Qizlar bilan qanday tanishish

kerak? Mavzu nomidan yigitlar
qiziqib qolgani aniq
Kompyuterimda shu haqida
maqola bor ekan, uni sizlar
bilan baham ko'rishni lozim topdim! Demak boshladik!
Qizlar bilan ilk marotaba
tanishganda shunday
hatoliklarga yo`l qo`yamiz- ki,
keyinchalik bular bizning
munosabatlarimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi.
Albatta, ko`pchilik bunday
holatlarni yuzlarida tabassum
bilan yodga olishadi. Lekin bu
holatdan doimo ham kulgu
bilan chiqib keta olmaysiz. Shu sababli qizlar bilan tanishishdan
avval quyidagilarni bilib
o`lsangiz o`zingizga foyda
bo`ladi.
1. O`ZINGIZNI MUHABBAT
ASIRIGA AYLANTIRMANG U haqda kamroq o`ylang.
Hayolingizda uning tasvirini
chizishni ham bas qiling. Ayolga
sizning fikrlaringizni band
etishga imkoniyat bermang.
Agar shunda ham muhabbat dardiga duchor bo`lsangiz, unga
buni bildirmang. Albatta,
ayollarda ichki hissyot juda
rivojlangan. Bu sizga qiyin
bo`lishi mumkin. Agar u sizning
yaxshi ko`rishingizni payqasa, bu sizga jarima bo`ladi. Ayollar
bilan bo`ladigan aloqalarning
barchasini yakkama- yakka
o`ynladigan o`yinga qiyoslash
mumkin. Siz keyingi
uchrashuvlarni hayajonga berilmagan holda rad eting.
Unga ko`p qo`ng`iroq qilmang.
Siz qilayotgan qo`ng`iroqlar
soni u sizga qilayotgan
qo`ng`iroqlar sonidan ortib
ketmasin. Ammo, ataylab qilayotganingizni
sezdirmaslikka harakat qiling.
Yodda tuting: agar bu qism
shartlarini bajarmasangiz,
qolgan shartlar o`z kuchini
yo`qotadi! 2. AYOLNI YAXSHILAB O`RGANIB
CHIQING Siz o`zingiz uchun
yangi yo`nalish toping. Qizni
"skaner" qilib, "rentgen"dan
o`tkazib o`rganing. Muhimi
uning qalbiga yo`l toping. Uning qiliqlari, qiziqishlari, yomon
ko`rgan narsalarini bilib oling.
Agar u termush qurgan bo`lsa,
extiyot bo`ling. Eng asosiysi
uning turmush o`rtog`ini
yomonlamang. Yaxshisi uni himoya qilishingiz to`g`risida
ikki og`iz gapirib qo`ying.
3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA
E`TIBORLIROQ BO`LING Tashqi
ko`rinish o`zaro aloqalar
o`rnatishda muhim rol o`ynaydi. Agar ayol sizga "erkak
kishi maymundan farq qilsa
bo`ldi", desa, ishonmang!
Albatta, go`zallik bu nisbiy
tushuncha. Agar sizdab ter hidi
kelib tursa yoki tirnoqlaringiz osti kir bo`lsa, yaxshisi siz
tanishish haqida o`ylamang.
Kiyim ham bu borada muhim
unsur hisoblanadi. Hayotda
avval soatini, keyin botinkasini,
so`ngra yigitning o`zini yoqtirib qolgan hodisalar ham uchragan.
Biroq kiyimga katta e`tibor
berish ham talab etilmaydi.
Muhimi ular toza va o`zingizga
yarashib turadigan bo`lishi
lozim. 4. "ERKAK BO`LING"
Xarakteringizga katta e`tibor
qarating - qiyin vaziyatlarda
his-hayajonga berilmasdan,
hazil bilan vaziyatni
yumshating. Jiddiylikni saqlang. Mimikangizning holatiga ham
alohida e`tibor bering. Ayollar
masxaraboz erkaklarni
yoqtirishmaydi. Qizni turli
laqablar ("mushukcham" va
boshqalar) bilan atamang. Yengiltaklik, bolalarga hos
qiliqlar qilmang. Agar u sizga
"Huddi yosh bolaga o`xshaysiz-
a", desa, tamom.
Munosabatlaringizni yaxshilash
yo`llarini qidiravering. Ayollar aqlli erkaklarni yoqtirishadi.
Lekin siz buni suyiste`mol
qilmang. Uning fikrlarini
o`zingizning "temir
mantig`ingiz" bilan bo`lmang.
Bu holat munosabatlarga yomon ta`sir o`tkazadi.
5. ZIQNALIK QILMANG Ayollar
ziqna erkaklarni hush
ko`rishmaydi. Agar sizda
moliyaviy muammolar bo`lsa,
go`zal xonimlar haqidagi orzularingizni unuting.
Cho`ntagingizga pul tushsa,
o`zingizga yaqin bo`lgan qizni
restoranga taklif qiling. U yerda
unga eng qimmat taomlardan
totib ko`rishni maslahat bering. Statistika ma`lumotlariga ko`ra
bunday sahiylikka mahliyo
bo`lgan ayol, biron-bir arzonroq
taomga buyurtma berishi
aniqlangan. Ko`plab arzon
sovg`alarga ovora bo`lmasdan, bitta qimmatini sovg`a qiling.
Siz ayolga o`z qarashlaringizdan
kelib chiqib emas, balki uning
ko`nglidagi narsani sovg`a
qilishga harakat qiling. Shuni
unutmang-ki, ortiqcha qilingan harajat ham qizning ko`nglini
sovutib qo`yishi mumkin. Agar
sizlar taksiga o`tirib, unga
keragidan ko`p pul bersangiz,
siz haqingizda qiz quyidagilarni
o`ylashi mumkin: - Ahmoq, bu pul bilan yarim kun aylansa
bo`lardi. - U taksida juda kam
yuradi. - U savdolashishni
bilmaydi, u bilan uzoqqa borib
bo`lmaydi. - U mening yonimda
o`zini shunday tutyapti. Demak, tushunchasi yaxshi emas ekan.
6. UNI TINGLANG VA AKSINI
BAJARING Gap shundaki
qizlarning ko`pchiligi o`zlari
o`ylayotgan narsaning
reskarisini so`rashadi. Agar biror qiz sizni hech qachon
sevib qolmasligini aytsa, bu
haqiqat bo`lishi mumkin. Lekin,
ko`p hollarda buning aksi bo`lib
chiqadi.
7. ALOQALARGA ANIQLIK KIRITISHGA HARAKAT QILMANG
Qiz sizni sevadimi-yo`qmi,
bilishga harakat qilmang.
Undan bugun nega kayfiyati
yo`qligini, shirin so`zlar bilan
sizni siylamayotganligi haqida so`ramang. Biror marta bunday
suhbat sizlarning boshingizdan
o`tgan bo`lsa, butun umrga
yutqazdim deb hisoblayvering.
8. UNGA MASLAHAT BERMANG
Har qanday holatda ham ayollarga maslahat bermang.
Qanday bo`yanadi, qanday
kiyinadi, o`zi hal qilsin. Buni u
o`ziga nisbatan haqorat deb
qabul qilishi mumkin. Hatto u
o`zining bugungi hunuk ko`rinishi haqida fikringizni
so`rasa ham sizning
nigohlaringizda undan go`zali
yo`qligini ayting. Ilmiy yoki ish
yuzasidan maslahatlarda esa
boshqacha yo`l tuting. Ularda ham ehtiyotkorlik talab etiladi.
Yaxshisi siz u sizning oldingizga
qo`ygan variantlar ichidan
keraklidini tanlab olishga
yordam bering.
9. O`ZINGIZGA ISHONING Bilasizmi, kecha siz havas bilan
qarab turgan qiz bugun sizniki
bo`lishi mumkin. Umuman
tanishib bo`lmaydigan ayollar
yo`q. Ular ham biz istagan
narsani hohlashadi. Bizningcha siz shu qizning orzusidagi
yigitsiz. O`zingizga ishonch
bilan qarang. Lekin o`zingizni
birnchi o`ringa qo`ymang.
Ayollar egoistlarni
yoqtirishmaydi. Agar siz shu qoidalarga amal qilsangiz
o`ylaymizki ko`nglingizdagi qiz
bilan tanishish sizga ancha oson
bo`ladi.

Комментарии