MIRAZIZ A♚ZAM

(1936)

Комментарии

  • 18 фев 2012 11:46
    Miraziz A’zam ham bolalar, ham
    kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir
    publitsist, yetuk tarjimon hamdir.
    U 1936 yili Toshkentda tavallud
    topgan. Toshkent Davlat
    dorilfununini tugatgach,
    Toshkent telestudiyasida,
    «G’uncha» bolalar oynomasida,
    so‘ngra «Yosh gvardiya», G’afur
    G’ulom nashriyotlarida muharrir
    bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar
    O’zbekiston Yozuvchilari
    uyushmasida maslahatchi,
    sarkotib yordamchisi bo‘lib
    ishlagan.
    Uning    ijodi talabalik yillaridayoq
    boshlangan. Uning birinchi she’ri
    1960 yilda «G’alati tush» nomi
    bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u
    1972 yilda alohida kitob holida
    bolalarga sovg‘a qilingan. Uning
    birinchi she’riy to‘plami
    «Metallurg» (1964) nomi bilan
    chop bo‘lgan. Shundan so‘ng
    bolalar uchun «Aqlli
    bolalar» (1969, doston), «Senga
    nima bo‘ldi» (1970), «Yer
    aylanadi» (1973), «Yerga dovruq
    solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak
    yong‘oq» (1990, saylanma) kabi
    bir qator ajoyib she’riy to‘plamlari
    bosilib chiqdi. Ularda bolalarning
    qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni,
    odamni bilishga, yaxshilik bilan
    yomonlikni farqlashga, halol va
    pokiza mehnatni ulug’lashga
    intiladi.
    Adib kattalar uchun ham bir
    qator salmoqli she’riy guldastalar
    yaratgan. Jumladan, «Sevaman»
    1977), «Tuyg‘ular» (1980),
    «Sabot» (1983) kabi
    to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar
    o‘zining hayotiy va jozibaliligi
    bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi.
    Shoir ana shu she’riy
    to‘plamlaridagi eng yaxshi
    she’rlarini va yangi yozilgan
    asarlari sarasini o‘zining
    «Haqiqatning ko‘zlari» (1988)
    saylanmasiga jamlab, talabchan
    o‘quvchisiga havola etdi.
    Miraziz A’zam haroratli, shijoatli
    publitsist hamdir. Uning
    madaniy-adabiy merosni ko‘z
    qorachig‘idek asrashga da’vat
    etuvchi bir qator tarixiy-adabiy
    maqolalari shular jumlasidandir.
    Adib mohir tarjimon, adabiyot va
    madaniyatning hormas
    targibotchisi ham. Uning turk,
    rus, nemis adiblaridan qilgan
    tarjimalari, ayniqsa, islom
    madaniyatiga oid tarjimalari
    qo‘pchilik mutaxassis va oddiy
    o‘quvchi ixlosini orttirdi.
    Miraziz A’zam ijodi gullagan,
    sermahsul, serfayz bo‘lishiga
    ishonsa bo‘ladi.