- 2005-yil ilk bor yangrading... 2006-yil man sani ilk bor tinglashni boshladim... 2011-yil ilk bor sms yozdim, jonli efirga ulandim... 2012-yil ilk bor xonadoningga tashrif buyurib, ijod ahli bilan tanishdim... 2013-yil ... Ming afsuslar bo'lsinki, bizni ayirdilar... Zaminim, biz muxlislaring sani hech qachon unutmaymiz! Garchi, ijodkorlaring boshqa to'lqinda faoliyat yuritishayotgan bo'lishsa-da, biz hali-hanuz ularni "Zamin fm jonkuyarlari" - deya hurmat qilamiz! Bu ayriliq ijodkorlarga va biz muxlislaringga Ollohim tomonidan berilgan bir sinovdir. Sabrning mevasi shirin bo'ladi deyishadi. Biz ham umid ila shunga ishonamiz! Zaminim, 10 yoshing muborak bo'lsin! Guli
- D- ilim durdonasi dedim sizni man, I- lk ko'rgan onimdan,ilk...o'sha kundan. L- obar Dilbarginam,mehri oftobim, B- ugun qutlay so'zni saralab durdan! A- rmonlar yod bo'lsin,hech qaytmang ahddan, R- obbim hadya etgan "yosh"-tillo taxtdan. I- roda,matonat jismizga monand, J- onim sizga bo'lsin guldasta baxtdan. O- lam tilaklarga yastansin shul dam, N- afis mujgoningiz hech bo'lmasin nam. I- stagim baxtimga doim sog' bo'ling, M- angu qalam tutgay siz-chun Shohsanam!!!
- Yana telbalanib, yana örtanib, Yana beixtiyor ketgancha tinchim. Kechiring, bir gapga qoldim örganib, Dilbarim men sizni Sog'inib kettim... Men sizni sog'indim, bir kun ichida, Bir soat ichida, bir on ichida. Qandaydir baxt bilan armon ichida, Dilbarim men sizni Sog'inib kettim... ANA, shoshganimcha chopdim köchaga, Kel, kel deb yonimga dardim, sevinchim. Böm-bösh bir yer bilan osmon ichida, Dilbarim men sizni Sog'inib kettim.... SIZ, deb intiqqan shu kun kechada, Sizga yuqmadimi mening sog'inchim. Axir guvillagan isyon ichida, Dilbarim men sizni Sog'inib kettim...!!!
- Dunyoda men uchun tog' bölib turgan, Yashnagan gullagan bog' bölib turgan. Shu aziz umrimni chog' qilib turgan, Meni sizdan boshqa kimim bor ayting. Uchqur tulpor kabi umurlar yelar, Qoshinga gohi döst goh dushman kelar. Horg'in sochlarimni silagan qöllar, Meni sizdan boshqa kimim bor ayting. Yashirolganim yovuz közlardan, Ardoqlay bilganim turli sözlardan. Qizg'onib yurganim hatto özlardan, Meni sizdan boshqa kimim bor ayting. To tirik ekanman men sizni kuylay, Olamda eng gözal sözlarni sözlay. Gohida dunyoga sig'mayin bözlay, Meni sizdan boshqa kimim bor ayting. Sizni ulug'layin kaftda kötaray, Sizni tavof etay kiprikka qöyay. Shohsan
- Bu kecha... Hijronli kecha, Dilni ötga solur bir necha. Sog'inch tig'i tilkalayverar, Yoding kuyga soldim bu kecha... Ösha kecha... Tumanli kecha, Hayol jonni olur bir necha. Firoq otashin qalayverar, Yurak sözing qumsar bu kecha... U kecha... Uzun tun kecha, Azob ila ötdi bir necha. Sur'atlaring jim boqayverar, Közlar diydor istar bu kecha... U kecha... Ösha kecha... Bu kecha... DILBAR deya öldim ming kecha...!