Medovik torti

Kerakli masalliqlar:
4 ta tuhum
1 st shakar
3 osh qoshiq asal
1 choy qoshiq choy sodasi
1 st o’simlik yogi yoki 200 gr saryog
1,5 st un
List razmerim 20*25
Kremiga:
400 gr qaymoq
1,5 st shakar
Demak:
Tuhumni ga shakarni solib ko'pirtirib olamiz
Hohlasangiz oldin asalni kuydirib tayyor qilib oling va biskvit hamirini tayorlab oling , man bunda mana bu usulda foydalanaman http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=1948.0 faqat unni qo'shmay turing
Asalni olovga qoyib , qaynab chiqqandan so'ng so'dani solamiz hohlasangiz uksusda eriting tami kelmasligi uchun
Va kopik paydo bo'la boshlaydi, doimiy ravshda aylantirib turiladi, rangi meyoriga yetguncha
Rangi hohlagan meyoringizga kelgandan kn margarinni solib eritib olamiz va olovni ochiramiz .
Hosil bo'lgan asalli ko'pikka ko'pirtirilgan tuhumni solamiz va aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massaga unnni solib yaxshilab aralashtirib olamiz ,hamirimiz huddi biskvit hamiriga o'xshagan bo'lishi kerak .
Duhovka listiga pishiriq qog'ozini solib hamirimizni quyamiz .Hohlasangiz ikki urunishda pishirsangiz bo'ladi, man bir urunishda pishirdim
Duxovkaga 180 gr da 20 min da pishirib olamiz .medoviy biskvitini sovutib olamiz.
man duhovka listida pishirganim uchun chetini tekkis qilib kesib oldim , ortgan chet qimini urvoq qilib olish uchun .Korjimizni 4 qisimga biskvitni kesgandek kesib olamiz
Korjlarimizni kremlab chiqamiz.
Ustiga xohlagacha bezak beramiz urvogini atrofiga sepib bezatamiz
Yoqimli ishaha
Eslatma: Manga medovikda ohirgi qilgan kremim yoqdi , juda mos tushdi . Tavakkal qilgandim o'zim .
Krem: 1 l sutga 250 gr jigarrang shakarni solib qaynatamiz , qaynagach olovini past qilib quyultirilgan sut tayorlaymiz, tayyor bo'lishiga yaqin hali suyuq holatida 1 osh qoshiq un solamiz ,yaxshilab aralashtiramiz. 10 gr sariyoni qo'shib erigach yaxshilab aralashtirib o'chiramiz.
Alohida idishda zavarnoy krem , 2 osh qoshiq un+1 piyola sut+ 2-3 qoshiq shakar .

Комментарии