Mevali Muzqaymoq

Kerakli masalliqlar:
1,5 l qaymoq;
300 gr shakar;
6 ta tuxum sarig’i;
100 gr yong’oq;
Mevalar va ta’bga ko’ra vanelin
Tayyorlanishi: Tuxum sarig’i shakar bilan birga aralashiriladi va vanelin ham solinadi. Bu orada qaymoqni asta-sekinlik bilan solib aralashtirilib boriladi. Jarayonni past olovda doimiy ravishda aralshtirgan holda, massa quyulgunicha davom ettiramiz. Massa o’z holatiga kirishib, tayyor holga kelgach, uni sovitamiz va muzlatkichning muzxonasiga solib qo’yamiz. Muzqaymoqni dasturxonga tortishdan avval idishga solasiz va ustini o’z didingizga ko’ra mevalar bilan bezaysiz. Mevalar qiyomsiz, kompot yoki murabbo bilan birga tortiladi. Uning eng ustgi qismiga yong’oq sepiladi.

Mevali Muzqaymoq  - 802847524516

Комментарии