18 дек 2014

Rossiyada Gentra, Matiz va Nexia

xaridorlari sovg‘a sifatida Matiz
yutib olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi
GM Uzbekistan kompaniyasining
Rossiyada Uz-Daewoo brendi ostida
sotiladigan Gentra, Matiz va Nexia
avtomobillarini 2014-yil 20-
noyabrdan 31-dekabrgacha sotib
olgan xaridorlar sovg‘a sifatida
Matiz yutib olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Bu haqda Rossiyadagi Uz-
Daewoo saytida ma’lum qilingan.
Foto: daewoo-tula.ru Avtomobillar sotilishini ko‘paytirish
maqsadida amalga oshirilayotgan
ushbu aksiya davomida Gentra,
Matiz va Nexia avtomobillarini sotib
olgan xaridorlar sovg‘a tariqasida
10 ta Matiz, xizmatlar uchun 25 ta
2000 rubllik chegirma, 60 ta esdalik
sovg‘a va avtomobil uchun 25 ta
3000 rubllik chegirmalardan birini
yutib olishi mumkin.
O‘z navbatida, “Gazeta.ru”ning
xabar berishicha, rubl
qadrsizlanishi oqibatida Rossiyada
xorijda ishlab chiqarilgan
avtomobillar sotilishi to‘xtab
qolgan. Distribyutorlar dilerlarga
avtomobil yetkazib berishni,
dilerlar esa aholiga avtomobil
sotishni to‘xtatgan. Qayd
etilishicha, hozirda Rossiya
bozorida avtomobil
yetishmovchiligi kuzatila
boshlangan.

Комментарии

  • 18 дек 2014 17:47
    Rossiyadan o'zbekistonga curuz opketsa rastamochkasi qancha  b6ladi biladigonla yozivoringla jovob uchun oldindan raxmat