Yunon-Baqtriya podsholigi.

Miloddan avvalgi 250 yillarga kelib, Markaziy Osiyoda salavkiylar davlatining 2 ta-dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baqtiya davlati salavkiylar sulolasidan bo'lgan Dlodan davrida tashkil topadi. Bu davlatning asosi Baqtriya bo'lib, ba'zi xokimlar davrida (Evtidem, Demappriy, Yevkratid) Xindistonning shimoliy-g'arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o'lkalaridagi katta yerlar qo'shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afg'onistondagi Baqtra shahri edi. Bu davlatning gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning yarmi va II asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Yunon-Baqtriya davlati markazlashgan davlat bo'lib, xokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo'lingan bo'lib, bu viloyat hokimlari podshoga bo'ysunar edi. Yunon-Baqtriya podsholigi davrida Markaziy Osiyoda qishloq xo'jaligi, madaniy hayot, xunarmandchilik va shaharlar rivojlanganligini ko'rish mumkin. Ammo mil. avv. II asrning o'rtalariga kelib Yunon-Baqtriya davlati xarbiy-siyosiy qudratini yo'qota boshlaydi. II asrning uchunchi choragiga kelib bu davlat Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan yuyechji va sak qabilalari hujumni kattaginasida butunlay inqirozga uchradi.

Комментарии

Комментариев нет.