Kelaman, deydi u, lekin kelmaydi, Kutaman, deydi-yu kutmaydi bu ham. Qizig'i, hech kimsa uyat bilmaydi, Qizig'i, hech kimga qilmaydi alam. Bosh ustiga, deydi, ichadi qasam, Yigit so'zim, deydi, albatta, ishon! Yolg'onni biladi ikki taraf ham, Ishongandek tutar ikkala tomon. Sevaman, deydi u, gulim, azizam, Sizsiz yasholmayman, jonim, deydi bu. O'zgaga uylanib ketar xotirjam, Qizgina ham ortiq chekmaydi qayg'u. Bu ham bir kasallik – lafzsizlik degan, Tartib shu: pand berib, tugal pand yeysiz. Milyon yil kechikmay vaqtida kelgan Fasllar chalkashib ketsa, ne deysiz? Qovog'ingiz soliq: mavzu-ku dolzarb, SHoir ne sababdan kechikib yozdi? Men allaqachonlar yozgandim, rost gap, Va'daboz muharrir kechikib bosdi.
Sara she'rlar!
:123 123
Lafz
Kelaman, deydi u, lekin kelmaydi,
Kutaman, deydi-yu kutmaydi bu
ham.
Qizig'i, hech kimsa uyat bilmaydi,
Qizig'i, hech kimga qilmaydi alam.
Bosh ustiga, deydi, ichadi qasam,
Yigit so'zim, deydi, albatta, ishon!
Yolg'onni biladi ikki taraf ham,
Ishongandek tutar ikkala tomon.
Sevaman, deydi u, gulim, azizam,
Sizsiz yasholmayman, jonim,
deydi bu.
O'zgaga uylanib ketar xotirjam,
Qizgina ham ortiq chekmaydi
qayg'u.
Bu ham bir kasallik – lafzsizlik
degan,
Tartib shu: pand berib, tugal
pand yeysiz.
Milyon yil kechikmay vaqtida
kelgan
Fasllar chalkashib ketsa, ne
deysiz?
Qovog'ingiz soliq: mavzu-ku
dolzarb,
SHoir ne sababdan kechikib
yozdi?
Men allaqachonlar yozgandim,
rost gap,
Va'daboz muharrir kechikib
bosdi.