"Mening kabinet" - yangilangan shaxsiy kabinet
Hurmatli abonent!
Sizga yangi "Mening kabinet" xizmatini taqdim etamiz! "Mening kabinet" xizmati bu yangilangan shaxsiy kabinet bo‘lib shaxsiy kabinet va "Online yordam" xizmatlarining imkoniyatlarini o‘zida jamlagan.
"Mening kabinet" - xizmati ushbu manzil orqali amal qiladi:
*. my.ucell.uz "Mening kabinet" xizmati orqali siz qo‘ng‘iroq va boshqa pullik amallar ro‘yxatini ko‘rishingiz, qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish, bepul SMS yuborish va Kompaniya hodimlariga murojat etish imkoniyatiga egasiz.
Shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tish:
Xizmatda ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqamni, hamda bir martalik va doimiy parollarni kiritish kerak.
*.Bir martalik parolni olish uchun telefondan *233# raqamiga so‘rov yuborish lozim.
*.Doimiy parolni ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatish lozim. Doimiy parol 6dan 32 belgigacha bo‘lib, harflar, sonlar va maxsus belgilarni (!@#$%*_ o‘z ichiga olishi mumkin.
Xizmat barcha haqi oldindan to‘lanadigan tizim (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
Ushbu xizmat allaqachon faol xolda.