MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

(31 - Qism...)
Ibodat qilayotgan ayolimni ko`rib meni o`zgacha, yurug` hislar qurshab oldi. U bilan oyla qurganimizdan buyon, turli holatlarda, tez-tez duolar aytayotganini eshit qolardim, lekin nomoz o`qiyotgani birinchi bor ko`rib turishim edi. Ruku`, sajdaga borishlari, oyatlar pichirlab bag`oyat teran laffuz qishi, meni sehrlab qo`ydi, go`yo.
Ko`rinib turibdi, nomoz o`qishni kech, yoki bugun o`rgan ayolga o`xshamasdi, jufti halolim.
Qo`llarini duoga ochganda, turgan yerimda cho`kka tushib men ham qo`llarimni duoga ochdim. Uning ko`zida yosh bilan, Parvardigordan - ``Jufti halolimni!`` deb duo boshlaganini eshitib, butun vujudim, ilohiy bir tuyg`udan titrab ketdi. Ko`zlarim oldidagi tasvir mavjlanib, qaroqlarimga yosh quyuldi. Juftuhalolimning pichirlab, uzundan-uzoq aytayotgan duolari, qulog`imga elas-elas eshitib turardi, ollohga iltijo qilganisayin, ko`zyoshlarim sel bo`lib oqardi, sira tutolmasdim.
O`zi uchun ollahdan hech narsa so`ramadi.
``Jufti halolimga!`` der edi.
Duolarini tugatgach, men ham yuzimga kaftlarimni bostim, tomchilar kaftim ortiga berkitdim. Ko`zyoshlardan kaftlarim nam bo`ldi. Madina ibodatni yakunlab o`rnidan turdi. Meni ko`rib birzum, jim turib qoldi.
- Assalom alaykum! - deya oyoq uchida, yaqinlashdi.
- Jazokallohu xayron, - qalbimda kechayotgan tuyg`ularimni tariflashga til ojiz, - Va`aykum assalom. Ibodating qabul bo`lsin, azizam...
Nechundur hijolat tortgandek boshini egib oldi. Huddi uning nomoz o`qishimga men qarshidek! Bu hol turishidan, ko`nglim g`ashlandi.
``Azizam boshingni ko`tar!`` demoqchi bo`lib yaqinlashgandim. Biroq dilimga boshqa o`y keldi.
``O`zing kechir tangrim!``
Bolaligimdan oyim nomoz o`qishni o`rgatgan edilar. Yoshlikgimda men ham, oyimning o`gitlariga quloq tutib, besh vaqt nomoz o`qirdim. Biroq keyinchalik, o`smirlik davrlarim, o`qish, ish deb, ko`cha kezib, taxorat olishga erinib, dangasilik, hudbinlik qilib bora-bora o`qimay qo`ygandim. Afsus!
Ayolimning ko`zyoshlardan yuvulgan bokira nigohlariga, qarashgada o`zimda kuch topolmay, ko`zlarimni olib qochdim.
``Tavba qildim... Rabbim o`zing kechir, mendek osiy bandangni!``
Asta Madina tomon qo`l cho`zdim, peshonasidan opib yuziga yuzimni bosdim.
- Shu sonyadan boshlab, senga munosib bo`laman. Ollohim amir qilgan, o`z farzlarimni bekamikus bajarishga harakat qilaman! - asta bag`rimga bosdim, - Olloh bergan sinovlarda sabirli bo`lib... Haq yo`lda yurib, o`zidan shafqat so`raymiz! -dedim.
- Men! - shivirladi, - Men... - biroq so`zini tomog`iga tiqilib, ko`ksimga yuzini boshdi. Belimdan asta quchdi.
Huddi farishtani quchib turgandek, ilohiy hislanini tuydim. Ko`nglimga yorug`lik to`lgandek, yengil tortdim.
``Ollohga behisob shukurlar bo`lsin. Sendek jufti halol bergani uchun!``
Birdan yig`lab yubordi!
- Kechiring! Barcha g`am-tashvishlarizga sababchi menman!
- Kechirim so`rama, - erkalab, yelkalarini siladim, - Har gal o`zingni ayblasang, ichimdan bir narsa uzulib ketgandek bo`ladi. Sendan o`tinchim ortiq, o`zingni ayblama! Qarshingda o`zimni notovan, nochor kishidek his qilishimga, majbur qilma, azizam!
Boshini irg`ab qo`yarkan, ohista ko`ksimg yuzini qo`yib, mahzun pichirladi.
- Cho`riz bo`lib, hizmatizni qilay, umrim ohirigacha haqqizga duo qilay begim! - ko`ksimga kaftini tirab, asta siladi, - Tog`im bo`lib, hamisha yonimda turing ilohim!
- Ilohim, azizam ilohim... - kipriklarida osilb turgan durdek donalarni, barmoqlarim uchida sidirib oldim. - Ortiq yeg`lama! Ishon... Mana ko`rasan, hali hammasi yaxshi bo`ladi. Oylamiz bizni, tushunishadi...
- Yo`q, qabul qilishmaydi!
- Umidim yarmi senda. Sen umidsizlanma! Men ishonaman, Olloh bor, u ko`rib turadi... Faqat sen ham ishon azizam, ishon...
Ishonaman, bir kun sinovlar ham tugaydi. Oyim ham, akam ham kechiradi. Ollohdan so`raymiz, ularni diliga solsin.
* * *
Hammasi asta iziga tusha boshladi. Pochchamizning tavsiyasi bilan, bir savdogarni yuklarini tashib berishga yollandim. Mashinam bor, ombordan yuklarni bozor rastalariga tarqatib beraman, yana bazi yumushlar bajaraman. Mashina o`zimniki bo`lgani uchun yaxshigina haq olaman. Madina esa, Barno opaga ko`maklashib salonda ishlay boshladi.
- Begim turing! - bomdot nomozidan so`ng, qayta o`ringa yotgandim, uhlab qolibman. - Turing ishga kech qolasiz! -deya uyg`otdi.
- Tong ottimi? -dedim, uyqudan bazo`r ko`zimni ochib.
- Qachoni edi!.. Soat 8:00 da ketaman devdiz?! Bo`ling turaqoling, yuvunib, kiyinib, choy ichib olishga 10 daqiqa vaqtiz bor... -dedi.
- Eeeeh, azizam! Nega vohliroq uyg`otmading-aaa? - o`rnimdan turdim, vannaga shoshdim. - Ko`ylagimni dazmolladingmi?...
- Allaqachon tayyor...
Yuvunib, kiyinib, taranib bo`lgunimcha, qolgan 10 daqiqa vaqtim ham tugadi.
- Nonushta tayyor kelaqoling!
- Endi jonim nonushtani o`zing yeysan... - telefonni soatiga qaradim, - Men tezroq ishga borishim kerak! -dedim.
- Hali voqtiz bor! - yo`limni to`sib, ayyorona jilmaydi. - Barcha soatlarni 30 daqiqa oldinga surib qo`ygandim... -dedi, zavqlanib kulib.
- Aaaa! - kulgani uchun, yolg`ondan qovog`imni soldim, - Rostdanmi? -dedi.
- Hmm! - qovog` uyganimni ko`rib, yuzidagi tabbassumi g`oyib bo`ldi, - Men...
- Ustimdan kulyabsanmi? - keskin so`zini ilib ketdim, - Indamagan sari, jaaa!
- Yo`q, undaymas... - dedi.
- Bilasanmi hozir seeennn! - ovozimni dag`allashtirdim, o`zimi asabiy ko`rsatdim, shu asnoda undagi o`zgarishni ham kuzatdim. - Hozir sen... Zo`r ish qlding, jonim! -dedim kulib.
- Vooy... Yolg`ondan jahil qilayotganmidiz? -dedi.
- Ha... Qalay, bajjahil er obrizga yaxshi kirdimmi?
- Qo`rqitvordiz! - chuqur nafas olib, chiqazdi. - Rostdan jahliz chiqib ketibdi, deb o`ylabman... -dedi hursunib.
- Farishtan, eringdan nega qo`rqasan? Menam shunchaki hazillashdim, jahlim chiqqan paytda, o`zingni qanday tutishingni ko`rmoqchi edim!
Jilmayib, kuldim.
- Ooo-o-o! - hazilimdan, endi uing qoshlari tutashdi, qo`lini musht qildi, - Hotinizni jahli chiqqandachi? - dedi, o`zini biroz jahildor ko`rsatib.
- Bu holatda men... - yuzidan chup etib o`pib qo`ydim, - Mundoq qilaman... Aniq bilaman, yoqimli tabassum va o`pichdan suyukli yorim moydek erib ketadi... Harqalay eringni urmasang kerak-aa? -dedim, hazilomus jilmayib.
Yuzi yal-yal yonib, jilmaydi. Qo`lini cho`zib yoqamni to`g`irlab, tugmchani asta taqdi.
- Har kuni, narida-beri choy ichasizmi, yo`qmi shoshib ketyabsiz! Bugun, bemolol gaplashib, nonushta qilgim kelgandi... Soatlarni ham shunchun srib qo`ygandim! - nonushtaga o`tirarkanmiz kulib, erkalanib gapirdi, - Aslida, haqqim bor-ku, begimni yonimda ko`proq bo`lishga?
- Albatta, jonim...
Odatdagidek, qo`llari shirin, jufti halolimning totli taomlaridan, tanam yayrab tanovul qildim.
- Qo`llaring dard ko`rmasin jonim...
- Osh bo`lsin... - telefonni soatiga bir qarab oldi, - Begim 5 daqiqa vaqtiz qoldi!
- Unda yaxshi qol, men ketishim kerak... - dasturxon haqqiga duo o`qib, o`rnimdan turdim, - Jonim, o`zingni ehtiyot qil... Barno opaga salom ayt!
- Begim haligi! -dedi, bir narsa deyishga chog`lanib.
- Gapir, biror narsa kerakmi? Qaytishimda obkelaman.
- Umm yo`q... Anovi devonni tagidagi pullarni nima qilasiz?
Akam bergan pullarni qayerga qo`yishimni bilmay, yotoq devonimiz tagiga yashirib qo`ygandim.
- Bilmadim o`zim ham hayronman! Sen nima qilmoqchi eding?
- Hechnima... -dedi, havotirlanayotganini sezdirib.
- Qo`rqyabsanmi? - bosh irg`agani ko`rib, kulib yubordim. - Boyxonim bo`lib, pullar ustida yotmisanmi, mazza qib?
- Juda katta pul, shaytonga o`xsharkan! Yurakka vohima solyabdi. Biror joyga berkitib qo`ying! -dedi.
- O`zing berkitib qo`yayoq?
- Qayoqqa?
- Sandig`inga!
- Sandig`im yo`g`uuu?
- Yo`q bo`lsa sotvolamiz, faqat keyinroq, - soatga qaradim. - Ahh jonim, meni kech qoldiryabsan! Ketishim kerak...
- Tushlikka kelasizmi?
- Harakat qilaman. Javobimni telefon qilib aytaman jonim...
- Yaxshi boring...
Madinam, soatni surib qo`yib zo`r ish qildi. Bu kungi nonushtani bemalol, mazza qilib tanovul qildim.
Ohh mening go`zal, malagim shunchalar qattiq sevadiki, bazan baxtdan boshim aylanib qoldi.
``Boringa shukur jonim!``
Iloji boricha ko`chada ovqatlanmaslikka harakat qilaman. Tushlikda ham uyda, rafiqat bilan birga o`tishni maqul ko`raman. Tushga yaqin qolgandi, do`konlardan qaytgan, mahsulotlarni omborga olib kelayotgan edim. Yo`lim uyim yonidan o`tadi. To`xtab, Madinaga qo`ng`iroq qildim. Ovqati tayyor bo`lsa, biryo`la tushlik qilib olish maqsadida.
- ``Alloo!``
- ``Jonim ovqating tayyor bo`ldimi?``
- ``Endigina unnadim!``
- ``Bo`lmasa, ishimni bitirib, qaytaman!``
- ``Shoshmen!``
- ``Ha jonim!``
- ``Aaaa! Oyim keluvdilar!``
- ``Oying?`` - hayron bo`ldim, uni oyisi olamdan o`tgandiyu! - ``Oyinglara?``
- ``Oyimiz!``
- ``Oyimlarmi?`` -dedim. Negadur ichim shuv etib ketdi.
- ``Haaa!``
- ``O`zi yaqnroqda edim! Hozir kiraman!`` -deya telefonni qo`ydim.
Oyim nega keldilar? Meni sog`inibmi? Balki hozir Madinani tuzlayotgandurlar!
Ko`nglimni vahima bosib uyga uchdim. Eshikdan kirdimu, qarshimda turgan sandiqni ko`rib hayron qoldim. Bu sandiq oyimni uylarida turardi, kelin uchun sarpo-suruq, latta-putta yeg`ardilar. Oyim bilan Madina oshxonada edilar. Oyim nimalarnidur tushuntirar, Madina tinglardi.
- Assalom alaykum!
- Va`alaykum assalom. - yuz-ko`zimga mehir bilan termuldilar va quchoqlarini ochdilar, - Yaxshimisan o`g`lim?
- Hush kepsiz oyijon!
Yoshboladek o`zimni quchoqlariga urdim. Oyimni mahkam quchgancha, hidlariga to`ydim. Hol, ahvollarini so`rab bo`lgach, tushlik dasturxoniga taklif qildim.
- Oyi akamlar, yangamlar, jiyanlarim yaxshimi?
- Hammalari yaxshi, yurishibdi...
- Yaxshi... - eshikdan kiraverishda turgan sandiqqa ishora qildim, - Oyi bu sandiqni siz opkeldizmi?
- Haaa... - oshxonada yurgan, Madinaga bir qarab oldilar, - Ichida kelinimga deb atadgan narsalarim bor... -dedilar.
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... - 866192177008

Комментарии