2017 YILDA SIZNI NIMA KUTYAPTI?

Telgramdagi bot guruhimizga qushlish uchun. https://telegram.me/munajimlar Archa o`yinchoqlaridan birini tanlang-da, savolingizga javob toping.
1. Sizni g`aroyib yil kutmoqda. O`zgarishlar, yangilanishlar... Umuman olganda, yil chiroyli o`tadi. To`g`ri, kichik muammolar ham ta`qib qilishi mumkin. Ammo sizdek uddaburon ayol uchun ular nima degan gap?! Uddalaysiz!
2. Yil romantikaga to`la bo`ladi. Kutilmagan uchrashuvlar, dil izhorlari, oilali bo`lsangiz juftingizning sizga nisbatan mehr-muhabbati ortgandan ortadiki, teringizga sig`may ketasiz.
3. Yangi yil omad qurshovida o`tishi kutilmoqda. Muhimi, oldingizga aniq va kerakli maqsadlarni qo`ying. Kelayotgan yilda mehnatingiz rag`batini ko`rasiz.
4. Tabiatan jiddiy inson bo`lsangiz ham bu yil quvnoqlikdan qocholmaysiz. Do`stlar bilan uchrashib, vaqtni xush o`tkazish uchun kutilmagan sabablar chiqib kelaveradi, ammo bunga qarshilik qila ko`rmang, aksincha zavqlanishga harakat qiling.
5. 2017 yil siz uchun xotirjamlik yili. Xech qanday yugur-yugur, xech qanday yoqimsiz, kutilmagan voqealar bo`lmaydi. Hammasi o`z o`rni bilan, galma-galdan, siz istaganday yuz beradi. Bu yilda siz rosmana dam olasiz.
6. Kelayotgan yilda baxt sizning ajralmas hamrohingizga aylanadi. Xech qanday to`siqlar sizning baxtli bo`lishingizga to`sqinlikk qila olmaydi. Bundan tashqari siz o`z optimistligingiz bilan atrofdagilarni quvontirasiz, kuchga to`ldirasiz.
7. Saxiy yil sizni quchoq ochib kutmoqda. Hayotdan norizo bo`lishga sabab yo`qligini tushunib etasiz. Ishlaringiz yurishib, anchadan beri o`ylab yurgan rejalaringiz amalga oshadi.
8. Yil siz uchun tushunarsiz bo`lishi mumkin. Mantiqqa to`g`ri kelmaydigan xodisalar yuz beradi. Ammo siz buning sababini topishga urinmang, shunchaki chetdan kuzating.
9. Bu yil sizga ko`p va`dalar bermoqda. Unchalik harakat qilmagan ishlaringizning ham omadi keladi. Shunday insonlar bilan uchrashib tanishasizki, natijada ular bilan qalin do`stlashsiz.
10. Sizni unutilmas yil kutmoqda. Har bir kunda qiziqarli voqea-hodisa ro`y berishi mumkin. Yilning ikkinchi yarmida sayohatga chiqishingiz ham ehtimoldan holi emas.
11. Sabrli bo`ling, deya kelayotgan yilda ancha-muncha o`zgarishlar bo`lishi kutilayotganini aytmoqchimiz. Zinhor tushkunlikka tushmang. Har qanday voqeadan to`g`ri xulosa chiqaring. Yil oxiriga kelib, sal engillashasiz.
12. Chin ma`noda himmatli yil kutilmoqda. O`z orzularingizni amalga oshirish uchun pulingizni ayamang. Lekin ehtiyot bo`ling, barcha orzular ro`yobi har doim ham baxt keltirmaydi.
13. 2017 yil siz uchun sir-sinoatlarga boy bo`ladi. Xatto, siz xaqiqiy skeptik bo`lsangiz ham, bu yilda shunday sirli hodisa yuz beradiki, siz bunga ilmiy javob topolmaysiz. Siz xuddi ertakdagi ajdarhoni enggan qahramonga aylanasiz.
14. Unumli yil bo`lishi kutilmoqda. Yoddan ko`tarilgan rejalar ham to`satdan o`z natijasini bera boshlaydi. Bu yil huddi osmondan yog`ilganday barcha ishlaringizda baraka bo`ladi
.15. Ideal insonni izlamang, deyishsa-da, bu safar salgina o`zgartirish qilamiz. Chunki boshlanayotgan yil haqiqatan ham juda hayrli keladi. Qaysi ishga qo`l urmang, amalga oshadi. Sizning vazifangiz esa hayotda shu ritmni doimiy saqlab qolishdir.

Комментарии