Kasalxonaning reanimatsiya bölimi...

Palatadagi kravatda bir bola közlari yarim ochiq köyi yotibdi. Uning atrofida bir necha doktorlar asabiy holda turar, onasi chökkalagan holda bolaning qöllarini mahkam tutib olgandi. Bolani shifoxonaga kechikib olib kelishgan, doktorlar ilojsiz ahvolda edi. Ayol yig'lardi. Uning farzandi jon berayotgandi...
Doktorlardan biri engashib bolaga shivirladi: "Uka, kalima keltir, jannatga tushasan..."
Bola boshini qimirlatib qöydida, jim yotaverdi. Doktor yana undan kalima qaytarishni söradi. Bola közini yumib, yana boshini qimirlatardi. Doktor bir-necha marta undan kalima qaytarishni sörayvergach, nihoyat, bolakay bor kuchini töplab pichirladi: ''La illaha illalloh, Muhammadu Rasulalloh". U ohista nafas chiqardi va jon berdi. Bu holni kuzatib turgan onaning yuzlari oqardi, öksib yig'ladi.
Doktor uni yupatarkan söradi: "Nima uchun bolangiz kalima qaytarishni bir necha marta rad etdi?"
Ona yig'idan özini töxtatolmasdi. Uning javobidan palatadagilarning hammasi titrab ketdi: "Chunki bolam soqov edi....."
(Manba: "She'rlar, aforizmlar, hadislar" gr.)

Комментарии