Assalomu Alaykum va Rohmatullahi va Barokatuhu! Hidoyat izlab ! Iymon kitobidan ! "Bid`at va Xurofot" lar haqida.
Bu o‘rinda biz farz amalining mag‘zini chaqib ko‘rmay, uni buzib talqin qilinishi oqibatida yuzaga kelgan bid’atga guvoh bo‘lyapmiz. Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li qishloqlarida eri o‘lgan xotin qirq kun yalang oyoq yurishga majbur ekan. «Nega shunday?» deb qiziqsak, «Xudo shunday buyurgan», deb ishonch bilan aytishdi. Vo ajab, Xudo faqat shu qishloqlarning xotinlariga yalang oyoq yurmoqlikni buyuribdi-da, a? Shubha yo‘q-ki, bu odat islomdan avvalgi davrlardan o‘tib kelgan. Xuddi arab bevasining jonliqni timdalab o‘ldirib, so‘ng tezak otishiga o‘xshaydi. Vodiyning ayrim qishloqlarida yana bir odat saqlanib qolgan: janozadan so‘ng (ko‘pincha masjid imomi rahbarligida) marhumning yaqinlari bir uyga to‘planishadi-da, uning gunohlarini hisob-kitob qilishadi. Marhum yetmish (yoki undan ko‘p) yil umr ko‘rgan. Shundan, aytaylik, o‘ttiz yilini benamoz, bero‘za o‘tkazgan. Demak, benamoz o‘tgan har kuni uchun fidya berishi shart. Ya’ni, kunda bir faqirning qornini to‘yg‘azishi kerak. Bir faqirning qornini to‘yg‘azish (misol uchun) 500 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, besh yuzni uch yuz oltmish oltiga, hosil bo‘lgan raqamni esa 30 (yil)ga ko‘paytiriladi. Shunday qilib, marhumning salkam besh yarim million so‘mlik «gunohi» borligi aniqlanadi. Unga ro‘za fidyasi qo‘shiladi. Bu ham salkam yarim million so‘mni tashkil etadi. Demak, xonadon egasi shu pulga arziydigan biron nimani: avtomashinanimi, bir-ikki buqanimi, hovliga olib kirib bog‘laydi-da, arqonning bir uchini davra qurilgan o‘yga uzatadi. Shunda marhumning yaqinlari (ko‘pincha imom boshchiligida) arqonni ushlab, «men marhumning mana buncha so‘mlik gunohini sotib oldim», deydi-da, keyin «Ollohning roziligi uchun men bu puldan voz kechdim», deb tantilik qilib qo‘yadi. Go‘yo bu bilan marhumning ma’lum miqdordagi gunohlari shu odamga o‘tadi. Gunohlar shu tarzda bo‘lib olingach, marhum u dunyoga go‘yo farishtadek jo‘naydi. Bunga o‘xshagan odatlar qozoq ovullarida ham uchraydi. Faqat u joylarda bunaqa tomosha ko‘rsatilmay, naqd pul bilan hisob-kitob qilinadi. Ulamolarning aytishlaricha, Toshkentda, boshqa viloyatlarda ham bir paytlar bu bid’at hukmronlik qilgan ekan. Muftiy Ziyovuddin Boboxon hazratlarining fatvolari bilan ko‘p joylarda bu bid’at barham topgan. Ajabki, qo‘qon atrofidagi ayrim qishloqlar hali ham o‘liklarning gunohlarini sotib olish bilan bandlar. qishloq imomlarining bu bid’atga bosh bo‘lganlari achinarli hol, fidyaning xastaligi yoki boshqa uzrli sabab bilan ro‘za tutolmaganlar uchungina berilgan imtiyoz ekani, benamozlarga bunday imtiyoz yo‘g‘ligini bilmasliklari yoki bilib turib shunday bema’ni odatga bosh bo‘lishlari yanada afsuslidir. Bir janozada o‘zimiz ham shunday odatga guvoh bo‘ldik. qishloq imomi «gunoh sotib olish» marosimini boshlash uchun uyga kirganida marhumning shogirdlaridan biri «taqsir, marhum ustozimiz namoz va ro‘za farz bo‘lgan yoshdan boshlab bexato ravishda bu amallarni bajarganlar, sizning hisob-kitob qilmog‘ingizga o‘rin yo‘q, hisob-kitob qilish qiyomatda Olloh tomonidan bajariladi», deb balolarga qolayozdi. U bid’atga emas, naq Ollohning buyrug‘iga qarshi odamday, hatto «Ollohga qarshi isyon qiluvchi»day uydan chiqarildi. #IymonKitobi
«Зикр Аҳлига Тавсиялар»
:Абдулазизов (Абу Закариё)
Bismillahir Rohmanir Rohim!
Assalomu Alaykum va Rohmatullahi va Barokatuhu!
Hidoyat izlab ! Iymon kitobidan ! "Bid`at va Xurofot" lar haqida.
Vodiyning ayrim qishloqlarida yana bir odat saqlanib qolgan: janozadan so‘ng (ko‘pincha masjid imomi rahbarligida) marhumning yaqinlari bir uyga to‘planishadi-da, uning gunohlarini hisob-kitob qilishadi. Marhum yetmish (yoki undan ko‘p) yil umr ko‘rgan. Shundan, aytaylik, o‘ttiz yilini benamoz, bero‘za o‘tkazgan. Demak, benamoz o‘tgan har kuni uchun fidya berishi shart. Ya’ni, kunda bir faqirning qornini to‘yg‘azishi kerak. Bir faqirning qornini to‘yg‘azish (misol uchun) 500 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, besh yuzni uch yuz oltmish oltiga, hosil bo‘lgan raqamni esa 30 (yil)ga ko‘paytiriladi. Shunday qilib, marhumning salkam besh yarim million so‘mlik «gunohi» borligi aniqlanadi. Unga ro‘za fidyasi qo‘shiladi. Bu ham salkam yarim million so‘mni tashkil etadi. Demak, xonadon egasi shu pulga arziydigan biron nimani: avtomashinanimi, bir-ikki buqanimi, hovliga olib kirib bog‘laydi-da, arqonning bir uchini davra qurilgan o‘yga uzatadi. Shunda marhumning yaqinlari (ko‘pincha imom boshchiligida) arqonni ushlab, «men marhumning mana buncha so‘mlik gunohini sotib oldim», deydi-da, keyin «Ollohning roziligi uchun men bu puldan voz kechdim», deb tantilik qilib qo‘yadi. Go‘yo bu bilan marhumning ma’lum miqdordagi gunohlari shu odamga o‘tadi. Gunohlar shu tarzda bo‘lib olingach, marhum u dunyoga go‘yo farishtadek jo‘naydi. Bunga o‘xshagan odatlar qozoq ovullarida ham uchraydi. Faqat u joylarda bunaqa tomosha ko‘rsatilmay, naqd pul bilan hisob-kitob qilinadi. Ulamolarning aytishlaricha, Toshkentda, boshqa viloyatlarda ham bir paytlar bu bid’at hukmronlik qilgan ekan. Muftiy Ziyovuddin Boboxon hazratlarining fatvolari bilan ko‘p joylarda bu bid’at barham topgan. Ajabki, qo‘qon atrofidagi ayrim qishloqlar hali ham o‘liklarning gunohlarini sotib olish bilan bandlar. qishloq imomlarining bu bid’atga bosh bo‘lganlari achinarli hol, fidyaning xastaligi yoki boshqa uzrli sabab bilan ro‘za tutolmaganlar uchungina berilgan imtiyoz ekani, benamozlarga bunday imtiyoz yo‘g‘ligini bilmasliklari yoki bilib turib shunday bema’ni odatga bosh bo‘lishlari yanada afsuslidir. Bir janozada o‘zimiz ham shunday odatga guvoh bo‘ldik. qishloq imomi «gunoh sotib olish» marosimini boshlash uchun uyga kirganida marhumning shogirdlaridan biri «taqsir, marhum ustozimiz namoz va ro‘za farz bo‘lgan yoshdan boshlab bexato ravishda bu amallarni bajarganlar, sizning hisob-kitob qilmog‘ingizga o‘rin yo‘q, hisob-kitob qilish qiyomatda Olloh tomonidan bajariladi», deb balolarga qolayozdi. U bid’atga emas, naq Ollohning buyrug‘iga qarshi odamday, hatto «Ollohga qarshi isyon qiluvchi»day uydan chiqarildi.
#IymonKitobi