2 янв 2018

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarimiz.

Sizlarni kirib kelayotgan 2018 yil bilan muborak bod etaman. Avvalam bor bu Ona zaminimiz tinch osmonimiz doimo musaffo bo’lsin. Yurtdoshlarimizning xamda qo’shni davlatlardagi bizni kuzatib boruvchi do’stlarimizni xam birdek tabriklab, eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. CHINA LEASING IMPEX jamiyati jahbari sifatida bayram tilaklarimni bildirmoqchiman!!! Xammani birdek ishi yurishgisi, yaxshi yashagisi, orzu maqsadlariga qisqa muddat ichida erishgisi keladi va bu xarakatlar oqibatida o’zimiz uchun eng aziz ne’mat nimaligini unutib ko’ygandek bo’lamiz!!! Aslida inson uchun xayotda yashashdan ortiq baxt yo’qligini kech tushunamiz. Do’stlar insonga xayot bir marotaba berilgan ekan, siz uni o’zingiz uchun, oilangiz farzandlaringiz uchun asrab avaylang. Siz musaffo osmonni, Baxor, Yoz, Kuz, Qish faslini o’z ko’zingiz bilan ko’rib yashab turubsiz, demak siz baxtlisiz !!! Yomg’ir Qor Kuyoshni ko’rib turibsiz...! Ko’kragimiz to’lib nafas olib turibmiz, aytinglar bundan ortiq baxt bormi biz uchun?! Yashashdan, uzoq umr ko’rishdan ortiqroq baxt yo’q inson uchun!!! Shunday ekan, o’zingizni asrang aziz yurtdoshlar. O’z baxtini tushunib yetgan insonni xamisha ishi to’gri, maqsadli, yaxshi niyatli, xamda omadli bo’ladi deb o’ylayman. Yurtboshimizning Tadbirkorlarni yanada rivojlantirish, ularni qo’llab quvvatlash, juda katta imkonyatlarni yaratib berish haqida tinimsiz gapiryaptilar. Bu gaplar bejizga emas, bu yaqin kelajakni qanday tasavvur qilish siz bilan biz tadbirkorlarning bu kungi harakatimizga bo’glik. Bizdan kelajakka rivojlangan davlat qolsin, bizdan yangicha ish uslublari, yangi g’oyalar takliflar ma’lum bir joygacha qilingan aniq kelajagi bor loyihalar, zavod, fabrikalar qolsin. Siz bilan bizdan izlanish yaratuvchan bo’lish tinimsiz aqliy mexnat qilishdek to’siq turadi xalos. Vaholangki, barcha harakatlarimiz shu yurt uchun- oilamiz, maxallamiz o’z kelajagimiz uchun deb xisoblayman. Azizlar bu o’tib borayotgan yillarni bejizga shundoq yaxshi natijalarsiz o’tkazib yubormang. Ishda yutqazish, yutish har doim bo’ladi. Tadbirkor bir kunni kutib ishlaydi va o’sha kun albatta keladi, qilgan mehnatingiz zoya ketmaydi aynan shu ishdan foyda ko’rmagan bo’lsangiz xam chekinmang, siz bu qilgan mexnatingiz zaminida to’gri yoki noto’ri qadam tashlanganini ko’rdingiz va nimanidir tushunib yetdingiz. Axir ertaga bu ishlarni o’z farzandlarimiz aka ukalarimiz davom qilishadi ularga bizdan mol dunyo qolmasada to’gri fikrimiz bilan yordam bergan, to’gri yo’l ko’rsatgan bo’lamiz bu xam bir baxt emasmi?! (Bu mening shaxsiy fikrim). Yana bir bor o’zim nomimdan va jamoamiz nomidan xammaga sog’liq, baxt omad tilaymiz. BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN AZIZ YURTDOSHLAR!!! BEKHZOD ISMAILOV

Комментарии