Tovoda mazali Tabaka tayyorlash

@SaraRetseplar
Kerakli masaliqlar:
1 ta butun tozalangan tovuq
Tabga ko'ra tuz
Achchiq qalampir maydalangani
2 choyqoshiq koriandr(kashnichning urug‘i)
1choy qoshiq zira
1choyqoshiq murch
2 oshqoshiq mayonez
Yarim stakan suv
Tozalangan tovuqni yaxshilab yuvib ,
@SaraRetseplar
suvi sirqitiladi va taxtachaga
qo‘yib maxsus bolgacha yordamida tekislanadi
Kashnich urug‘i, qalampir ,zira ,tuz ,mayonez ,murch yaxshilab
aralashtiriladi va tovuqni hamma yog‘iga bu aralashma surib
chiqiladi. Ichki va tashqi tomonlariga.
@SaraRetseplar
Tovani o‘rtacha balandlikdagi olovga qo‘yib ichiga yog solinadi
biroz qizigach tovuqni solamiz va ustini to‘liq yopadigan og‘irroq
tarelka bilan ustini yopamiz. Tarelka ustida ogirroq biror narsa
bostirib qo‘yamiz. Agar ogirroq narsa topolmasangiz kattaroq tosh
bostirib qo‘yishingiz ham mumkin.
@SaraRetseplar
15 daqiqa ichida 2marta xabar oling tovuq kuyib ketmasin agar biror
joyi qorayishni boshlagan bulsa u holda olovni pastlating.
15daqiqadan so‘ng tovuq oltin ranga kiradi,endi olovni ozgina
balandlatamiz va yarim stakan suvimizni yarmini solib yana ustini
yopamiz. Har 2tarafini ham 5~8minutlargacha qizartirib olish kerak.
@SaraRetseplar
Xuddi shunday tovuqni mayonezli aralashma bilan marinovat qilib
duxovkada ham pishirib olish mumkin juda mazali bo'ladi)
Tabakamiz tayyor endi uni istakka ko'ra dastirxonga dimlangan
guruch ,yoki sabzavotlar ,qovurilgan kartoshka bilan tortishimiz
mumkin. Lekin eng keraklisi sous esdan chiqmasin. Chunki
tabakaga yanada maza kiritaoladigan narsa bu sousdir.
@SaraRetseplar
Sous tayyorlash:
2 bo‘lakcha sarimsoq piyoz yaxshilab maydalab olamiz
Yarim bog' kashnich mayda to‘gralgani
1stakan pamidor soki
Tabga ko'ra tuz va qalampir
Barchasini yaxshilab aralashtiramiz va dastirxonga tortib mazza qilib
yimiz.
@SaraRetseplar https://telegram.me/joinchat/AAAAAEI4uANzlhYvKhdjiA

Tovoda   mazali   Tabaka   tayyorlash  - 858258374820
Tovoda   mazali   Tabaka   tayyorlash  - 858258374564
Tovoda   mazali   Tabaka   tayyorlash  - 858258374308
Tovoda   mazali   Tabaka   tayyorlash  - 858258374052
Tovoda   mazali   Tabaka   tayyorlash  - 858258377636

Комментарии