha turgan Develni... sal narida ulip yotgan bôrini ta'nasi...va qochayotgan bõrining sheriklarini kurdi.
Aleksandra uchun bundan ortiq sharmandali xolat bulmasa kk...Ashadiy dushmani yana bir bor uni saqlap qoldi...
Oldinlari Devel uni saqlap qolganda...kimligimni bilmaydi deb ôzini ovutardi...Endi esa bila turip uni qutqardi....
Guyo Aleksandrani ózini oldida qarzdor qilip quygandek.
-Tuzukmisan???-Devel bir xarakat bn uni qarshisida paydo bulip avalgidek mexribonlik qildi.
-Xa!-ôrnidan turmoqchi bulib Develni mexribonchilikini rad etdi...Ammo ulgurmadi... Devel tusatdan uni kutarip oldi...
-Qôyip yubor!!!
-Yaralangansan...
-Buni senga nima farqi bor!!!-qarshilik qilmoqchi bulip tipirchiladi.Ammo Devel maxkam ushladi.
-Ôzingni axmoq qizlardek tutayapsan! Aleksandra.
-Yog'eee!...Aqilli qizlar qanaqa buladi?
Óz raqibi yordam qulini chuzsa qabul qilaveradiganmi? Aslidachi asl axmoq sensan.Ôz dushmanini boshida kutarip yuradigan axmoq!
-Seni boshimga chiqarganim yoq xali bu bir.Ikkinchidan men seni ôzimga munosib raqib deb xisoblamayman-jilmaydi...
Bu jilmayish bn "sen mendan ojizsan" yoki "qôlingdan xech narsa kelmaydi" degandek bôldi...
Aleksandra qarshilik qilish befoydaligini tushundi...Xar qancha urunmasin bugun u Develning asiri edi...Shu bois uygacha tishini tishga bosdi...Sukut saqlap nima qilish mumkinllligi xaqida uyladi...
*
Devel uni qanaqadir yorug' va issiq xonaga olip kirdi...
Yotoqga utg'izdi...
Aleksandra qayta uni kuzlariga qaramaslik uchun kuzlarini olip qochdi...
Õzini atrofni kuzatayotgandek tutdi...
Keng xona...Tug'rirog'i xaddan ziyod keng.Xam mexmonxona va xam yotoqxonani ôrnini bosish uchun qurdrilgandek...
Chap tomonda devorni õrnini shisha oynalar egallagan. Ôrmonnni va kôlni manzarasi kurinip turish uchun...
Oynalarni yonida ikki kishilik stol, stul...Atrgullar va shamlar bn bezalgan...
Õng tomonda esa yotoq joylashgandi...Ikki kishilik...Oq choyshabli va atrgul yaproqlari bn bezatilgan...
Õrtadada kamin joylashgandi....
Devorlar va xonaning dekaratsiyasini tariflash ilojsiz...Oq Devor....mallarang bezaklar...taxtalardan ishlangan jixozlar...oq bôriga tegishli bulgan môyna...ov qurollarini ôz ichiga olgan suvinerlar...va xam nafislik, xam beshavqatlikni ifodalaydigan jixozlar bir birini judayam chiroyli tarzda tuldrip turardi...
Kurgan odam xonani xam og'ir xarakterga ega ovchiga va nafislikni yoqtradigan noziktabiat insonga tegishli deya olardi...
-Chõmilish xonasini eshigi oq rangda-Devel ishora bn eshikni kursatdi-kiymlaringni almashtrip chiq!
Aleksandra iflos bulishga ulgurgan ustidagi libosga qaradi.
Qaysarlik qilish yaxshi emasligini anglap, Devel kursatgan tomonga yul oldi.
..
*
-Tuzukmisan???-ruxning xavotrlangan ovozda sõradi
-Menimcha xa!....
-Xayriyat! Sendan xavotr olla boshlagandim.
-Nega meni ogoxlantrmading?
-Nima xaqida?
Bazan rux xaddan ziyod maydagap bulip ketardi...Eshitgan gaplarini qayta qayta surar...Guyo begonda tilda gaplashishayotgandek.
Ôshanaqa daqiqalarda ruxni miyasi joylashgan kallasiga yaxshilap tushurgisi keladi...
Ammo baxtga qarshi ruxlarga qul kutarib bulmasdi...
-Xammasi xaqida!
-Masalan???
-Lizzzzz!!!-tishini tishga bosip asabiy vishilladi-sabrimni sinama! Nima xaqida gaprayotganimni yaxshi bilasan!
-Devel sendan bõsa olmoqchi bulganini aytayapsanmi?....
Qani edi imkon busa...Ruxni miyasini burdalap burdalap quliga tutqazsa...Yoki sochlaridan ushlaguncha kallasini devorga ezilip ketguncha ursa...
Bunaqa ongsiz yaratilgan boshni boriligidan yog'i yaxshiroq...
-Develni meni kimligimni bilishi xaqida...va meni bu yerga olip kelip quyip berayotgan tomoshalari xaqida-xotrjamlikni saqlap qolishga urundi.
-Menam bugun bildim...Senga yetkazishga esa ulgurmadim.Chunki voqealarni oxrigacha kurishim kk edi.Xullas Devel chindan xam seni kimligingni biladi.
-Buni bilip buldim! Keinchi?...
-Esingdami sen Aksanani odamlariga quship jodugarlarlarni taqiqni yuq qilishga junatganding.Xullas usha jodugarlar Develga ishlar ekan...
-Bu xam yangilik emas
-Ulardan biri ôsha kun qattiq jaroxat olgan...Lekin trik qolgan ekan.Xullas kecha kechqurun, Develga asl Aleksandra Aksana emasligini aytgan kurinadi...Baxtga qarshi usha payt men seni yoningda bulganman!
-Bulishi mumkin emas.Jodugarlarga ichirilgan qonni shaxsan uzim zaxarlagandim...Ular toqqa yetip borishlari bn õlishi kk edi.
-Bu xaqida bilmayman...Ammo ishonchim komil u aynan Aksana bn birga ketgan jodugarlardan biri .
-Gapni qisqaroq qil! Yaxshisi menga ularni nimani rejalashtrganini ayt! Yoq! Yaxshisi meni õldrishni qachonga rejalashtrganini.
-Men xam senday uylagandim boshida...Ammo...-rux jimip qoldi.
-Nima ammo?-uni tilga kirishini kutishga sabri chidamadi.
-Bir gap aytsam xafa bulmaysanmi?
-Ayt?
-Avval sôz ber! Ôzingni õtgan safargidek qutrgan odamlardek tutmaslika...
-Endi dôstmiz...Bexavotr gapraver-samimiy jilmayishga urundi.
-Devel Evgeniyani xiyonatini avaldan bilgan ekan...Ammo kech! Sen õlganing
dan sung unga kimdir bu xaqida aytgan ...Ôshanda Devel sendan noxaq nafratlanganini tushungan ekan.Shunga u sendan uzr suromoqchi...
-Nima???-quloqlariga ishongisi kelmadi.
-Ôsha jodugardan seni narigi dunyoga junatuvchi sexr mavjudligini aytayotganini eshitdim.Ammo Devel buni xoxlamadi.U ôshanda xatto qilganini...U sabab sen bevaqt vafot etganingni aytdi...Xullas ôtgan yillar davomida u seni oldingda ôzini aybdor xis qilip kelgan ekan.Shu sabab seni xaykaling atrofiga mana shu uyni qurdrgan ...Tushunyapsanmi? U xech qachon seni uziga dushman deb bilmagan...
-Shu sabab Aksanini men deb uylap uldirtirdimi?
-Aksana bn gaplashmoqchi bulgan...Ammo u bunga imkon qoldrmagan.Xar safar Devel uni yakama yaka uchrashuvga taklif qiganda rad javobini bergan.Õzing eslap kur.Devel Aksani qayerda turishini bilsa xam tinch quygandi...Menimcha Aksana Devel yuborgan uchrashuvlarga rad javobini berganini sendan yashrgan.Shu sabab Devel jodugarlarni junatgan...Sen bn tog'da yakama yakka gaplaship olmoqchi bulgan.Eslap kur Ravshan seni tishlaganda Devel Zarini bir uzini xech ikkilanmasdan bazmda qoldrip shoshilip ketayotgandi...Xullas ushanda u kechikgan...Bu vaqtgacha Aksana õlip bulgan ekan...
-Ishonish qiyn...
-Bu xali xammasi emas.Devel seni qaytarmoqchi bulgan...Tasodifni qara! Meni tanamga seni ruxingni kirgizmoqchi bulgan....Qurol bn kelgan kunini esla.Usha kuni meni tanam orqali seni qaytarmoqchi bulgan.Ammo senga bulgan xislari sabab senga tegmagan...Xullas u xozr g'alati axvolda.Usha kundan beri Zariga xatto yaqinlashgani xam yoq! U seni sevadi...Ammo seni Aleksandra ekaningni bilgach sen bn munosabat urnatishga xech qanday imkonni yoqligini tushundi...Ammo shunga qaramay senga yaqin bulishga urunyapti.U seni telbalarcha sevadi...Bu imkonsiz ekanini bilsa xam.Yana Zariga vataniga qaytish va u yerda yaxshi yashash uchun yetarlicha pul ajratishlarini buyurdi.Adashmasam ertaga Zariga chipta bn pulni tutqazip xayrlashadi...Chunki uni sevmasligini va xech qachon sevmaganini tushunip yetdi...
-Aqldan ozganmisan? Nimalar deyayotganingni bilasanmi?-eshitganlariga ishongisi kelmadi.
-Ishonasanmi menam eshitganimdan beri quloqlarimga ishonmayapman...Naqadar jentelmenlarcha yul...U sen uchun Zaridan kechdi...Yana ramantik oqshom...Xarakatlarini kurdingmi? U seni oldingda xaliyam uzini aybdor xis qilayapti...iltimos uni kechrim surashiga imkon ber! Men uchun....
-Negadir fitnani xidi kelyapti...Yo sen meni aldap tuzoqga tushurmoqchi bulyapsan, yoki ular seni borligingni bilip ôzlarini shunaqa tutishgan.Ammo xar ikki xolatda xam aybdor sen bulip chiqasan.Demak jazoladigan xam sen!!!
-Aleks!!! Iltimos....ôzingni yosh boladek tutma.Vaqt xamma narsaga davo...U uzgargan...Tushunyapsanmi? Ózgargan.Ishonmasang sinap kur! Sen barbir osonlikcha ôladiganlardan emassan.Moboda ôlip qolsang xam, uzing aytganingdek qaytip kelaverasan...Kein yana bir masala...Xullas usha xarsang yani sen ishlov berdirgan xaykal, faqat tanlanganlarnigina shakliga kirgan ekan...Tanlanlovchilar esa Develni ajdodlari bulgan.Ular uz avlodiga munosib buladigan ayolni uchratishsagina ôshani tanlashgan.Yani seni Devel uchun tanlangan bugansan..."Mirna"...Shu sabab Devel boshidanoq sendan uzoqlashgan.Qanaqadir afsonaga kura "Mirna"lar maxluqlarni xam kuchli qilolgan...va xam yuq qilolgan...Shu sabab u sendan qurqgan....uzoqlaship , nafratlanishga urungan.
-Mirnalar-maxluqlarni yuq qilish uchun emas boshqarish uchun yaratilgan...Chunki ular maxluqlar uchun kuch manbayi bulgan.Bir vaqtni uzida xam ularni kuchsizlantra olgan, xam kuchli qilolgan...aynan shu ularga maxluqlarni boshqarish imkonini bergan.Ammo xech qachon jodugarlar orasidan Mirnalar chiqmagan.Ularni ôzi aloxida tur!
-Sen jodugar bulganinga ishonching komilmi? Axir ózing aytayapsan Mirnalarda g'ayrioddiy kuchga ega bulgan deb.Kein jodugarlikni xar qanday g'ayri oddiy qobilyatga ega mavjudodlar qila olgan ...Buni ustiga sen jodugarlar avlodidan bulmagansan.Faqat toza qonli jodugarlargina kuchli sexr bn shug'ullangan.Ammo shunda xam seni darajanga yetishmagan.
-Bu bn meni aslida kimligini bilmaydigan axmoq demoqchimisan?
-Xa
!...ôzing uylap kur Mirnalar tabiatan maxluqlarni sevip qololmaydigan qilip yaratilgan.Aynan shu sabab ular istagunicha maxluqlarni boshqargan...
-Evgeniya xam mirna bulgan...Lekin nega Devel undan qochmagan?
-Xomilador xotinini yovuz jodugar deb nom taratgan knyaginyani qasriga yolg'iz uzini tashlap ketish, seningcha qochish emasmi?
-Evgenya Dragonni sevgan.Ishonchim komil saroyda qolish fikri uning uzidan chiqaniga.
-Kurdingmi? Mirnalar maxluqlarga yaqin bulgan xayotda yashashgan, amo xech qachon ularni sevip qolmagan.Tasodifni qara Evgeniya boshqa shaxarda tug'ulgan...Ammo Dragonni qabilasi talan taroj qilgan shaxardan bitta u trik qolip ularga qushilgan...Sen esa ulardan necha ming km uzoqda tugulgansan.Ammo aynan D'Jeynlarni turmush urtoqlika saylagansan.Aleks mantiqiy jixatdan uylap kur.Bunaqa õxshash tasodif xayotda bulishi mumkin emas.Maxluq bn Mirnalar urtasidagi munosabat batareykani "-" bn "+" iga uxshaydi...Ularni xamisha maxluqlar bor taraf tortadi ...Ammo bir vaqtni ôzida undan uzoqroq bulishga undaydi xam...Xissiyotlar xam shunaqa...Bir yaqinlashadi...bir uzoqlashadi.Ammo befarqlika yul quymaydi.
-Men befarqman!!!
-Uzingni aldayapsan.Xar qanday nafrat qachonlardir muxabbat bulgan.Buni uzing aytgansan."Janjallarsiz muxabbat, muxabbatsiz esa nafrat bulmaydi".
-Bu bn meni uz xissiyotlarini tushunmaydigan axmoq demoqchimisan?
-Qizishma! Xech kim seni axmoq demadi.Shunchaki bazida qalbimiz uz xissiyotlarni oshkor qilgandan uni boshqa tuyg'ular bn yashrishni maqul kuradi...
-Xech vaqoga yaramaydigan rux ózini xamma narsadan xabardor avliyodek tutayotgani yoqmayapti.
-Aleks! Tushun!!! Boya uzing xam kurding...Qanchalik uni senga mexribonligini...Sen xam bundan mustasno emassan..Tan ol! Bazan tan olish xam mardlik...
-Extros jilovlap bulmas tuyg'u.U xar qanday kupakga uyg'onishi mumkin.
-Yana uzingni aldayapsan...
-Bu xaqiqat...Xoxlasang isbotlap berishim mumkin.
-Isbotlashinga shubxam yoq...Ammo Devel sendan farqli ularoq xar qanday kupakga bunaqa etibor qilmaydi.
-Sen uni bilmaskansan.
-Boya aytganimdek sen bn uni õrtasida farq bor.Xuddi aloqa bn e'tiborni urtasida farq bulgandek.
-Avliyo xonim maruzangizni tugatgan bulsangiz ketishingiz mumkin-ortiq uni gaplarini eshitishni xoxlamadi.
-Aleks nega ôzingni xech narsani tushunishni xoxlamaydigan yosh boladek tutayapsan? Men tushunmayapman Devel bn seni ôrtangda qanaqadir munosabat bulishini nimasi yomon?Naxot ôtmishni bir chetga surip baxtli bulishni iloji bulmasa? Axir ikovlaring xam bir marta kuygansizlar...Menimcha sizlarchalik baxtni xoxlaydigan va uni asrap avaylidigan insonlar yoq dunyoda.Uzing bir chetdan nazar sol qanchalik bir birlaringa uxshash ekanliklaringni va munosib ekanliklaringni kurasan.Sen xam....
-Bass!!!-baqrip yubordi-Yuqol!!! Xozroq yuqol!!!
-Ôtmish xotralari va eski tuyg'ular qalbda og'riq bulip saqlanip qoladi.Ulardan xalos bulish esa seni qulingda.Sen kimligingni unutip bir marta qalbinga quloq solishing va butun umr baxtli bulishing, yoki barini uz xoliday qoldrip ma'nosiz janglarni sôngi nafasgacha davom etrishing mumkin.Unutma tanlov sening qulinga.Ertangi kuning xozrgi qaroringa bog'liq.Xoxlasang ertalap kim uchundir suyukli ayol bôlip uyg'onishing mumkin.Albatta alamzada xech kimga keraksiz jodugar bulip uyg'onish yoqib qolmagan bulsa...
-Yuqol!!!-quliga ilingan narsani rux tomonga ilip otdi sông bor ovozi bn baqrdi-Yuqol!!!!
Rux xonani tark etganga qadar Aleksandra yana avalgidek yomon xolatga tuship ulgurgandi...
Ruxni uylovsiz aytgan gaplari uni yana eski og'riqlarini uyg'otip, ôz-ôziga bulgan nafratini oshrishga sabab bulgandi...
Muomo Develni unga bulgan xissiyotlarida emas...Muomo ôzini Develga bulgan xissiyotlarida edi.
Yoq! Bu rux aytgandek sevgi emas....Bu umuman boshqacha tuyg'u ...
Uni xar safar kurganda kuz oldiga yoqimsiz utmishi kelardi...qalbidagi jaraxotlar qayta og'riq berardi...
Axir Devel uning daxshatli va uyatli utmishini bir bulagi edi.
Endi esa õsha ôtmishining bir bulagi uni kelajakiga aylanmoqchi...Xayotida bundan ortiq daxshat bulmagan bulsa kk...
Chunki xar tong utmishini va kimligini eslatip turadigan in
soni yonida uyg'onish daxshatni ózginasi...
Devel xar qancha uzini aldamasin Aleksandra u uchun xamisha yaqinlarini qotili bulip qolaveradi...Aleksandra uchun esa u ôz qotili...
Garchi Devel rux aytgandek uzini bari uchun afsuslanayotgandek tutayotgan bulsa xam, aslida u qilgan ishiga afsuslanmaydi...
Shuningdek Aleksandra xam...
U uchun xar tong azaliy dushmanini quchog'ida rux aytgandek suyukli bulip uyg'ongandan, ôldrip quya qolgani ossonroq...
Chunki kóz yumish mumkin bulmagan tuyg'ular va xotralar bor...
Ularni unutishga esa Aleksandraga jurat yetishmaydi....
Aleksandra asabini jilovlash uchun muzdek suvda yarim soatcha ôtrdi...Sông suvdan chiqip chômilish xonasida ilingan xalatni kiydi.
Yechip quygan shimnii chôntagidan qul tel.ni ....va kartichkani oldi...Keingi chuntagini tekshirip uniyam bushatmoqchi buldi...Lekin quli kichikroq tosh bulagiga tegdi...
Kirli oq rangdagi tuz bulagi...
Shubxasiz Barsik xar extimolga qarshi qadimiyni tuzni uni chôntagiga solip quygan...Naqadar aqilli mushuk.Yaxshiyam u bor...Yuqsa allaqachon muddatidan oldin Develni qulida ulip ketgan bulardi...
Aleksandra qimatli nimadirni topgandek quvondi...Tuzni avaylap chuntagiga soldi...
Kein qôliga tel.ni oldi....Bugun tanishgan buritus yigitlarni gapini esladi...
"-Bu bizni raqamimiz-Key Aleksandrani qul tel.gaôz raqamini saqlap quydi-biror muomoga uchrasangiz qung'iroq qiling.Biz albatta yetip boramiz.
-Muomoga uchragan odamni qung'iroq qilishga imkoni bularmikan?-xazl aralash suradi.
-Unda xabar yuboring...Masalan "Yordam kk "...yoki "Men muomodaman" deb...Yo! Yaxshisi "Sos" deb yozip yuboring...
-Sos???
-Muomoga uchraganlikni belgisi.Bizlar esa sizni JPS yordamida qayerdaligizni topamiz..."
Garchi Aleksandra qiziqon bolakaylarning Develga bas kelishigga ishonmasa xam, bu ôrmondan chiqip ketishi uchun mashina kerakligini bilardi.Shubxasiz bu yerga kelish uchun mashina kk...Ular albatta mashinada keladi.Aleksandra esa ungacha Develni tuz bn xolsizlantradi...Va ketadi...
Xavfli vaziyatda xayoliga kelgan tezkor rejani amalga oshrish uchun buritus yigitlarga xabar yubordi...Ammo shaxar tashqarisida aloqa yoqligi sabab xabar ketamadi...Bir necha bor urunip kurdi...Natijasiz...Oxr ogibat tel.da "bir ozdan sông urunip kuring" degan yozuv chiqdi...
Jaxl bn tel.ni chóntagiga soldi...
Sông Devel uni kutayotgan xonaga chiqdi...
-Gap talashishga vaqtim yoq! Shu bois birdan maqsadga utip quya qolamiz-Aleksandra jiddiy maqsadga utdi-xullas sen bilganningdek men Aleksandraman.Va seni õldrgani kelganman.Meni bu fikrdan xech narsa qaytara olmaydi.Xatto meni xozr yana bir bor uldrsang xam men barbir qaytip kelaveraman.Shunday ekan ortiqcha tomoshani keragi yoq!!! Xoxla xozr meni uldr va yana qaytip kelishimni kut! Yoki quyip yubor va mardlarcha yuzma yuz janga tayorlan!
Aleksandra gaplari Develga qanday tasir qilishini kurish uchun bir zum uni yuz ifodasini kuzatdi...Ammo gaplari Develni xato xayoliga xam kelmadi.
Guyo odatiy mavzuda gaplashishgandek...Endi esa u bn birga utrip ovqatlanishi kerakdek...
-Kechgi ovqatga 5 daqiqadan sông tortiladi-kein qarshisidagi bush joyni kursatdi-ótir!
-Ustimdan kulyapsanmi? Yo ataylap uzingni xech narsani tushunmaydigan axmoqdek tutyapsanmi? Men senga "seni õldrmoqchiman" dedim! Bu degani...
Aleksandrani qolgan gapi og'zida qolip ketdi.Tusatdan qarshisida paydo bulgan Devel uni chôchitip yubordi...Nima deyayotganini unutdi.
-Tun xali oldinda.Senda meni õldrishga xali kup imkon buladi-kein Aleksandrani qulidan ushladi-xozr esa iltimos oxrgi marta avalgidek gaplashaylik...Men tanigan qaysar qizaloq Aleksandra va uning yashirin dõsti Devel bulip...
Kein yosh bolani yetaklagandek Aleksandrani qulidan yetaklap bezatilgan stol atrofiga ôtrg'izdi...
Bu safar xam xech narsa qila olmadi...
Tug'rirog'i nimadir qilishga imkonsizligi yul bermadi...
Shaxar tashqarisida...qoq ôrmoning markazida...buni ustiga kiyip ketadigan libosi xam yoq...kôcha esa sovuq...
Qochish imkonsiz...Yordam kutish uchun esa vaqt kk...
Aleksandra asabiy yana qul tel.ni olip ketolmayotgan xabarga xafsala bn qaradi.
Qayta urunip kurdi...Yana al
oqa yoq!
Jaxl bn tel.ni yoniga quydi.
-Bu yerda tarmoq yomon.Faqat uy tel.i orqaligina qung'iroq qilish mumkin.
-Buni bilip buldim-jaxl bn qularini qovushtrdi.
-Kimgadir qung'iroq qilmoqcgimisan?
-Nima edi?
-Xoxlasang pastdagi uy tel.dan qung'iroq qilishing mumkin!
-Ximmatingni cheki yoq!-õrnidan turmoqchi buldi.
-Faqat kechgi ovqatdan sung!-uni urnidan turmoqchi bulganini kurip tuxtatdi.
Aleksandra assbiy xolatda qayta joyiga ôtrdi...
-Iltimos Aleks! Iloj boricha õzingni yaxshiroq tut-rux yalingan ovozda gaprdi-bu turishda uni xafsalasini pir qilyapsan...
Aleksandra indamadi...Assabiy oynadan tashqarini manzarasini kuzatdi...
Devel aytgandek 5 daqiqada qanaqadir ayol ovqatlarni olip keldi.
Demak ortiqcha mashina bor...Oshpaz uchun.Faqat mashinagacha yetip bora olsa bôldi.
-Uy xizmatchilariga biz uyni tark etganimizdan sôngina shaxardan mashina keladi-Devel uni fikrini uqigandek javob qaytardi.
-Fikrimni uqishni urgandingmi?
-Yoq! Ammo seni bu yerdan ketishdan boshqa muomo tashvishlantrmayotganini peshonanga yozip quyilgan.
-Xush meni qachon quyip yubormoqchisan?
-Nonushtadan sông!
-Kechki nonushta demoqchi bulding shekilli.Shundaymi?
-Ertalapki.
-Ertalapgacha môjiza rôy berip nimadir uzgaradi deb uylayapsanmi?
-Atrofga kuzingni qoplap olgan, nafrat pardasini yechip qara.Shunda meni yonimda sog' salomat utkazgan,daqiqangni uzi bir môjiza ekanini tushunasan.
-Balki bu uchun minnatdorchilik bildrishim kerakdir?
-Qulingdan kelishiga ishonmayman.
-Xuddi men seni ôzgarganinga ishonmagandek.
-Ovqat sovup qolyapti Knyaginya.
Aleksandra jaxl bn yonidagi ovqatga qaradi...Sóng ertalapdan beri tuz xam totmagani yodiga tushdi...Garchi Develni bn tortishish yoqayotgan bulsa xam, ovqatdan bosh tortishni xoxlamadi...
Ishtaxani ochadigan darajada chiroyli qovurilgan gusht...Tami xam boshqacha...Guyo boshqa bir jonzotning gushtidek...Lekin barbir mazali...
Yarim soatcha sukut saqlap ovqatlandi...Tug'rirog'i Aleksandrani ôzi ovqatlandi.Devel esa undan kuz uzmay kuzatdi.
-Nima???-nixoyat Aleksandra chidolmadi-kechki ovqat kamlik qilyaptimi? Yo nonushtaga meni yemoqchimisan?
-Maxluqlar nima bn oziqlanishini bilasanmi?
-Eshitganman...-Aleksandrani labiga tabbasum yugurdi-begunox qizlar bn shekilli...
Bu xaqida aniq bir ma'lumotga ega bulmasa xam, saroyidagi xizmatkor qizlarni Develdan qay darajada qurqishini kurgandi....Xatto Devel va Evgeniyaga yollangan xizmatkor qizlar guyo muqarar ulimga ketayotgandek atrofdagilar bn xayrlashgandi...
-Demak disertni ôrniga seni dasturxonga tortishadi desam xayron bulmaysan?-labida ayyorona kulgu uynadi.
-Yoq albatta!-xotrjam javob berdi-Ammo xafsalangni pir qilaman deb qurqaman.Chunki men sen uylaganchalik begunox emasman.
-Xarsang begunox va qalbi pok insonlarnigina tanlaydi desamchi?
Aleksandra ovqatlanishdan tuxtadi.Develga jiddiy qaradi.
-Qachonlardir xarsang tanlagan yosh Aleksandra bn, xozrgi seni qarshinga ôtrgan Aleksandrani ôrtasida yer bn osmonchalik farq bor.
-Men unday deb uylamayman.Insonlar uzgarmaydi, shunchaki vaqt utishi bn ôzligini anglap yetadi.Senda xam xuddi shunday.
-Safsata...
-Sen xamisha ózing xaqingdagi xaqiqatlarga ishonmaydigan bulgansan...Lekin ósha ishonmagan narsalaringni amalga oshrishga urungansan.
-Balki-ayorona jilmaydi-Masalan men Evgeniyani ilk kurganimdayoq uni óldrishimga ishonmaganman...Garchi shu xaqida uylagan bulsam xam...Ôshanda sen meni fikrimni uqiy olganingda edi, uni uldrishni qanaqa tasavur qilganimni kurgan bularding.Ammo afsus...Xayot boshqa xayol boshqa...Evgenya kutganimdek kuchli emaskan.Atigi bir zarbda tiz chukip kechrim surashga tushgandi...Exxx óshanda uni kurganingda edi.Rossa xuzrlangan bularding...E! Uzr! Aytgancha sizlar er-xoting edinglar-a?! Ufff xotram pand bera boshlayapti.Ba'zan seni shunchalik ôzimga yaqin olamanki, bilmagan xolatda bilishing kerak bulmagan narsalar xaqida aytip quyaman.
Develni yuz kurinishi uzgarmadi...Faqat sanchqini ushlap turgan qullari musht tuguldi.
-Dragon xaqidachi? U xaqidaym ilk kurganingdayoq shunaqa fikrga borganmisan?-xotrjamlikni ushlap qolgan xolatda suradi.
-Yoq!!!...Faqat yulimga tug'on
oq bulsa, uni yulimdan olip tashlash muomo tug'drmasligi xaqida uylaganman.Axr uningdek xotinboz, ichkilikboz bekorchi,taxtni bezashdan boshqa narsaga yaramasdi.Menga esa boshqarish osson bulgan qug'urchoqlar yoqardi...
Aleksandra suxbatni oxri yaxshilik bn tugamasligini xis qildi.Dasturxon ustida turgan ovqatlanish uchun maxsus pichoqni, bildrmay chuntagiga yashrdi.
-Ôldrip yuborganinga qaraganda qug'rchoqlikni yaxshi eplolmagan kurinadi.Albatta ichkilikboz va xotinboz Knyaz atrofidagi soxibjamollardan ortip seningdek jodugarga vaqt ajratish yodidan kutarilishi tabiy xol...
-Xmm....Ayniqsa xotinboz Knyazni mashuqalari orasida soxibjamol Evgeniyaning bulishi...Ochig'i men xoxlamagandim ularni ôldrishni.Ammo sen kelip ularni qiynap uldrishing mumkinligini uylap ossonroq jazoga xukm qilip quya qoldim! Voyyy!!! Yana aytip quydim-yolg'ondan qullari bn og'zini yopdi.
-Yoq! Bemalol...Evgeniyadek soxibjamol ayol xar qanday erkakni rom qila oladi.Ularni orasida Knyazni bulishi tabiy xol!
-Xm...Suxbat shu mavzuga taqalibdimi demak ochiqcha gaprsam xam buladi-bir qoshini kutarip Develga sinchiklap qaradi-Devel D'Jeyn ruxsat et! Sendan meni qiynayotgan savol xaqida suray!
-Ixtiyoring...
-Evgeniyani farzandi kimdan edi? Bu shaxsiy savol albatta amo men sabab norasidasi dunyo yuzini kurmay vafot etganda vijdonim bir muncha qiynaldi.Axir uni vujudidagi maxluqni emas Knyazni farzandi bulgan bulishi mumkin.Bu xolatda men maxluqni emas insonni uldrgan bulaman...Iltimos Devel meni vijdon azobidan xalos et!!!
Devel javob berishni urniga jilmayip turgan Aleksandraga ôtkir nigoxlar bn qaradi...
Kuzlari qayta qoraydi...Yuzida esa qora tomirlar jilvalandi...
Aleksandra esa boshini ushladi...Boshida chidap bulmas darajadagi og'riq boshlandi.Og'riq sekin ayta boshidan badaniga tarqala boshladi...Aleksandra muvozanatni yuqotib stuldan yerga yiqildi...Oyoq quli qimirlatip bulmas darajada og'ridi.
Og'riq yuragiga yaqinlashganda xushini yuqotdi...Sôngi marta yerda yotgan Devel ezg'ilap tashlagan sanchqini kurdi...
Gaplari boshidanoq unga yoqmagnini tushundi...
Ammo kech...
Aleksandra kuzini nafas yullarini kuydragidan utkir xiddan ochdi.
Qayerdaligini anglashga urundi...
Devordagi ov qurollaridan qayerda ekani yodiga tushdi.
Ammo qimirlashga xoli bulmadi...Xatto gaprishga xam....
Ôzini yotoqda atrgul yaproqlarini ustida yotganini xis qildi, ammo shol bulgan odamdek xarakatlana olmadi.
-Menimcha shunaqasi ikkimiz uchun xam yaxshi-yon tomonidan Develni ovozini eshitdi.Ammo ugrila olmadi.Develni uzi qupol xarakat bn uni yuzini uzi tomonga ugrdi.
Aleksandra yonida uzi qatori yotgan Develni kurdi...xaqarot qilmoqchi bulip og'iz juftladi.Ammo tilli kalimaga kelmadi.
-Senga savollaringa javob kerak! Shundaymi? Yaxshi! Javob olasan.Xatto bu seni xursand qilmasa xam...
Devel barmoqlarini uchuni oxista Aleksandrani peshonasiga tekkizdi...Kuz oldida Develning xotralari orasidagi utmish saxnalari gavdalandi...
Davomi bor...
#Вахшийтх

Комментарии