Комментарии
- 21 сен 2011 16:40Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-erishilmaganiga ko'ra baholaydilar.
- 24 сен 2011 10:06Faqat to'g'ri qaror qabul qilishga umid bog'lash yaramaydi. Har qanday qarorning shubhali ekaniga tan berish kerak. Chunki odatda bir ko'ngilsizlikka chap berib, ikkinchisiga ro'para bo'lamiz.
- 24 сен 2011 10:09Faqat o'zinga va jasoratinga asoslangan himoyadan yaxshirog'i, ishonchlirog'i, pishiqrog'i yo'q.
- 24 сен 2011 10:12Tabiiy bilim nima? U haqiqat va yolg'onni ajratuvchi, o'ylamasdan, o'rganmasdan bilguvchi qalbdir.
- 24 сен 2011 10:18Bu olamning jamiki donoliklari va fikr-mulohazalari odamlarning o'limdan qo'rqmaslikka o'rgatishga borib taqaladi.
- 24 сен 2011 10:26Mo'jiza bizning tabiat borasidagi bilimlarimiz yetarli emasligi tufayli kelib chiqadi. U tabiatga xos sifat emas.
- 24 сен 2011 10:27Men o'zimga qarshi chiqishim mumkin, lekin hech qachon haqiqatga qarshi borolmayman.
- 24 сен 2011 10:29Har qanday bilim tuyg'ularimiz orqali egallanadi. Biz tuyg'ular izmidamiz. Ilm tuyg'udan boshlanadi va u bilan tugaydi.
- 24 сен 2011 10:31Inson aslida kim bo'lsa o'shadir: u o'z tajribasi doirasidagina fikr yurida oladi; harchand urinmasin, faqat o'z qalbinigina bila oladi.
- 24 сен 2011 10:34Agar menga ikkinchi bor yashash imkoniyati berilsa, avval qanday yashagan bo'lsam, yana shunday yashagan bo'lardim. Men o'tgan umrimga achinmayman va kelajakdan qo'rqmayman.
- 24 сен 2011 10:36Odamlar o'zlari yaxshi bilmaydigan narsalarga boshqa narsalardan ko'ra ko'proq ishonadilar.
- Комментарий удалён.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
¥<Falsafiy qarashlar yoxud Hikmatli so'zlar>¥
:A G
<<Faylasuf>>lar so'zlaydi No8