Sog`liq qadrini bil.

Sog‘liq qadrini bil, xasta bo‘lmasdan burun,
Xastalik shukrini qil, toki o‘lmasdan burun,
Bo‘z yer qadrini bil, daryoga to‘lmasdan burun,
Kemada hushyor o‘tir, girdobga kelmasdan burun,
Yoshlik qadrini bil, toki ulg‘aymasdan burun.
Ulg‘ayding ko‘nglingdadur, yolg‘on jahonning qayg‘usi,
Tillaring g‘iybat kasb, rost, yolg‘on so‘z aytgusi,
Ko‘zlaring go‘zal ko‘rib, seni gunohga qo‘ygusi,
Xotirang yuz ming parishon katxudolik qayg‘usi,
Ne ajab, xushhol eding, o‘zingni bilmasdan burun.
Yaratgan yodingdadur, boshing yomon holda ekan,
Yuz kun o‘tsa yodingga kelmas, balli-xush holda ekan,
Umringni behuda tutma, fursating qo‘lda ekan,
Keksa bir bodi qazo cho‘ldur sara gulday ekan,
Gulni yodingdan chiqarma, toki so‘lmasdan burun.
Aqlu hushingga yetishding, aylading sayrona san,
Istading, jam aylading, bu kunni ham vayrona san,
Hech xabaring bormidi, bu dunyoning mehmoni san,
Qilmading, bir dam qanoat, Tangri bergan nonga san,
Ozig‘ing tayyor qil, karvon ko‘chmasdan burun.
Qolmamish bu ko‘hna dunyo istagu ming zoringga
Ko‘p quvonma, ikki kunlik yegan-ichgan noningga,
Tur, sahar Maxtumquli, yig‘la bugun o‘z holingga,
Erta ul Mahshar kuni derlar uyg‘onmasdan burun.

Комментарии

Комментариев нет.