______Jannat izlap 2f 4 q______ ...

Javoxir meni javob berishimni kutmadi,barzangilarga ishora qildi.Ular Muxsina tomonga bormoqchi buldi,lekin u yonidan tuponcha chiqarip Javoxirni nishonga oldi.
-Bu seni qutqara olmaydi-Javoxir xotrjam qullarini qovushtrdi...
Muxsina bir zum jim turdi...Sóng tóponchani olip ózini peshonasiga quydi...
-Iloyim xudodan top-pichrladi...Men uni tuxtatishga ulguradigan nimadir demasimdan tepkini bosdi...
Muxsina oxrgi tomchi yoshi kózida qotip qolguncha, yerga jonsiz yiqildi...Ustimga qon sachradi...
Yoniga bormoqchi...nimadir qilmoqchi bulip xarakat qildim,lekin Javoxir meni ushlap qoldi...
Telbalarcha baqrip yig'ladim...uni qulidan chiqishga xarakat qildim...Javoxirni tirnalap tashladim...lekin kuchim yetmadi....
Xonaga kimlardir yugurip kirdi...Kimlardir esa Muxsinaga yaqinlashishga qôrqancha ózini chetga oldi...
Lekin faqat men uni qutqarish mumkin deb xisoblap,u tomonga bormoqchi buldim....
Afsus....boshidan oqqan qonga belangancha butun umrga uyquga ketgan Muxsina xarakatsiz yotardi...Kuzlari ochiq ...oxrgi tomchi yosh qon aralash oqardi...
Menimcha bunchalik daxshatli...bunchalik qurqinchli manzara yoq dunyoda...
Bir inson kuzim birla ilojsizlikdan jon berdi...
-Tinchlantiruvchi!!!-kimdir baqrdi...kimdir igna sanchdi...
Toki kuchdan qolgunimgacha Javoxirni qulidan chiqip ketishga urundim...Kuchdan qolgach esa endi xech narsa qilolmasligimni tushundim...
Men sevgan....lekin yaxshi bilmagan kózlarga qarap uyquga ketdim...
*******
-Sen uni óz joniga qasd qilgani xaqida guvoxlik berishing kerak!!!-Javoxir ôzimga kelip ulgurmasimdan nima qilishim kerakligini buyurdi.
Men endi uni aytganini qilishni xoxlamasdim...Chunki uni asl yuzini kurip bulgandim...
-Yoq....uni siz óldrdiz-unga nafrat bn qaradim.
-Kórish qobilyating yomonlashyaptimi?-menga g'alati qaradi.
-Siz....siz majbur qildingiz uni bu ishni qilishiga...
-Naxotki???-kuzlarini katta katta ochip xayrat bn qaradi-men ózini ózini óldrdi deb óylapman...
Ustimdan kuldi...shu xolatda xam...
-Siz qotilsiz...Qotil!!!
-Kimnidir noxaq ayblash xam jinoyat!!!
-Men ularga aytip beraman...Xammasini...qizi bn erini qanday garovga olganizni xam...
U bir zum meni jiddiy gapryotganimga ishonch xosil qilish uchun jim turdi...Tuzu birdan jiddiy xamda sovuqon tus oldi...
-Men sichqonlarni tami keladigan bótqaga órganganman Shodiya.Bu men uchun begona emas...Ammo sen jinnixonada sóli yormasini yeyishga órganganmisan?..... Axir "telba" bólish judayam osson...Ayniqsa óz óg'lingni óldrmoqchi bólganingdan sóng...
Bu taxdid edi...yumshoq ovozda...mexr bn aytilgan...
-Xósh farishtam guvoxlik berasanmi?
U men sevgan Javoxir emas...u uni shaklidagi iblis...iblis!!!
-Men barbir xaqiqatni aytaman...
Jinnixona meni qôrqitadigan joy emas...Umuman xech narsa meni xaqiqatni yashirishga majbur qilolmaydi.Men endi avalgi Shodiya emasman...
-Yaxshi...xudoni ózi guvox!!! Men sen bn yaxshilikcha kelishmoqchi edim...
U órnidan turdi...Eshikdan kimlarnidir imlap chaqrdi...
-Afsuski rafiqamni eski kasali yana xuruj qildi...
-Biz faqat bir ikta savollarni beramiz...
-Javob bera oladi deb aytaolmayman...U xozr xatto meni xam tanimayapti...
-Nima???-baqrip yubordim-u yolg'on gapryapti...Men telba emasman.U qotil!!! U Muxsinani ólishga majbur qildi...Uuuu!!!
Javoxir menga afsuslangandek qaradi...
-Aytgandimku...
-Yoq!!!-órnimdan turmoqchi buldim-iltimos menga ishoninglar...U qotil.Meni xam óldrmoqchi...U Muxsinani oilasini garovga olgan...U jinoyatchi!!!
Oyogimni yerga quymoqchi bulishim bn og'riqlar xuruj qildi...Qadam tashlay olmasimdan yerga yiqildim...
-Shodiya!!!-men tomonga yordamga otildi-xech qayring shikaslanmadimi???
-Siz qotilsiz...Qotil!!!
-Kel joyinga yotishga yordamlashaman-u meni kótarip olmoqchi buldi.Lekin men uni urdim...Qarshilik kursatdim...Yuzini tirnadim...
Ózim xoxlamagan xolatda ôzimni telbalardek tutdim...
Yana xamshiralar kelip igna sanchdi...Faqat bu safar igna kirga joy kuchli og'riq berdi...
Men shunchaki uyquga ketmadim...balkim ôzimni judayam yomon xis qildim...
Kunglim aynidi...kuz oldim qorong'ulashdi...ammo xushimni yuqotmadim...
Atrof bir biriga qôshilip ketdi...yer karuseldek aylandi...
Kimdir meni kutarip oldi shekilli...badanimda uni qullarini xis qildim...Ammo ózini kóra olmadim...
Qanaqadir tubsiz jarlikga qulladim...Lekin qanday qulayotganimni...yonimda Javoxir qanday qarap turganini aniq kurdim...
*****
Uyg'ondim kuchli kôngil aynishidan...lekin kup uyg'oq tura olmadim...Yana xushimdan ketdim...
Buni xushdan ketish deb aytish xam qiyin....chunki uyg'oqdek turardim...bir biriga qoriship ketayotgan dunyoni kurardim...lekin qimirlay olmasdim...
Ôzimga kelgach esa bir necha daqiqa atrofni kura olardim xolos ...
Kein yana bari chayqaship ketardi...
Men ôylolmasdim...chunki butun fikrim tanamni nimtalap borayotgan og'riqda edi...
Ayniqsa bu og'riqni qoldrish uchun xech kim xech narsa qilmasdi...Rozi edim xech bulmasa 5 daqiqa uxlashga...va bu og'riqlarni unutishga...
Lekin ataylap qilishgandek uyqu kelmasdi...aylanayotgan atrof...va baland ovozlar ichra xarakatsiz yotardim....
Bu bir necha marta takrorlandi...Ózimni qayerdaligimni...nima qilayotganimni bilmadim...
Faqat xamshirani....va qanaqadir osma ukollarni kurdim xolos...
Oxrgi marta uyg'onganimda mendagi yara bitayotganini...lekin barbir ózimni yomon xis qilayotganimni tushundim...
Atrofga zórg'a qaradim...Kôzim begona eskiroq xonaga tushdi...
-Oppoqoy!!!-qanaqadir sochi tuzgigan órta yoshli ayol kirdi...Menga qarap xunik tishlarini kursatguncha jilmaydi...
Ammo xamshira kirip uni junatip yubordi...Yangi osma ukolni uladi...
-Kerak emas...iltimooos-ojizgina pichrladim..
Ammo u eshitmadi...
Osma ukol tomirimga kirishi bn yana ôzimni yomon xis qildim...Yana karaxt buldim...
Javoxir bergan sôzini ustidan chiqan edi...Men jinnixonada edim...
*********
Bitmas tugammas jismoniy xolsizliklar ichida oxrgi marta ózimga kelganimda qarshimda Javoxirni kurdim...
U avalgidek kastuym shimda...ish libosida turardi...
Kórinishidan Xadicha uchun tutgan motami nixoyasiga yetgani yaqol bilinip turardi...
-Judayam yomon kórinishdasan-meni iyagimdan ushlap órganayotgandek diqqat bn tikkildi-lekin gapra olasan....
Meni bu yerga olip kelgan u...Olip chiqoladigan xam....
Ex qanchalik qiyin nimadir xaqida ôylash...fikrlash...
Boshim yorilip ketay deyapti...
-Axvolim yomon....-zôrg'a pichrladim...Kózimga yosh quyilip keldi...Ózimga...ôzim achindim...
Xech qachon jismoniy og'riq...xolsizlik...ruxiy og'riqlardan kuchli bulmasligini....xattoki fikrlashga xam imkon bermasligini tassavur qilip xam kurmagandim...
Ammo endi tushundim...og'riqni shunaqa turlari bor ekanki...sen nafaqat óylay olasan...balki xatto fikrlay olmaysan xam...
Bu men xis qilgan ruxiy azoblardan yuz barobar kuchli...
-Sen g'ayritabiy kôzlar egasisan-diqqat bn kôzlarimga qaradi-menda undagi beg'uborlik...ojizlik..yoqadi...Yana undagi qattiyat...mag'rurlik...yengilmaslik xam...Sen juda yaxshi bilasan qaysi paytda qanday qarashni...Qanday erkaklarni kónglini eritishni...Lekin men bn bu òyin ketmaydi.Afsuski men senga óxshaganlar borasida katta tajribaga egaman...Shuning uchun bu ôyinni bass qil.Shunchaki meni aytganimni qil...
-Iltimosss....meni quyip yuboring....
U iyagimni ushlap turgan qullarini yumshatdi...Kuz yoshlarimni artishga tushdi...
-Yana 5 kun....yana 5 kun shunaqa dorilardan olishda davom etsang,chindan aqldan ozasan...Miyang butunlay fikrlashdan tóxtaydi...tanang esa xarakatdan...Sen befoyda trik gôsht bôlagiga aylanasan...Shunday yosh...shunday chiroyli qiz trik murdaga aylanadi...
-Men guvoxlik beraman...nima desangiz qilaman...Faqat iltimos meni olip keting...
Miyam chindan nimanidir fikrlay oladigan darajada emas edi...Men xech narsa xaqida ôylamasdim xam...
Faqat ongimni qayeridadir joylashgan aqlning kichkina miqdori bu azoblarni tóxtashini...tôxtashi uchun esa shu insonga buysunishim kerakligini aytip turardi...
Men ruxiy tomondan sindrilgan...ôylashga qodir bulmagan trik murda edim...
-Yana bir marta...xurmat bn ...
-Iltimos...Javoxirbek...nima desangiz xam roziman...Faqat meni olip keting!!!
-Xatto shu xolatda xam meni aqldan ozdra olasan...-yonog'imga labini bosdi-Bilasanmi sensiz ôzimni judayam yomon xis qildim...Sen doim men yashayotgan shaxarda...menga yaqin joyda eding.Ammo avalgidek uyg'onishim bn seni kórmasdim...seni mexringni xis qilolmasdim...Iltimos bundan kein menga qarshi chiqma!!! Chunki istalgan daqiqada seni ôldrip quyishim,va butun umr bu uchun ózimni kechra olmasligim mumkin...
Men bosh silkidim...
-Dorini tasiri ketishi bn biz yana avalgidek bir oila bulip yashaymiz...Bu kunlarni kôrmagandek bulip ketasan...
U xamshirani chaqrdi...Nimalarnidir buyurdi...
Men esa ularni gaplarini eshita oladigan xolatda emasdim...Chunki meni qamrap olgan xolsizlik xatto boshimni qimirlatishga xam imkon bermasdi...
*****
Keingi safar uyg'onganimda òzimni bir ozga bulsa xam yaxshi xis qildim...
Xamshira birinchi marta ovqat olip kelip berdi....
Qiziq necha kun bu yerda buldim??? Necha kun ovqatni tamini tatip kurmadim...
Xamma telbalarga xam shunaqa munosabatda bulishadimi? Yoki faqat menga....
Men ovqatga qaradim...Javoxir xaq!!!! Qanaqadir sôli yormasi...yoki sabzavotlar yuvip olingan suvdan qilingan shórva...
Zurg'a ikki qoshiq oldim...Kein kunglim aynidi...
Xamshira esa majburlamadi...Chunki unga qizigi yoq...
Men boshimni yostiqga quydim...Óylash uchun yana xolsizlik qildim.Shu sabab kózlarimni yumdim...Ilk marta ôz xoxishim bn uxlap tunni ôtkazdim...
Ertalap esa Javoxir bn uchrashdim...
U meni yurishimga yordamlashgancha kassalxonani eshigini tagiga joylashgan mashinaga olip bordi...
Men unga qaradim...
U kim??? Dushmanimmi? Yoki meni azoblashdan roxatlanadigan iblis???
Qanday bunaqa insonni sevip qoldim???Qanday u uchun xavfsizligimni garovga quyip bulsa xam yoniga qaytdim...
Naxot shunaqa insonni sevish mumkin bulsa...naxot bu inson sevgiga loyiq???
Yoq!!! U faqat nafratga loyiq...sevgiga emas...
U chiroyli kurinishga ega iblis...
Asl iblis xam chiroyli kórinishga ega bulgan...u xam Olloxni ishongan yordamchisi bulgan...ammo shunday bulishiga qaramay Olloxga xiyonat qilgan...jannatdan badarg'a qilinip jaxanamga qamalgan...
Nima buladi usha iblis shu...biz yashayotgan joy jaxxannam bulsa?
Yoooo....
Men chindan aqldan ozayapman...yoki allaqachon aqldan ozip bulganman...
Mashina uyni yonida tuxtadi.Javoxir men tomoni eshigini ochip tushushimga yordamlashdi...
Unga suyanishga majbur buldim.Chunki mustaqil yuradigan axvolda emasdim...
Yana uni benuqson yuziga qaradim...
Bu erkakni sevadigan ayollarni kuz oldimga keltrdim...
Xadicha...Sora...Rufina....yana Manzurani axmoq dugonalari...
Lekin ularni xech biri menchalik bu insonni qora tomonini bilmaydi...
Xadichadan boshqa....Sora xam bilishi mumkin....
Lekin Xadicha u xaqida kuproq biladi...
Kuz oldimda uni ilk marta kurganimda Xadichaga qilgan muomilasi kôz oldimga keldi....
U xomilador xotini nikox uzugini qulidan yulip olgancha,"uy iti" lavozimidan ozod qilgandi...
Uy iti....ex Xudo!!! Shunchalik xam axmoq bulamanmi? Naxotki suyuklisiga shunaqa muomila qilgan erkakdan nimadir kutgan bulsam???
Axir u uchun ayollar uyni qóriqlap ôtrishi kerak bulgan "it"...
Mana shu sabab Xadicha unga chidamagan...mana shu sabab bosh kótargan...
Bechora Xadicha...U xozr men chekkan azobni chekanmikan???
Axir undan xam Javoxir,qutulish uchun jinnixonaga tiqqan...
U qanday chidagan???
Chidamagan...Menimcha Javoxirni qilgan noxaqliklari uchun mana shu óyinlarni óylap topgan...
Uni xam ôzi kabi azoblamoqchi bulgan...
Shunga qaramay bu ayol bu dunyodagi eng shavqatsiz ólimga maxkum qilingan...
U xis qilgan...u tomonga otilyotgan ôqlarni...Qarshisida boshqa ayol bn turgan suyuklisini...
Yaralangan xam...Ammo toki jon berguncha suyuklisi bn birga begona ayolni extrosga boy daqiqalarni kuzatgan...
Bunaqa ólimni dóstim emas,xatto dushmanimga xam ravo kurmayman....
Menimcha meni samo jazolayopti...Xadichaga bergan azoblarim....qilgan noxaqliklarim uchun...
Axir men uni oilasini buzganman...men sevgan insonini tortip olganman...men uni ólimiga sababchiman...
Men tovba qilishim kerak...Ollox kechrimli zot...U meni kechradi...umid qilamanmi kechradi....
Biz uyga kirdik...Mexmonxonada oila azolarim,Javoxirni oila azolari bn birgalikda meni kutip oldi...
Oyim bn dadamni kuzida xavotir...Qizini eski telba kassali xuruj qilganidan.
Menimcha ular meni axvolimdan xam kuproq,badbaxt qizini "xotin" qilip olip yurgan kuyovini aynip qolishidan qurqishyapti...
Hayotbek bn Dinaraga esa barbir...Ularni ikkisi uchun xam Javoxirni yonida turish uchun kerakman...
Shu sabab ochiq yuz bn jilmayishyapti...
Najot oila davrasida yoq.Chunki men unga xech kimman...
Sora esa xafa!!! Chunki men bor ekanman Javoxir bn kóproq birga bulolmaydi...
Bunga meni aybdor deb xisoblaydi...shu sabab zaxrini sochmasdan turolmaydi...
-Kasalxona yoqan kórinadi-kesatmay turolmadi-óylaganimdan xam kura yaxshi axvoldasan...
Men javob bermadim...
Ózi umuman bu inson javob qaytarishimga loyiq emas.Chunki u mendanda achinarli xolatda...
Yoshi allaqachon oila qurish paytidan ótgan.Bizda u tengilarni "qari qiz" deb atashadi...
Buni ustiga xech qachon sevmagan,kurishi bn tepa sochi tika buladigan qarindoshiga unashtrilgan...
Qancha baxona qilmasin...qancha tôyni ortga surmasin,barbir qocholmaydi...
Bu tuy bólishi muqarar...
Bular xam mayli....undanam yomoni u sevgan insonni xech qachon uniki bulmasligida...
Chunki Javoxir uni xatto mashuqasi órnida xam kurmaydi...
Bir uyda yashaydi...birga ovqatlanadi...bir xavodan nafas oladi...
Lekin uni qalbida boshqasi...yonida boshqasi...tóshagida boshqa...
Shu bois u xayotdan norozi zaxarga aylangan...
Ózi umuman qari qizlarni bari shunaqa xarakterga ega...ular portlayman deb turgan minaga uxshaydi...bilmasdan tegip quydingmi tamom.Seni tilakalap tashlagani kamdek,ózini xam tilkalanganga solip seni ayblaydi...
Shu bois men unga indamayman...chunki achinaman...
Shaxlo....mana bu xaqiqiy syurpriz!!! Men xatto tassavur qilmagandim meni xabar olgani, Fayzni singlisini shaxsan ózini tashrif buyuradi deb...
Uni oila azolarim orasida kórish yana qanaqadir fitnaga tayor turishim kerakligidan dalolat beradi...
Demak Shodiya xalli xammasi oldinda...Ular seni yer bn bitta qilmagunigacha tinchishmaydi...
***************
-Men bugun...Jaxongir bn uxlamoqchiman
..-xonamizga kirishim bn Javoxirdan juratsizgina sóradim.
Javoxir bosh silkigancha yostiq bn choyshabni oldi...
-Men narigi xonada uxlayman...-Jaxongirni xonasiga ishora qildim.
-Sen xolsizsan.Senga qulayroq joy kerak...Buguncha shu yerda qol...
Men ortiq tillashmadim...Uni marxamati uchun tashakur bildirdim...
U endi yana mexribon er!!! Men esa namunali rafiqa....
Bu tomosha Javoxirni óylap quygan rejalari amalga oshguncha davom etadi...Undan sóng niqoblar yechiladi...
Ózimni keingi taqdrim xaqida ôylashni ózi daxshatli...Chunki unga kerak bulmay qolgan daqiqamni ôzidayoq,meni yóq qilishadi....
Butunlay....umumaniga...
******
-Shaxloni unashtrip quydik-oyim menga aybdorona qarap gap boshladi-lekin qiz bechora xech narsani bilmaydi...Bilmayman onasi unga nimani órgatgan...Lekin uni uvol savobi bizni buynimizda.Qiz agar eridan qaytip kelsa umrini oxrigacha bizni qiz sifatida biznikida qoladi...Shu sabab uni oilaviy xayotga tayorlash kk!!!
Tushga yaqin uygonishim bn onam mana shu gaplarni aytish uchungina xonamga kirdi....
Menimcha yangi fitnaga oila a'zolarim beixtiyor aloqador...
-Ózimizda oilaviy xayotga tayyorlaydigan uquv kurslari yoqmi?
-Uzoqda...bilasanku markazda bor!!! Qiz bolani bunaqa uzoq yulga yurishi yaxshi emas...
Adashmasam bu kichkina shayton meni uyimda qolmoqchi...Akasi boshlagan óyinni tugatish uchun.
-Onasi kuyov tomonga uni "tikuvchi" deb aytgan ekan-davom etdi oyim-Agar tuygacha tikish bichishni órganmasa sharmada bulamiz...
-Yolg'on bn oila qurip bulmaydi.Sovchilarni qaytaringlar...-kunglim negadir shu qizni xoxlamadi...
Balki bu men kôrgan azoblar sabablidir...Shu sabab xatto óz soyamdan xam xadiksirayotgandirman...
-Shodiya naxot qoidalarni unutgan bulsang.Bizda "qaytarilish" qilingan qizlarni xech kim olmaydi...
-Unda nima qilmoqchisizlar???
-Onasi uni poytaxtda óquv kurslariga uqishini xoxlayapti.Ózinga malum Fayzni ólimidan sóng uni xayoti bizni bóynimizda....
-Sizni tushundim...Lekin xozr oilam notinch...ilojim yoq...
-Bilaman...Lekin kattalar qaror qilip bulgan.Bizni poytaxtda sendan boshqa ishonadiganimiz yoq.Bir ózini esa shunday quyip quya olmaymiz...uni xayoti uchun óz jonimiz bn tavon tólaymiz...Buni ustiga u yaxshi qiz.Sen esa vaqtincha kasalsan...U senga xam kumaklashadi...xam óqiydi...
Onalar qizlariga yaxshi bulishini xoxlaydi...Lekin faqat ózi dunyoga keltrgan qizlarigagina..
Meni ógay onam esa kóproq eri bn bolalarni uylidi...Shu bois bu dardisarni meni bóynimga yuklamoqchi...
Axir Shodiya axmoq...shunchalar axmoqki ustiga chiqip sakrashlariga xam imkon beradi,faqat oilasi uchun yaxshi bulsa bôldi...
-Javoxirbek bn gaplaship kuraman...-birdan rad javobini berip kuziga yomon kurinmaslik uchun baxona qildim.
-Biz kuyov bn gaplaship quydik.U qarshi emas...xattoki xursand xam.Senga xam yordamchi...xam sherik topilganidan...
Demak bari oldindan keliship bulingan.Mendan shunchaki nomiga sórashyapti xolos!!!
Xa aytgancha..men bu uyda xech kimman kuu...Axir xech qachon xech kim meni fikrim bn qiziqmagan...
Men shunchaki reklama uchun borman xolos...Aslida esa Sultonovlarni uyiga urnatilgan manikenman...
-Siz mendan xozr óz dushmanimni singlisini uyimga kiritishimni sórayapsiz...
-Shaxlo yaxshi qiz...u akasiga óxshamaydi...
-Fayz xaqidayam boshida shunday degandiz...
-Qizim!!!-oyim xafa bulgandek qaradi...
-Xaliyam qizizman...xattoki uyimga dushmanimni kiritishni xoxlayotgan bulsangiz xam...
-Sen besabab asabiylashayapsan...
-Men jinni emasman...
-Men bilgan Shodiya bunaqa demagan bulardi...
-Meni ózimni xaqiqiy onam xam óz dushmanimni uyimga kiritishimni sóramagan bulardi...
-Sen...chindan kasalsan...
Oyimni kuzlari yoshga tuldi...Sóng kóz yoshini kursatmaslik uchun yig'lagancha chiqip ketdi...
Guyo kungilga og'ir tegadigan gapni u emas...men aytgandek...
*****
Yana xech kim meni eshitmadi...fikrim bn qiziqishmadi...
Javoxir Shaxloni qoladi deb qaror qildi.U uchun uquv kurslari gaplashildi...yana bizni qavatdan xona berishdi...
Shaxlo avalgidek xushchaqchaq...xamma bn til topiship ketdi.
Faqat Soradan boshqa...
U aytadigan gaplar xammani kuldrar...Xatto Najot bn xam tengma teng tillasha olardi...
Menga esa yordam berardi...Lekin men undan yordam olishga qurqardim.Chunki dushmanimni singlisi...
Undan xar qanday daqiqada,xar qanaqa zarba kutip olish mumkin...
Garchi tabbasum qilip yaxshi munosabbatda bulsa xam men unga ishonmasdim.Chunki baxtga qarshi qisqa xayotim davomida, unga ôxshaganlarni kupini uchratganman...
Afsuski tez orada shubxalarim ôz isbotini topdi...
Istasam,istamas uni Javoxirni atrofida judayam kôp uchrata boshladim...Bu axmoq qiz Javoxirni etiborini tortish uchun bor kuchi bn xarakat qilardi.Guyo shu yul bn mendan óch olmoqchidek...
Men uchun esa Javoxirni mendan uzoqroq bulgani...tezroq meni javobimni bergani yaxshiroq edi.
Chunki undan nafratla boshlagandim.Xar safar unga qaraganimda jinnixonadagi azoblarim kóz oldimga kelardi...
U xar qancha mexribon bulmasin...meni kunglimni topishga xarakat qilmasin barbir kechra olmasdim...
Chunki bu niqob ekanini...asl yuzi esa judayam qurqinchli ekanini bilardim...
******
-Nega xech narsa yemayapsan? -kechgi ovqatdan sông oshxonada ôz muomolarimga ózim kômilip ótrganimda Javoxir keldi.
-Shirinlik yegim keldi-yonimdagi qora choy xamda shirinliklarga ishora qildim.
Aslida faqat choy ichish uchun kirgandim.Chunki qora choy menga boshqacha tasir qilardi....
Meyoridan qoraroq...achiqroq bulgan choy qon bosimimga tasir qilardi...Meni boshim aylanip uyqum kelardi...
Shu bois doim uyqudan oldin qora achiq choy ichardim.Yuqsa Javoxir xaqida xayollarim menga uyqu bermasdi...
Uyqu dorini esa mendan yashirishardi...guyo men telba istalgan payt óz jonimga qasd qilishim mumkindek...
-Sen nimjonsan,senga kuch kerak-yonimga ótirip men uchun kuyungandek qaradi.
-Xop...-alam bn tishimni tishga bosdim.Choyga shakar solip erigunigacha aralashtrdim...
Unga yoq deyish imkonsiz.Chunki yana jinnixonaga tushishim...yoki yoqimsiz gap eshitishim mumkin.
Vaqtinchalik uni asiri ekanman...unga bóysinishga majburman...
-Mendan xaliyam xafamisan?-guyo u uchun bu axamiyatlidek sóradi.
-Yoq...-pichrladim...uni nigoxlaridan qochish uchun yana choyga shakar soldim.
-Men seni mendan arazlap yurishingni xoxlamayman....
-Arazlayotganim yoq...
-Bu 6 qoshiq-shakarga ishora qildi...
-Men shirin choyni yaxshi kuraman-choydan xópladim...Lekin u xaddan ortiq shirin bulip ketgandi...
Javoxir esa meni kuzatip turardi...Guyo shu choyni ichip tugatmasam,yana jinnixonaga jônatadigandek...
Men bir kutarishda xammasini ichmoqchi buldim,lekin Javoxir qulimdan ushlap tuxtatip qoldi...
-Boshqatdan tayyorlap beraman...-Choyni olip tukip tashladi,sông ózi qaytadan choy suzdi...
Avval yomonlik qilip,sóng xech narsa bulmagandek munosabatda bulish uchun kim bulish kerak?
Manyak??? Telba??? Yoki axmoq...
U menga judayam Xadichani eslatadi...
Ular judayam uxshash...Xadicha bn Javoxir bir biriga uzukga kuz quygandek...
Avval yomonlik qilishadi...sóng xech narsa bulmagandek munosabatda bulishadi...
Afsus...agar vaqtni ortga qaytarishga imkon bulsa ularni birga bulishi uchun qulimdan kelganini qilardim...
-Choy ichasanmi?-yonimga quygan choyga ishora qilip sovuqon sóradi.
Yoq!!! Ichmayman...xoxlamayman...deb baqrgim keldi.
Ammo uni yuziga qaytgan sovuqonlikni kurip,ichimdagilarni tilimga chiqarishga jurat qilmadim.
Choyni qulimga olip labimga olip keldim....issiqlikni xis qildim...judayam kuchli issiqlikni...og'zim kuydi...
Xayot, yana bir bor u qilgan marxamat meni og'zimni kuydurishi mumkinligini isbotlagandek buldi.
Choyni joyiga quydim...
-Uyqingiz kelmayaptimi?-u bn bir xonada turishdan nafasim bug'uldi.
-Xaydayapsanmi?
-Sogligizni uylayapman...-baxona qilgan buldim-Ertaga ish.Ertachi uxlashingiz kerak...
Ammo u órnidan turmasidan,men turdim...Undan oldin ketmoqchi buldim.Lekin u meni bilagimdan ushlap qoldi...
-Ketma!-pichrladi....
-Jaxongirga qarashim kerak...
-Unga Shaxlo qaraydi...
-Men unga ishonmayman...
U mayus menga qaradi.
-Sen men bilgan ayollar ichida eng qaxri qattiqisan...
-Afsusdaman...siz bilgan ayollar ichida eng yomoni bulip chiqanimdan.
-Men esa unday deb uylamiman...-menga manoli qaradi...
Yana ósha nigoxlar....Faqat avalgisidan farqli ólaroq menga jinnixonada boshdan kechrgan og'riqlarimni eslatadi...
Hayajonlantrmaydi...extrosga solmaydi...faqat qórqitadi...
-Meni uyqum kelyapti...
-Meni kechra olmaysanmi?
-Kechra olaman...Lekin unuta olmayapman...
U bilagimdan tortdi,istamagan xolatimda uni qôyniga ótrip qoldim.
-Men avalgi Shodiyani sogindim...-ôziga qaratgancha yuzimga labini bosdi...bóynim aralash sochlarim orasidan qulini ótkazdi......
Men xam...avalgi Javoxirni sogindim.Ammo xozrgi orsiz...va yuzsizni emas...
-Ózizni yoshbolalardek tutyapsiz...-unga qaramaslikga urundim.Yuzimni boshqa tomonga qaratdim...
-Kel xammasini boshidan boshlaymiz-quloqlarim ostida uni labini xis qildim...
Unga qaradim...yolg'on yoki rost gaprayotganini bilish uchun...
Doimgidek samimiylik....
Menimcha men rost bn yolg'onni ajrata olmaydigan darajada axmoqman...
Kimnidir tomoq qirishi eshitildi...ikkimiz eshik tomonga qaradik.
-Uzr...Jaxongirga suv olgani kelgandim-Shaxlo aybdorona bosh egdi.
Men paytdan foydalanip ketmoqchi buldim,lekin Javoxir quyip yubormadi.Belimdan ushlap qimirlashinga imkon bermadi.
-Olip ket !!!
U suvni olip ketguncha assabiy uni sekin xarakatlanishini kuzatdim.Ketgach jaxl bn Javoxirga yuzlandim.
-Nega bunday qilyapsiz?
-Chunki xali gapim tugagani yoq!!!
-Yaxshi! Gapring! Qulog'im sizda!!!
-Sen menga keraksan!
-Bôldimi? Faqat shumi?
-Sogliginga extiyot bul....
-Tushunmayman....-ózimni tutip tura olmadim-nima keragi bor yolg'on gaprishni.Axir bir og'iz buyursangi bass,men barini bajaraman...Nima keragi bor yana ról óynashni?Yo sizga odamlarni ichiga kirip olip,ichidan yemirish yoqadimi?
Unga gaplarim yoqmadi...Yuzi yomon narsa yeb quygan odamni yuzidek burushdi...
Men ruxan qanaqadir yomon narsaga tayorlandim...Yo yana jinnixona...yoki Muxsinaga yuziga tushurgandaqa mushtga!!!
-Men nimaiki qilayotgan bulsam,seni ximoya qilish uchun qilyapman!!!-yana nigoxlari yumshaydi...yuzlarimdan siladi...
-Men ximoyalanishim kerak bulgan yagona,sizsiz...-men xam uni kuzlaridan kuz uzmadim.
-Bilaman...men qôlimdan kelguncha seni ózimdan ximoyalayapman...
-Men negadir......-gapimni tugata olmadim.U labini labimga bosdi...
Xayollarim chalkaship ketdi...nima xaqida gaprayotganimni xam...nima xaqida ôylayotganimni xam unutdim...
U meni kutarip oldi...shu xolatda uchinchi qavatga yotoqxonamizga chiqdik...
Kózim atrgul yaproqlari ila bezatilgan tóshakga....yerlarga...va qorong'u xonaga nur xamda xid taratip turgan shamlarga tushdi...
Qiziq u qachon bularga ulgurdi....
Men tushunqiramay unga qaradim.
U yonimga keldi...yana qulini buynim aralash yuzimga quydi...
-Yoqdimi?-pichrladi u...
Yoqdimi???
Balkim meni órnimda boshqa ramantika shaydosi bulgandi yoqti deb aytar...lekin men emas...
Chunki men trik gózallik shaydosiman.
-Yoq....yoqmadi-bosh silkigancha ortga tislandim-chunki ular ólik....
Yaproqlarga ishora qildim...Qiziq meni yotoqxonamni bezash uchun nechta gulni umri xazon bulgan...nechta gul bandidan uzulgan ekan...
Biz odamlar onglimiz deymiz...lekin vaqtinchalik kuzni quvnatish uchun trik narsalarga ozod beramiz...
Bu beshavqatlik...shavqatsizlik...
Xech qanday gul kimnidir yotog'ini bezatish uchun xazon bulishi kk emas...
-Ammo chiroyli...-u men tomonga qadam tashladi...Men devorga urulgancha ortga tislandim...
Devorga urulgach esa uni changalida qoldim...
U menga yaqin keldi...sóng meni yuzimga emas qomatimga qaradi...yengimni birini yelkamdan tushurdi....
Men esa lolman....Qanday sevmagan inson bn birga bólish mumkin? Qanday sevmagan insonga nusbattan extros uyg'onishi mumkin...
Men u uchun kimman???
Rafiqa....reklama uchun maniken...yoki oyoqosti qilishni yoqradigan trik "koptok"...
Nega shunchaki tinch quymaydi...nega undan uzoqlashishni boshlaganimda yaqinlashishga urunadi...unga nima kerak?
Men oddiy ayolman...menda na bir chiroy...na bir qomat bor...
Lekin shu xolatda xam unga kerakman...Nega? Nima uchun???
-Sen menikisan...Faqat meniki...
Men bosh silkidim...kóksini ustida turgan "Xadicha" ismini óqidim...kózlarimni yumdim...Chunki xar safar kuzimni ochganda uni kuksidagi begonna ismni qarashga majburman...
-Meni sevasanmi?
-xm...
Chindan uni sevamanmi? Menda unga nisbattan sevga qolganmi?
Yoq!!! Unda nega yana avalgidek yuragim g'alati urayapti...nega butun vujudim u tomonga talpinyapti?
Menimncha bu extros....shunchaki extros...
-Sózma sôz ayt!
-Sizni sevaman....
Choy tasir qila boshlayapti...yoki chindan yomon xolatdaman...Negadir kuz oldim qorong'ulasha boshladi...
U meni óziga qaratdi...bir zum tuxtadi...Oy nurida yanada chiroyli tovlanayotgan kuzlari men tomonga qaradi...
-Seni baxtli qilishim uchun nima kerak?Nima qilsam avalgidek tabbasum qila olasan???
Baxtli bulishim uchun nimalar kerak???Nima qilsa men avalgidek baxtli tabbasum qila olaman???
Menimcha endi xech narsa órtamizda avalgidek olov yoqmaydi....endi xech narsa unga bulgan nafratimni sóndra olmaydi...
Chunki ishonch ólgan...muxabbat xam...
Men faqat bu azoblar tugashini...va u meni tinch quyishini xoxlayman xolos...
-Ayt!!!-og'zimdan chiqanini muxoyo qiladigandek sóradi...
-Ketishingizni....-javob berdim-meni butunlay tinch quyishizni...
U telbalarcha alam bn achiq jilmaydi...
-Faqat xozr emas....faqat bugun emas...
Meni belimdan ushlap bir oz kutardi...sóng bóynimga labini bosdi...
Men undan nafratlaman...jirkanaman xam...
Garchi u yaxshi kurishini bir necha marta tan olgan bulsa xam...qanchalik kerakli ekanimni amalda isbotlagan bulsa xam...
"Uxla Shodiya uxla....bu xam tush...sen qóradigan tush.Faqat bu safar Javoxir bosh rólda...Qórqma u seni kuksinga pichoq urmaydi....triklayin kómaydi...
U shunchaki vaqtinchali nafsini qondiradi...shu bn bari yana avalgidek davom etadi..."
U meni quyib yuborishi bn teskari qarab oldim.U ortamdan quchip óziga tortdi...
-Meni kechr....xamma xammasi uchun.Lekin ishon men seni chindan yaxshi kuraman...
Yaxshi kuraman...men bu sózni umrim davomida kimdan eshitgan bulsam,ularni bari shu sôz bn azob berip kelishgan...
Avval amakim...kein Fayz...endi Javoxir...
-Meni yaxshi kórmang Javoxirbek-zórga pichrladim-chunki meni yaxshi kurgan erkaklarni bari menga azob berip kelgan...
-Men ularga óxshamayman...
-Xa....siz ularga óxshamaysiz.Chunki siz ulardan xam xavfliroqsiz...
U jim bulip qoldi...Ancha vaqt gaprmadi...
Kein nimalarnidir óylap tósatdan tilga kirdi...
-Men seni aybsiz ekaninga ishonch xosil qilishim kerak edi...Shunga vaqtinchalik seni bu janjallardan panada saqlamoqchi buldim...Ishon kónglinga bunchalik ozor berishim mumkinligini bilganimda edi,xech qachon seni u yerga jónatmagan bulardim...
Men indamadim...ôzimni uxlaganga soldim...
Chunki bu gaplar men uchun axamiyatsiz...
Kôngil shishaga óxshaydi...Uni sindrgach tiklash qiyin...
Men shunaqa qaxri qattiq kechrimsiz insonman...
Meni xayot shunaqa insonga aylantirgan...

______Jannat izlap 2f 4 q______ - 873709647984

Комментарии

Комментариев нет.