"Keliningiz og'ir ruhiy holatni

boshidan ötkazyapti. Bunaqa
paytlarda odatda odamning
köziga ösha köp öylaydigan
insoni körinadi. Eng yomoni bu
xuddi haqiqiy hayotda
bölayotgandek tuyuladi".
Doktorning bu sözlari uyga
kelgunicha qaynonaning
quloqlarida jaranglayverdi. Nigora
esa jim. Oxirgi bir oyda butunlay
boshqa odamga aylandi u. Közlari
nursiz, qovoqlari uyqusizligu
dardning zöridan kökarib ketgan.
Bir vaqtlar chiroyidan butun
shahar lol bölib yurgan qiz
shunaqa ahvolga tushib qolgandi.
Nigora erini juda sevardi. Juda oz
bölsada, shirin hayot kechirishdi.
Bir oy oldin esa... Eri mashinasi b-
n shahar chetidagi anhorga
tushib ketgan. Ehtimol, rulda
uxlab qolgandir. Bunisi mavhum
qoldi, lekin Nigora yolg'izlikka
umuman könika olmadi. Har
tunda tushiga eri kirardi. Xuddi
avvalgi vaqtlardagidek, birga
suhbatlashishardi. Sochlarini
silab, kulib qöyardi. Keyin-keyin
uxlamasa ham erini köra
boshladi. Uyning har burchagi,
har bir narsada uning chehrasi. -
Jonim, men ketganim yöq.
Bilasanku, sensiz u yoqda ham
yasholmayman,- derdi u
Nigoraga. -Siz ölmagansiz,
shunaqami? Shunaqa, deng, -
derdi Nigora. Kelinning özgarishi
qaynonani xavotirga qöydi. Ög'il
dog'ida örtangan ona qalbini
endi kelinning sog'ligi masalasi
qiynardi. Nigorani eskicha
öqittirdi. Lekin, Nigora uchun
hayoliy suhbatlar yashashning
mazmuniga aylanib bölgandi.
Kun-u tun hayolida eri b-n
gaplashib yuradigan böldi. Goh
kuladi, gohida yig'laydi. Qaynona
tanishlaridan yaxshi psixolog
vrachning manzilini oldi...

Комментарии

  • 2 ноя 2012 20:31
    Doktor
    uni köp yolg'izlatmang degani
    uchun doim yonida bölishga
    harakat qildi. Nigora esa
    dorilarsiz umuman
    uxlolmaydigan darajaga yetdi.
    Qizining holatini eshitib olib
    ketish u-n kelgan ota-onaga
    Nigora qat'iyan rad javobini aytdi.
    Erining ölganiga 40 kun
    böladigan kuni Nigora g'oyib
    böldi. Qaynonayu butun
    qarindoshlar uni hech qayerdan
    topa olishmadi. Ikki kundan keyin
    uning jonsiz tanasi ösha anhor
    böyidan topildi.
    Manbaa:"O'qish uchun istoriyalar" Avtor: - Маэстрo - (Zarif Ayubov)
  • 3 ноя 2012 01:44
    Жудаям аянчли, холат. :'(