Iffat…

Do‘stimizning nikoh to‘yi munosabati
bilan uzoq tog‘li qishloqlardan biriga
yo‘l oldik… Borgan kunimizning o‘zida o‘z-
o‘zimizga to‘yni boshlab yuborgan
bo‘lishimizga qaramasdan, baribir uch-
to‘rt kun o‘sha yerda bo‘lishimizga
to‘g‘ri kelardi. Ex... Garchi hamma narsa to‘la-to‘kis,
do‘stlar hammasi jamul-jam, toza havo,
dam olish, hursandchilik avjida
bo‘lishiga qaramasdan, shugina
sanoqli kunlarda sevgilimni juda-juda
sog‘inishimni o‘ylasam yuragim orqaga tortib ketardi… Aksiga olib u yerlarda telefon qurg‘ur
to‘lqinlarni ham ushlamas ekan. Na bir
qo‘ng‘iroq, na ishqdan mastona SMS lar
jo‘nata olmasam… Hech bo‘lmaganda
internet ham ishlamaydi. Sog‘inardim… Sevgilimni kulgularini,
hazillarini, uni juda ham ko‘rgim
kelardi… Sog‘inardim… U bilan qo‘l ushlashib
bog‘ aylanishni, kun botar mahal
anhor bo‘yida yelkasidan quchib,
xuddi sovuqdan bir-birini asrayotgan
musichalardek o‘tirishni sog‘inardim… Uning mayin, nafis sochlarini silagim,
g‘uncha lablaridan qayta-qayta bo‘sa
olgim kelardi… Uni shunchalik sevganimdan, u ham
meni sevishidan shunchalar baxtiyor
edimki; xatto sevgi-sevgi deb, yoshlik-
erkalik deb qilayotgan
sho‘xliklarimizmi, to‘g‘riroq aytganda
bexayoliklarimizmi hech, hech biri hayolimga ham kelmasdi… Toki… Toki, o‘sha to‘y kunida yuz
bergan voqeagacha…
To’y tugar mahal, yonimga bir o’rta
yoshli ayol keldi-da, qo’limga bir
tugunchani tutqazib: – O‘g‘lim shu kampirni uyigacha
kuzatib qo‘ying. O‘zlari narigi
mahallada turadilar, qorong‘uda
ko‘zlari o‘tmay, u-bu yerda to‘qishib
yurmasinlar tag‘in. Yosh bolalar
hammasi ko‘chada o‘ynab yurishibdimi, hech kimni topa
olmadim, dedilar.
Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari
onaxonni oldilariga borib: – Buvijon yuring, uyingizga kuzatib
qo‘yaman, dedim.
Ozroq yurganimizdan so‘ng odatiy
past-baland, mayda toshlarga boy
qishloq ko‘chasiga kirdik, shunda
men: – Buvijon, keling qo‘lingizdan
qo‘ltiqlab olaman, deb qo‘llaridan endi
tutaman deganimda: – To‘xta! Mana yengimdan tut, deb
kampir meni urishdi… O‘shanda shunaqa kulgim keldiki.
Zo‘rg‘a o‘zimni tiyib qoldim. Rostda, u
kishi qari bir kampir, men esa
nevaralari tenggi yigit bo‘lsam… To‘yni ham tugatdik. Uyga qaytaman,
sevgilimni ko‘raman… U bilan oxirgi
kunlarda hech xabarlashmaganimiz
uchun qaytishimni kutilmagan
uchrashuv bilan uyishtirmoqchi edim. Kelishimiz kun botar paytga yaqin
bo‘lgani sababli u yashaydigan joyga
qop-qora tunda yetib bordim. Uning
mahallasi tomonga qayrilishda chiroq
yorug‘lari ostida o‘tirib gaplashish
uchun qulay kichikkina joy bor edi. U bilan bu yerda juda ko‘p marta o‘tirib
gaplashganmiz. Hayolimdan shularni o‘tkazib, o‘sha
tomonga nigohimni burganimda
qulog‘imga tanish kulgu ovozi
eshitildi… Sekin borib qaradim. Ha, afsuski, bu
o‘sha men ko‘rishni orziqib kutgan
sevgilim. Lekin, boshqa bir yigit bilan… Balki, shunchaki tanishi yoki
qarindoshidir, deb o‘ylab, o‘zimga
tasalli berardim-u baribir borib, o‘z
ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha
ishonchim komil bo‘lmasdi. Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani uchun
ularga yaqinlashganimni
payqashmadi. Tanish kulgu, tanish
ovozlar, tanish erkalanishlar-u, tanish
sevgi izhorlari… Nahot shu uch kunginada shuncha
o‘zgardimi yoki u doim shunaqa
edimi!? Ko‘zlarim ko‘rmidi!? Qadam tovushimni eshitib ikalasi ham
ortiga o‘girildi. Daxshat…
Hech narsa demadim, indamadim;
alvido iffatsiz sevgilim… Iffat… Shunchalik ham bo‘ladimi
nomussizlik!? Xuddi, avval bo‘lgandek,
avval bormidi shu qizda o‘sha iffat!? Tog‘li qishloqdagi kampir bilan bo‘lgan
voqeani esladim…

Комментарии

  • 12 сен 2013 10:32
    nega unaqa diysiz qiwloq qizlariga nima qilgan ularda nima gunoxlari bor
  • 12 сен 2013 10:39
    Хози қишло, шахар қолдимикан?инсофни узига берсин харкимни....
  • 15 сен 2013 12:48
    bazi qizlar manashunda bevafo va.......... shunaqa b6ladi mana shunday qizlarni xamasini t6plab yoqvorgan b6lardim iloji b6lganda chunki menixam boshimdan 6tgan shu voqeaga yaqinroq shuning uchun men xechqachon qizlarga ishonmayman qizlar sevgini qadriga yetmaydi xamasixam emas bazibirlari.
  • 26 окт 2013 17:48
    albatta xammasi emas...bazi birlari
  • 10 июл 2014 04:12
    Qishloqniyam oppog' deb bumaydiyu lekin shaxarlikla bilan solishtirsak ular gavxar. Ba'zilardan tashqari.
  • 18 авг 2014 15:14
    Agar har bir yigit yoki qiz faqat va faqat o`z sevgan ko`ngil qo`ygan insoni bilan gaplawsa edi...mehr sadoqat ibo hayosi wu insonga qaratilgan b6lar edi.Ko`plari bilan taniwib seviwsa unda mehr sadoqat iffat ham bo`linib ado bo`ladi
  • 18 авг 2014 15:21
    Yigitlar orasida qizlar bn ko`p gaplawgan qizlar orasida ham ko`p gaplawganlari ham bor 50/50
  • 18 авг 2014 15:29
    Agar qizla faqat 1tagina ko`ngil q6ygani bilan gaplawsa mehri sadoqati iffati hayo ibosi boringgki hamma hamma narsasi bo`linmasdan to`la to`kis wu yigitiga beradi sevadi ardoqlaydi
  • 24 янв 2015 14:32
    odamga wunisi alam qilata
  • 18 мар 2015 00:05
    Bu kimi bowidan utgan xikoya?