21 окт 2012

Ha sevaman!

Buni etmayman
inkor, Behuda emasdi ko'ngil
izhorim. Shubhalar hammasi-
hammasi bekor, Sababi bu emas
qat'iy qarorim. Bugun tushundim
men taqdir hazilin, Bugun menga
ayon zim-ziyo sirlar. Bugun bildim
tenging emasligimni, Bugun bu
ko'z yoshlar qalbimni tirnar.
Taqdir atalmish bu muhtasham
saroy, Biz ikkimiz uchun
ko'tarmagan qad. Bahor ham
shunchalar bersada chiroy, Birga
ko'rolmadi bizlarni faqat. Uzr
so'ramayman ketish oldidan,
Chunki sevish, ahir, emasku
gunoh, Bosh olib bu yerdan
sening vaslingdan, Bilmayman
qayerdan toparman panoh. Ho'p,
mayli, uz endi sevging rishtasin,
Hayotda bahting top deb qilaman
nido. Yagona tilagim, qayg'u
neligin, Bilmasdan yashagin, Hayr!
Alvido!

Комментарии

Комментариев нет.