26 авг 2012

"Uzr, siz bizning tengimiz emassiz.

Qizim sizning noshud ög'lingizga tegib bir umr röwnolik körmay yawawini istamayman. Mening ham orzu-xavaslarim bor özimga yarawa. Sizga öxwagan qorovul b-n quda bölaman deb qiz östirganim yöq!" "...lekin ular bir-birlarini..." "Bowqa hech qanaqa gap böliwi mumkinmas bu haqda. Endi, ket!". Odil aka qasrga öxwaydigan hawamatli bu uydan chiqarkan yuragi alamdan achiwayotganini sezdi. Özi bilgan edi wunaqa böliwini. Yana ög'lining ra'yi u-n... "Özi onasiz ösdi bolam. Boy bölsang bölibsanda. Qorovul bölsam nima qilibdi? Xarom luqma yedirmadimku! Mening ög'lim noshud emas. Balki men noshuddirman, lekin ög'lim mendaqa emas". Odil aka öylanib uyga kirdi, ög'li uyda ekan. Ota ög'lining ma'noli qarawiga xotirjam javob berishga urindi: -Ög'lim ular bizning tengimiz emas, körpangga qarab oyoq uzat" Odil aka yuziga tushayotgan yoshni yashirish u-n ichkariga kirib ketdi. Ög'il esa ma'yus xörsinib qöydi. Shu kundan ög'il butunlay özgardi. Avvaliga xaftalab uydan chiqmadi. Keyin, kechqurunlari köchaga chiqib ichib keladigan odat chiqardi. Odil aka bularni kuzatar ekan, ög'lining ahvolidan ezildi. Umrida ilk bor qöli kaltaligidan afsuslandi. Vaqt hammasiga da'vo deb öylardi u. Lekin kundan-kun ög'il telbaga öxwab borardi. Ösha kuni sevgani turmushga chiqayotganini bilgach yigit tong sahargacha ichdi. Odil aka uyda xavotir b-n umuman uxlolmadi. Sahar 4 larda mast holda, darvozadan kirib kelgan ög'lini körib biroz öziga keldi. Ög'il otasini kördi, gandiraklab yoniga kelib tizzalab yerga ötirib oldi. U mastlik ta'sirida yig'lardi. "Dada, u...u ketdi. Bilasizmi nega? Chunki...chunki men noshudman, ha noshudman. Uni endi körmayman dada, u ketdi". Ög'lini xonasiga yotqizgach, Odil aka ham ög'lining xonasida turgan aroqni olib ichdi. Uning ham yuragi tölib ketgandi... Tushga yaqin uyg'ongan ög'il xovlida otasini özini osgan holda kördi. Stol ustida, shisha ostidagi qog'ozchaga Odil akaning sönggi sözlari yozilgandi: "Ög'lim, noshud menman. Meni kechir".

Комментарии

  • 14 янв 2014 11:06
    Олдиндан узур су'райман лекин шахсий хаётни интернетда ёзиш ту'г'римикан?
  • 14 янв 2014 14:53
    bu hikoya kimidur shaxsiy xayoti hikoyada yigit xaqida xech qanday malumot yozilmagan tak chto waxsiy xayotini olib chiqiw mumkun