"Ada, oyim nimaga

uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning
savoli shundog'am siqilib turgan
dadasining yuragini ezdi. Ög'lini
tizzasiga ötqazdida, peshonasidan
öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab
dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5
yoshli bolakay onasining og'ir
kasalligini ancha oldin fahmlagandi.
Shifoxonaga dadasi körishga olib
borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib
ketadi, keyin shifoxonadan javob
berishadi degandi. Oyisi uyga
qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya
rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek
sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib
yuborishganlarini bilmasdi. Har
kungidek örniga yotarkan bolakay
osmonga qarab qölini chözdi: "Oyimni
tuzalishiga yordam ber, Xudojon" Bir
necha kun ötgach tunda uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi
balkonda sigaret chekib, kim b-ndir
telda gaplashardi. Bolakay dadasining
hamma gaplariga ham tushunmadi-yu
shu gaplar orasidan operatsiya, katta
pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda körgandi. Operatsiyada
doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u
tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol
qilishsa sog'ayib ketadilar" öyladi
bolakay. Örniga qaytib yotarkan
osmonga qarab yana qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga katta pul ber,
Xudojon" Bolakayning onasining
ahvoli kundan-kun yomonlashib
borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat
dadasining ösha kungi gaplarini
öylardi: operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga
kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-
ketayotgan köplab qarindoshlarni
jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa
bolakayga pul tutardi: Ushla ög'lim,
borib muzqaymoq olib ye... Bolakay onasining yaqinlari b-n
vidolashyotganini tushunmasdi.
Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining
yoniga olib kirishdi. Közlari shishib
ketgan, oppoq choyshab yopingan
köyi chözilib yotgan oyisining yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta
ovozi eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi
bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi özimni
toychog'im... -Oyi, endi tuzalib
ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi.
-Menga yana ertak aytib berasizmi? - Hm... -Sizni yaxshi köraman... Eh,
bolakay... Oyisi b-n shunday sönggi
marta gaplashib turganligini qayerdan
ham bilardi u. Bog'chadan kelganida
uyidagi odamlarning köpligidan
hayron qoldi. Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada oyim
uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga
kelib söradi u. Dadasi chökkalab ötirib
ög'lining közlariga boqdi: "Oying endi
uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini
quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib
kovladi-yu bir siqim buklanib ketgan
pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga
ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim
tuzalib ketsa böldi, men bitta ham
muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada, oyimni tuzatib berishsin...."
Ög'ilning peshonasidan öparkan
dadasining köz yoshlari uning yuziga
tomchiladi... Onasini kömishdi. Tun
chökkach örniga yotarkan bolakay
osmonga qölini chözdi: Iltimos, oyimni menga qaytarib ber, Xudojon... ( Avtor: Ayubov Zarif)

Комментарии