Qiz öz xonasida u yoqdan bu yoqqa

tez-tez yurardi. Asabiylashganligidan
barmoqlarini qisardi. Bugungi kechaga
borish uchun ruhsat berishmagan ota-
onasidan jahli chiqardi. Tög'rida,
voyaga yetgan bölsa, har kuni ham bölavermaydiku bunaqa kechalar. U
yerda dugonalari, döstlari, eng muhimi
esa u - sevgan yigiti böladi. Ota-onasi
esa qiz bolaning yarim kechasi
restorandagi ziyofatga borishi yaxshi
emasligini aytishdi. Unga nisbatan adolatsizlik qilishdi. Ayniqsa onasining
qizini xonasiga kelib aytgan gapi qizni
asabiylashtirardi. Hammasi yaxshilikka
emish. Qanaqasiga yaxshi bölsin,
hamma yaqinlariga qöshilib oyda-yilda
bir yayrab dam ololmasa? Qiz nihoyat, ota-onasiga aytmasdan derazadan
chiqib ketishga qaror qildi. Ota-onasi
sezishmasa bas. Kiyinib, uyda ota-
onasi uxlaydigan vaqtda derazadan
sekingina chiqib ketdi. Restoranga
kelib, bazm xursandchiligiga qöshildi. Sevgan yigiti bilan uzoq suhbatlashdi.
Soat yangi kun boshlanganini
körsatgan vaqtda qiz ketishga
chog'landi. Yigit uni kuzatib qöyishini
aytdi. Qiz taksi chaqirishini, yigit köp
ichib yuborganligini va mashina hayday olmasligini aytsada, anchagina
mast bölishga ulgurgan yigit uni
eshitishni istamadi. Nailoj, qiz
mashinaga ötirdi. Köcha böylab
harakatlanishar ekan, qiz yigitdan
sekinroq haydashini söradi. Ammo yigit uni eshitadigan ahvolda emasdi.
Shu asnoda qarama-qarshi tomondan
avtomobil farasi yorug'i yigitning
közini qamashtirib yubordi. Mashina
polasadan chiqib ketdi va qarshisidan
kelayotgan boshqa avtomobilga urilibdi... Qiz közlarini ochganida
tepasida xamshira turardi. Qizning
hamma joyi og'rir, qöl-oyoqlarini
qimirlatolmas, boshi bint bilan
bog'langandi. U zörg'a xamshiradan
ruldagi yigitga nima bölganligini söradi. Xamshira yigit voqea joyida
vafot etganligini aytdi. Qiz ular urilgan
mashinadagi odamlar haqida söradi.
Unda ham ikki kishi bölganligini va
ular ham halok bölganligini bilgach,
afsuslandi. Özining ham ahvoli og'irligini sezib, tirik qolmasligini
tushundi. Xamshiraga pichirlab
gapirardi: "Opajon, iltimos, ota-
onamga meni kechirim söraganligimni
aytib qöying... Men ularni gaplariga
quloq solishim kerak edi. (Qiz gapirishga tobora qiynalardi)
Bilasizmi... men... men
ista...istamagandim. Ularni yaxshi
körishimni ham ayting. Aytasiz...
Aytasiza?" Xamshira namlangan
közlari bilan unga jim termulib qoldi. Qizga javob bermadi. Uning qölini
mahkam qisib oldi. Ikki daqiqadan
keyin qizning joni uzildi. Shunda
boshqa bir xamshira undan nimaga
gapirmaganligini söradi. U esa qizning
jonsiz yuziga termulgan köyi shivirladi: "Qizga ular urilib ketgan avtomobilda
halok bölganlar uning ota-onasi
ekanligini aytgim kelmadi..." (Manba:
"Читай только не плачь" gr.
Ruschadan Z.Ayubov tarjimasi)

Комментарии