Sizni esladim.

Osmonimda oy porlasa,
Yulduz sirli chaqnasa,
Bog` sayliga chorlasa,
Jonim sizni esladim.
Bog`lar aro kezganda,
Bulbul navo aytganda,
Jonga orom yetganda,
Jonim sizni esladim.
Oydan yorug` yuzingiz,
Tundek qora ko`zingiz,
Aqlim olgan bu kechada,
Yana sizni esladim.
Mayin keldi shamollar,
Tog`dek bosdi xayollar,
Laylim borligin unutmay,
Jonim sizni esladim.

Комментарии

Комментариев нет.