Комментарии
- 12 мар 2012 08:58Yolg'izman deb aytmagin zinhor, Qöy, dardlaring aylama oshkor. Aytay, mayli, yuz bora takror: Menborman-ku yoningda axir. Közlaringda yonsin muhabbat, Sevinib yur doimo, har vaqt, Köz yoshingga qilolmam toqat,Men borman-ku yoningda axir. Ishon, jonim, sog'indim men ham, Közyosh g'amga bölolmas malham. Qara, hatto dunyoham bir kam, Men borman-ku yoningda axir. Borim yög'im faqat sen uchun, Sensan menga barchadan ustun. Sen baxtiyor böliwing uchun, Men borman-ku yoningda axir. Hayotimda, hayolda mangu, Yuzlarimga yarashgan kulgu. Qalb qörimdan chiqqan sözim shu, Men borman-ku yoningda axir!
- 12 мар 2012 08:59Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq
Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq
Kelishingdan aylabon ogoh
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragimni qilding ming pora
Nechun ko’ngling bo’ldi qop-qora
Topildimi sevgiga chora
Bevafo yor nechun kelmading?
Va’dangga sen vafo qilmading
Senga bo’lgan sevgim bilmading
Yuragimni yondirib o’tda
Bevafo yor nechun kelmading?
Kutib, kutib toldi ko’zlarim
Armon bo’lib qoldi soz’larim
Pinhon yotar dilda bo’zlarim
Bevafo yor nechun kelmading? - 12 мар 2012 08:59Mana oqshom cho'kdi
xazonli bog'da
Tillarang yaproqlar unsiz
yig'laydi
Sezdim-ming yillarcha
mendan yiroqda
Sevgisiz xo'rlangan bir qiz
yig'laydi
Yig'laydi gullar ham ovuta
olmas
Ko'z yoshlar oldida
daryolar tomchi
Kimdan alamin olishin
bilmas
O'zi bevafo-ku özi
aldamchi
Yig'laydi dunyoni unutib
butkul
Unga sho'x sabolar
begona endi
Dunyoga aylanib
kuygandir ko'ngil Devorga
urilgan peshona endi
Yig'laydi goh behush goho
xushida
Baxtli taqdirdan qiladi
ta'na
Sevgani opqochib ketar
tushida
Cho'chib uyg'onib yiglaydi
yana..! - 12 мар 2012 09:03Xotirang qalbimda
mangudir
ishon
Sensiz shodliklarim
qayg’udir
ishon,
Oxir aytar so`zim ushbudir
ishon
Unuta olmasman seni
hech
qachon.
Xayolim, o`ylarim fikrim
sendadur
Orzu, ishonch, armon va
baxt
sendadur,
Ko`zim boshqada-yu
qalbim
sendadur.
Unuta olmasman seni
hech
qachon.
Qor yog`sa yuragim
entikib
ketar,
Sening sevgan kuying
qalbimni
o`rtar
Seni qo`msab bu go`zal
hayot
ham o`tar,
Unuta olmasman seni hech
qachon.
Taqdir charxpalagi tinmay
charx
urar,
Betakror yulduzlar
to`xtamay
yurar
Tanamda bu yurak sensiz
ham
urar,
Unuta olmasman seni
hech
qachon. - 12 мар 2012 09:04Taqdir bir kam yaralgan,
dunyo emas,
Bir telbaman, aql-u,
xushga
oshno emas.
Dil o'kinchim: ketavering,
ortga
boqmay,
Mening uchun siz baxtiyor
bo'lsangiz bas!
Yig'lab-yig'lab tugar bir
kun
ashkim bori,
Kuylay-kuylay uziladi
qalbim tori.
Mayli yog'sin bu boshimga
tog'lar
qori,
Mening uchun siz baxtiyor
bo'lsangiz bas!
Mayli mening osmonimga
oy
chiqmasin,
Yurgan yo'lim, sahro
bo'lsin, soy
chiqmasin.
Qabrim uchun yer yuzidan
joy
chiqmasin,
Mening uchun siz baxtiyor
bo'lsangiz bas!
Iltimosim: ortingizga
boqmay
keting,
Baxtli kunda men telbani
bir yod
eting.
So'ngi so'zim: baxtingizni
mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor
bo`lsangiz bas.. - 12 мар 2012 09:04Gul desam guldan go'zal
Nur desam nurdan go'zal
Barcha qizlardan go'zal
Bu qalbim egasi asal
Men sevgan qiz go'zaldir
Dunyodagi zur qizdir
Go'zaldir guldan go'zal
Yulduzlar ichra suzar. - 12 мар 2012 10:22Yuraklar bittadir, yöllar
özgacha, Taqdir körolmadi
bizni munosib. Endi
ötayotgan kunlar
boshqacha, Sen menga,
men senga etmadik nasib!
Kutaman, kelaqol, najot -
ölimim, Kutarman
könglimdan tig'lar ötkazib.
Sönggi nafasimda eng
sönggi sözim -
Nechun, yor, lutfingga
etmadim nasib?.. - 12 мар 2012 10:23Sen menga begona eding
u zamon.
Taqdir ikkimizni
uchratguncha to.
Men seni ko’rdimu so’ngra
o’sha on
Seni sevishdayin baxt
berdi Xudo. - 12 мар 2012 10:32Nechun dunyo yaralgan
bir kam?
Yuragimni armon tiladi.
Visolingga, ey go’zal
erkam,
Yetmaganim alam qiladi.
Sho’ng’ib xayollarning
qa’riga,
Ko’nar edim sharting
bariga,
Qo’ling tutmoqlikdan
nariga,
O’tmaganim alam qiladi.
Sevgi, axir, visol demakdir,
O’rtamizda bo’lsin,- deya,-
sir,
Lablaringdan to’yib-to’yib
bir,
O’pmaganim alam qiladi. - 12 мар 2012 10:35O’sha yo’lg’on va’dalar,
Qildi meni adolar,
Senday qizlar, bilib qo’y,
Bevafo deb atalar
Yolg’on so’zlarding doim,
Yolg’on kulib turarding,
Sen meni sevmagansan
Faqat yaxshi ko’rarding.
Ketsa ham ko’p yil o’tib,
Bo’lmaydi hech unutib,
Hamon o’zni aldayman,
Armonli she’rlar bitib,
Yuragimni kuydirib
Soching mayda o’rarding,
Sen meni sevmagansan,
Faqat, yaxshi ko’rarding.
Dilginamni lol qilib,
Olganding es-hushimni,
Endi yolg’iz qoldirib
Orttirding tashvishimni,
Oromimni o’g’irlab
Tushlarimga kirarding
Sen meni sevmagansan
Faqat, yaxshi ko’rarding.
Unutmadim sen qizni,
Yonginamda bordaysan.
Sen “ hali ham men sizni-
Sevaman” deb aldaysan.
Sevganingda onamga
Erka kelin bo’larding.
Sen meni sevmagansan
Faqat, yaxshi ko’rarding.
Yuragimni bu qismat
Aylantirdi muzlarga
Netay hecham erimas
Endi o’zga qizlarga.
Hamon seni sog’inib ,
She’rlar bitib turaman.
Lek men ham
sevmayapman
Faqat, yaxshi ko’raman. - 12 мар 2012 11:04Bir kam dunyo, kaming
ko’p,
Sinovga boy daming ko’p
Nechun buncha g’aming
ko’p?
Ularni ko’tarmoqqa
Bir bosh kamlik qilyapti.
Mingta sinov yo’limda,
Goh chiqar g’ov yo’limda,
Hasratim ko’p dilimda,
Ishonib dil yormoqqa
Sirdosh kamlik qilyapti.
Ayon, meni kutar baxt,
Yetmoqlikka etdim axd
Goh tashvishdan so’nar
shaxd,
Netay, chidab bermoqqa
Bardosh kamlik qilyapti. - 12 мар 2012 11:05Qorda qolgan qushman
ehtimol,
Siz unutgan tushman
ehtimol,
Bizni o'tga solgan
muhabbat,
Endi sizga dushman
ehtimol.
Xajringizdan qayda
panoh bor,
Ko'zingizda o'zga nigoh
bor.
Ayting jonim nega xor
qildiz
Sevgimizda nima gunox
bor?! - 12 мар 2012 11:09TOG'LAR TITRAR CHEKKAN
OHIMDAN
ARMON KETMAS KUNGIL
BOG'IMDAN
AYIRDING-KU HUSHNUD
CHOG'IMDAN
ISHON SENI JUDA SOG'INDIM... - 12 мар 2012 11:10SOG'INCH SABAB
MUZLAYMAN SARATONLARDA.
YOMG'IRLAR OSTIDA
KETGAYMAN KUYIB.
SOG'INCH AYRILMAYDI MENDAN
BIR NAFAS.
DOIM BIRGA BORAR
MEHMONGA TO'YGA.
MENI O'TIRGANI QO'YMAYDI
SOG'INCH.
KETTIK YUR DEB UNING UYIGA. - 12 мар 2012 11:10Kimnidir yor deb chaqirgan
chog'im, og'ringan bo'lsangiz
kechiring gunohim. Gunohim
bittamas mingtadir balkim,
gunoxim SIZNI SEVGANIM JONM...
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
"Sherlar" <SMS-BOX>
:ʓα τβอε גюδגю я τεδε сы ฤα πอ ðαקю
"SEVGI SHERLARI"